Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

XXIII. Transplantatsiya 
 
Transplantatsiya
— odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida 
shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini 
koʻchirib oʻtqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan maʼlum. Teri, muskul, 
nervlar, koʻzning muguz pardasi, yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va 
boshqa organlar koʻchirib oʻtqaziladi. Kon quyish — T.ning alohida turi. 
Koʻchirib oʻtqaziladigan toʻqima yoki organ kimdan olinganiga qarab 
transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning oʻzidan, 
allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. 
Hozirgi buyrak T.si juda keng yoʻlga qoʻyilgan. Boshqa organlar: yurak, jigar, 
endokrin bezlar, oʻpka va boshqa organlarni koʻchirib oʻtqazish maxsus 
klinikalarda bajariladi. 
Transplantatsiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak dastlabki transplantatsiya 
operatsiyalari sichqon, kalamush, quyon, it kabi hayvonlar ustida amalga 
oshirilgan. Amaliyot muvaffaqqiyatli amalga oshirilganidan so’ng, odamlarda ham 
qo’llanila boshlangan. Birinchi buyrak transplantatsiyasi 1954-yil 23-dekabrda 
Boston gospitalida o’tkazilgan va operatsiya muvaffaqiyatli kechgan. Bemor 
operatsiyadan so’ng, 8 yil yashagan. Birinchi jigar transplantatsiyasi doktor Tomas 
Starlz tomonidan AQSh da 1963-yilda amalga oshirilgan. Afsuski, bemor 
operatsiyadan bir necha kun o’tib vafot etgan. 4 yildan so’ng yana Starlz 
tomonidan shunday operatsiya bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, 
bemor bir yildan ortiq yashagan. Yurak transplantatsiyasi juda ham qiyin 
transplantatsiya operatsiyalaridan bo’lib, birinchi marta 1967-yil muvaffaqqiyatli 
amalga oshirilgan, lekin bemor 18 kundan keyin zotiljam kasalligi sababli vafot 
etgan. Yurakni ko’chirib o’tkazish bilan bog’liq muammolar juda ham ko’p bo’lib, 


402 
amaliyot o’tkazish hali ham xavfli hisoblanadi. Chunki operatsiya ko’pgina 
hollarda o’limga olib kelishi mumkin. Odatda, yurak ko’chirib o’tkazilgandan 
keyin 5-7 yil xizmat qilib bera oladi. Lekin, bu borada ham navbat kutayotganlar 
kamayayotgani yo’q. Chunki hamma ham bir nafas bo’lsada ko’proq yashashni 
xohlaydi. 
Yurak transplantologiya bozorida eng qimmat organlardan bo’lib, Evropada 
250 ming dollar atrofida baholangan. Buyrak transplantatsiyasi ham muhim 
transplantatsiyalardan hisoblanadi. Buyraklarni mashina yoki kvartiraga almashish 
haqidagi hazillar asosga ega. Buyrak narxi Evropada 50-70 ming dollarga 
baholanmoqda. Transplantatsiya amaliyotida bo’ladigan operatsiyalarning 70 % ini 
buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyotlari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib 
donorlar ham buncha pulni so’rashlari ajablanarli emas. Inson bitta buyrak bilan 
ham yashaydi, faqat bitta buyragi 75 % atrofida ishlashi kerak. O’pka-odam tanasi 
bo’ylab kislorod etkazib beradigan muhim organ. Afsuski, keyingi paytlarda o’pka 
kasalliklari ko’payib bormoqda, donorlar esa etarli emas. Chunki, odam o’lganidan 
2 soat o’tganidan so’ng, o’pkadan foydalanish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning 
uchun, shifokorlar donorning o’pkasini ko’chirib o’tkazish jarayonida mo’jizakor 
ravishda tez ishlashlari kerak. Bu a’zoning narxi qimmatligining sabablaridan biri 
ham shunda. Ildiz hujayralari transplantalogiyasi saratonni davolashda keng 
foydalaniladi. Ildiz hujayralari juda qimmat turadi, sabablaridan biri shuki, mos 
keladigan donor topishning o’zi ham katta muammo. 
Mustaqil Respublikamizda 2018-yil 11-iyun kuni “Inson organlari, 
to’qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish to’g’risida” gi qonun qabul 
qilindi. Yangi qonunga ko’ra transplantatsiya amaliyotlari Akademik V.Vohidov 
nomidagi 
Respublika 
ixtisoslashtirilgan 
ilmiy-amaliy 
jarrohlik 
markazi, 
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent shahar nefrologiya 
shifoxonasida amalga oshirilmoqda. Hukumatning mazkur qarorida kim donor 
bo’la olishi yoki bo’la olmasligi masalasiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan, 
quyidagi yaqin qarindoshlar donor bo’lishi mumkin: ota-ona, tug’ishgan yoki 


403 
tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlari (shu jumladan, asrab 
olinganlar), shuningdek er-xotinning ota-onalari. Lekin ushbu yaqin qarindoshlar 
18 yoshga to’lmagan, belgilangan holatda o’zini o’zi boshqara olmaydigan deb 
topilgan, ozodlikdan mahrum qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar 
hamda narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksimaniyadan azob chekayotgan 
bo’lsa, ulardan transplantatsiya maqsadida buyrak yoki jigar bo’lagini olishga yo’l 
qo’yilmaydi. Transplantatsiya bajarilganidan so’ng, donor va retsipient kamida uch 
yil davomida profilaktik dispanser ko’rigi bilan ta’minlanadi. Yurtimizda o’zbek 
va chet el shifokorlari hamkorligida birinchi marta jigar serroziga uchragan 
bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti amalga oshirildi. Amaliyotda 21 nafar 
shifokor, 10 nafar o’rta tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Operatsiya jarayoni 
qariyb 15 soat davom etdi. Birinchi marta o’tkazilgan murakkab operatsiya 
muvaffaqiyatli o’tdi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda jahonda rivojlanib borayotgan 
transplantologiya operatsiyalarining Markaziy Osiyo davlatlaridan faqatgina 
bizning respublikamizda amalga oshirilayotgani yurtimizda tibbiyot sohasiga katta 
e’tibor berilayotganligining haqiqiy isbotidir. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish