Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash ishi 116"b"guruh talabasi Rasulov Ilyosning Bioetika fanidan tayyorlagan prezintatsiyasi
Mavzu: O'zbekistonda transplantatsiya sohasining yetuk-huquqiy jihatlari
REJA:
1.O'zbekistonda transplantatsiya haqidagi qonunning qabul qilinishi
2.O'zbekistonda transplantatsiya sohasining rivojlanishi va bugungi kunda erishilgan natijalar
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va bevosita topshirig‘i asosida mamlakatda ilk bor dunyo tibbiyotida eng murakkab va nozik amaliyotlardan hisoblangan organlar transplantatsiyasi bo‘yicha zamonaviy operatsiyalar amalga oshira boshlandi.
Transplantatsiya qonuni qabul qilinishi kerak sizda ham. Chunki bemor ko‘p, lekin organlar yetarli emas. Shuning uchun vafot etgan insonlarning organlaridan foydalanish uchun qonun kerak. Alloh aytadiki, bir kishini qasddan o‘ldirgan barcha insonlarni o‘ldirganday gunohga botadi, bir kishiga yaxshilik qilgan barcha insonlarga yaxshilik qilganday savob oladi. Islomda shunchalik katta yaxshilik qilishga da'vat bor. Buni aytganim, Islom dini vafot etgan kishilarning organlaridan foydalanishiga qarshi, degan noto‘g‘ri fikr shakllanmasligi kerak. Zero, Alloh Baqara surasida yana aytadiki, yaxshilik bu – yuzini g‘arbga va sharqqa burish emas, yaxshilik bu – sizning amallaringizdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi.Yurtimizda yiliga o‘rtacha 750 mingta jarrohlik amaliyoti bajariladi. Jahon tibbiyoti yutuqlari o‘rganilib, zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida respublika markazlarida qilinadigan operatsiyalar turi 350 taga, viloyat markazlarida 130 taga, tuman shifoxonalarida 60 taga yetdi. 32 ta shifoxonada zamonaviy endovaskulyar xirurgiya bo‘limlari tashkil etilgan.Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bu yo‘nalishdagi asosiy muassasadir. Hududlarda uning 14 ta filiali faoliyat yuritmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etilishi belgilangan edi. Shu maqsadda joriy yil 26-iyulda davlatimiz rahbarining “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindiBugungi kunda ushbu markazlar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Ularning har biri 50 o‘ringa ega bo‘ladi. Zamonaviy jihozlanadigan bu markazlar yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini tumanlarning o‘zida bajarish imkonini beradi.
Bugun eng kerakli yo‘nalishlardan biri – organlar transplantatsiyasi. Keyingi yillarda bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, huquqiy-tashkiliy asoslar yaratilmoqda. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida kardiojarrohlik, transplantologiya va neyro-qon-tomir jarrohligi bo‘limlari uchun yangi bino qurilmoqda.Yurtimizda 500 nafar bemor jigar, 1 ming 500 nafar kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda. Jarrohlik bo‘limlarining jihozlanishi talab darajasida emasligi, malakali mutaxassislar yetishmasligi, immunogenetik tekshiruvlar laboratoriyasi yo‘qligi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda mazkur sohada olib borilgan islohotlar mamlakatda buyrak, jigar va o‘zak hujayrasini ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada bugungi kungacha respublikada 700 dan ortiq ana shunday operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi.
“Respublikamizda 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari, ya’ni 10 foizi jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Bugungi kunga qadar mamlakatimizda jami 10 ta jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasiga «Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya qilish) haqida»gi qonuni loyihasi qo‘yildi.
Qonunning asosiy maqsadi — fan va meditsinaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olib, inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish sohasida munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Qonun loyihasi muhokamaga bugun qo‘yildi va 2018 yilning 1 yanvariga qadar muhokamada bo‘ladi.
Qonun loyihasida asosiy tushunchalarga urg‘u berilgan, sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari, transplantatsiya organlarini oluvchi, tayyorlovchi, saqlovchi, transportirovka va transplantatsiya qiluvchi muassasalarga aniqlik kiritilgan. Transplantatsiya qilinuvchi organlarning sharti va tartibi belgilangan.
Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish uchun retsipiyentning roziligi shartlari keltirilgan. Retsipiyent, shuningdek, tirik donorlarning huquq va majburiyatlariga ham aniqlik kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |