Bola ko'p kasal bo'lsa, nima qilish kerak? - Bog'cha yoshidagi bolaning kasal bo'lishi normal holat. Bola kichikligida shamollashi, ba'zi viruslarni boshidan kechirishi yomon emas. Muhimi kasallik cho'zilib ketib asoratsiz o'tib ketishidir.
- Ba'zi bolalar kasal bo'lib 5-7 kunda tuzalib ketsa, ba'zilar haftalab, hatto oylab kasal bo'ladilar. Oddiy shamollash bunday bolalarda albatta pnevmoniya yoki gayrmorit bilan yakun topadi.
- Bunga sabab nima? Biricnhidan, shifokorning noto'g'ri tashxis qo'yishi bo'lsa, ikkinchidan ota-onaning bolani o'zboshimcha davolashidirr. Undan tashqari xonani qayta-qayta shamollatish, bolaga ko'p suyuqlik berish, bolani qo'lini sovunlab yuvishga odatlanish, chiniqtirish, dorilarni vaqtida berish va boshqalar bola qayta kasallanmasligida va tez sog'ayib ketishida muhim ahamiyat o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |