Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
“Tasdiqlayman ”
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
professor O.R. Teshayev__________________
“____”_________________2010 yil
|
Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot
uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan
№ 2 Mavzu: Kasallik bayoni sxemasi
-
T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan
“____”_____________2010 yil
|
2010-2011 o’quv yili
№ 2 Mavzu: Kasallik bayoni sxemasi
1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, terapiya bo’limi.
2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.
3. Maqsadi va vazifalari.
Talabalarga Kassalik tarixi ahamiyatini tushuntirish. Kasallik tarixi pasport qismini toldirishning ahamiyatini tushuntirish. Talabalarga bemorlardan shikoyatlari va analezlarini togri sorab-surishtirishni orgatish. Bemorlarni klinik tekshirish usullari haqida malumot berish (umumiy korik, palpatsiya, perkussiya, auskultasiya, shikoyatlar, hozirgi kasallik tarixi, hayoti tarixi )
-
Talabalarga kasallik tarixi ahamiyatini tushuntirish;
-
Kasallik tarixi pasport qismini togri toldirishni orgatish;
-
Bemorlarni klenik tekshirish usullarini (kozdan kechirish, palpatsiya, , perkussiya va auskultasiya) muxokama qilish;
-
Bemorlarni sorab-surishtirishda bemorning shikoyatlarini togri yiga bilish, asosiy va qoshimcha shikoyatlarni ajratishni orgatish;
-
Kasallik va hayot anamnezini togri yegishni orgatish.
4. Motivasiya.
Kassalik bayoni sxemasi ma’lum tartibda va ketma-ketlikda beriladi. Bemorlarni tekshirishda bu juda qol keladi, chunki bemorlarni tekshirish usuli bilan kasallik bayonini yozish bir Hilda bolishi kerak. Umumamaliyot vrachi kasallik bayoni sxemasini yaxshi biilishi kerak, chunki u har xil bemorni koradi va tekshiradi.
5. Fanlararo bogliqlik.
Vertikal integracia
Gorizontal integracia
6. Darsning mazmuni.
6.1 Nazariy qism
Nazariy qism.
Kasallik tarixi yuridik hujjat bolib, bemor klenikaga kelib tushgandan to chiqarguncha yoki vafotiga qadar toldiriladi. Bu hujjat kasalxona arxivida 20 yil mobaynida saqlanib turadi. Kasallik tarixi quyidagi qismlardan iborat; pasport qism, bemorning klenikaga kelgandagi shiloyatlari, kasallik rivojlanish tarixi(anamnessis morbi), nasliy va oilaviy anamneslar hayotiy anamnesis(Anamnesis vita ). Bemorning hozirgi paytdagi umumiy ahvoli, laborator va instrumental tekshiruv natijalari yozuvlari. Sorab surishtirish qatiy belgilangan reja boyicha amalga oshirilishi zarur, har bir savol javob malum diagnostic ahamiyatga ega bolishi lozim. Shikoyatlarni sorab surishtirganda kasallik haqida koproq diagnostic ahamiyatga ega bolgan asosiy shikoyatlarni qoshimcha shikoyatlardan ajratish lozim. Kasallik rivojlanishi tarixini simptomlar paydo bolgandan keyin xronologik ketma ketlikda boglab hikoya korinishida yoziladi. Bemorning hayot anamnezini sorab surish tirganda kasallika olib kelishi va rivojlanishiga sabab bolishi mumkin bolgan faktorlarga(oilaviy ahvoli, maishiy holati, kasbga oid, ovqatlanish harakteri, zararli odatlar va hakozo.) etibor brishi zarur.
Bemorning shikoyatlarini sorash uchun bemordan” sizni nima bezovta qilyapti?”, “ qanday shikoyatlaringiz bor?’ deb soraladi v bemorga erkin javob berishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bemorning sozlari faqatgina olinayotgan malumotlarni aniqlashtirish va kengaytirish maqsadidia beriladigan savollar bilan bolishi mumkin. Bemorning erkin muloqat qila olishi muhim ahamiyatga ega: bu shifokorning bemorga bolgan etiborliylik, bemorning shifokorga bolgan ishonchini, ular orasidagi munosabatlarning yahshiligidan dalolat beradi. Shikoyatlar harakteriga kora 3 turga bolinadi:
1. Aniq shikoyatlar (”yotal, hansirash, qusish, ogriq,shishlar, harorat kotarilishi’)- ichki azo va sistemalar ishini izdan chiqanida kuzatiladi.
2. Noaniq shikoyatlar(“ mazam yoq, ogrib turibdi, yuragimni sezmayapman”)-surunkali kasalliklarda yoki biror funksional ozgarishlarda kuzatiladi.
3. Kop va turli xil, juda detallashtirilgan va shu bilan birga juda noaniq shikoyatlar ( nevrotik shikoyatlar)
Tarkibiga kora shikoyatlar:
-
Morfologik ozgarishlarga shikoyatlar (shakl va holat ozgarishi, tana malum qismlarida shishlar, o’sma)
-
Funksional buzilishlarga shikoyatlar (hansirash va ich ketish)
-
Normal bolmagan holatlarga shikoyatlar (ruhiy iistiroblar)- ogriq, ozini yomon his qilish.
Bemor gapirib bolganidan song, shifokor vaziatini oz qoliga olib bemor monologini, vrach va bemor dialogiga almashtiradi. Dostona va ochiq oydin suhbat yordamida shifokor bemorning har bor shikoyatini aniqlashtirib oladi. Bunda bemor shikoyatlari bilan nimani nazarda tutayotganini, aniqlashtirib bemor va shifokor ayni bir manoni tushunishayotganiga ishonch hosil qilishi lozim. Bemorning umumiy ahvoli, organism azo va sistemalari funksialari holati haqida aniq malumotlar olish maqsadida quyidagi sxemadan foydalanish zarur.
Umumiy ahvoli.
Bemorning umumiy ahvolini baholash maqsadida quyidagilar aniqashtirish lozim.
Bemorni:
-
Ozini yomon xis qilish, umumiy hosizlik, tez charchash, tushkunlik, ish qobilyatini pasayishi
-
Ozib ketishi
-
Semirish
-
Chanqash
-
Kop terlash
Bezovta qilmayotganiga ishonch hosil qilish lozim.
Nafas olish sistemasi.
Yotal:
-
Quruq yoki balg’am bilan
-
Vaqti : ertalab, kechqurun, tunda
-
Doimiy yoki vaqti vaqti bilan.
-
Yotal harkteri: baland, past tovushli, ovozsiz, vovillovchi.
-
Yotal paydo bolish sharoiti: tana holatiga kora (qaysi), ovqatdan song va hokazo.
Balgam:
-
Sutkalik muddati
-
Qanday ajralishi: onson, qiyin, tana holatida ajralishi.
-
Balgam rangi
-
Balgam hidi
-
Konsistensiyasi
-
Qavatlarining soni va ularning harakteristikasi
Qon tuflash:
-
intensivligi- shishchalar holida, yoki toza qon
-
Qon rangi –alvon yoki toq
-
Chastota
Kokrakdagi ogriqlar:
-
Ogriq harkteri: tumtoq, otkir, simillovchi,sanchuvchi.
-
Nafas olishga bogliqligi
-
Ogriqni nima yengillashtiradi
-
Kokrak qafasiga bosganda
-
Tanani turli tomonga egkanda
Hansirash:
-
Doimiy, tinch turganda, jismoniy zoriqqanda, yurganda yotganidagi holatiga qarab, gapirganda
-
Inspirator, expirator, aralsh.
Yurak qon- tomir sistemasi.
Hansirash ( yuqoridagi tekstga qaralsin)
Yurak soxasidagi ogriqlar:
-
Doimiy yoki hurujsimon
-
Lokalizatsiya (tosh orqasi, yurak sohasida, yurak choqqisida)
-
Irradiatsiya
-
Harakter: simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, tomtoq
-
Nima bilan birga kechadi – qorquv va tushkunlik bilan, holsizlik, sovuq ter bilan, bosh aylanish va hokozo
-
Intensivligi
-
Davomiyligi
-
Ogriq hurujlari soni
-
Qanday hollarda paydo boladi (jismoniy zoriqishda, hayajonlanganda, uyquda…)
-
Huruj vaqtida bemor holati
-
Nima tnrapevtik yordam beradi
-
Yurak urib kketish sezgisi.
Yurak urushi:
-
Yurak urishi harakteri: doimiy, hurujsimon (intensivligi, davomiyligi, uchrash soni)
-
Paydo bolish sharti: zoriqqanda, tinch holatda, tana holati ozgarganda, hayajonlanganda. Va hokazo
-
Nima bilan birga kechadi (hansirash, yurakdagi ogriq va boshqalar)
-
Nimadan keyin otib ketadi
Shishlar: oyoqda va boshqa sohalarda hosil bolish vaqti (ertalab, kechga yaqin.)
Pulsatsianing sezilishi: tananing qaysi qismlarida, nimadan keyin paydo boladi, nimadan keyin otib ketadi.
Periferik tomirlar spazmi alomatlari: otib ketuvchi oqsoqlik, ”Olik barmoq”, sezgisi nimadan paydo boladi, nimadan otib ketadi.
Ovqat Hazm qilish sistemasi. Ishtaha: yahshi, pasaygan, kuchaygan, buzilgan, ovqatga (qanday?) nafrat.
Toyish hissi: Odatdagi, tez doimiy ochlik hissi.
Chanqoq: Sutkada qancha suyuqlik ichadi, ogizda quruqlik.
Ogizda maza sezish: achchiq, nordon, metal,shirin,maza sezish qobilyatini pasayishiyokki yoqolishi.
Ogizdan hid taralishi: yoqimsiz( chirigan),shirin,ammiak nordon, chiriyotgan olma va boshqalar.
Yutish va ovqatning otishi: ogriqli, qiyinli bilan, qaysi ovqat otmaydi?
Solak oqishi
Kekirish: nima bilan, hosil bolish vaqti,rivojlanganligi, balandligi,
Zarda bolishi: ovqatga bogliqligi nima yordam beradi?
Kongil aynishi: ovqatga bogliqligi va uning harakteri
Qusish: a) och qoringa, ovqatdan keyin (shu zahoti yoki vaqt otib), qusishdan oldin qanday sezgilar paydo boladi, qusish yengillik beradimi?
b) qusuq massasi harakteti: yegan ovqati, safro, kofi quyqasi rangida, yangi qon aralash, va hakozo, uning hidi (chirigan, nordon) hidsiz.
Qorinda og’riq.
A) Ogriqning lokalizatsiyasi va irrodiatsiasi
B) qachon va qanday holatdan keyin paydo boladi, ovqatdan oldin, ovqatdan keyin (qancha vaqtdan song ) tungi ogriqlar. Ovqat yegandan song ogriq qoladimi? Boshqa omillar ogriqni yengillashtiradimi? ( qusish, dorilar qollash, issiq va hakozo)? V) Ovqat hharakteriga bogliqligi (dagal, yogli, achchiq va hakozo) yoki miqdoriga bogliqligi.
G) Ogriq harakteri: otkir, tutmoq, simillovchi, hurujsimon, vaqti bilan kuchayuvchi.
D) ogriq davomiyligi
E) nIma bilan kechadi
J) sariqlik, siydik rangi toqlashishi paydo bolmaydimi? Hurujdan song najasning oqarishi kuzatilmaydimi? Yonbosh sohada va boshqa sohalarda ogirlik surilishi hissi paydo bolishi. Qorin dam bolishi, gazlar chiqqishini, metiorizm.
Najasi:
A) Regulyar, noregulyar, mustaqil yoki biror yordam bilan (klizma, surgi dorilar), qiyinchilik bilan
B) Qabziyat: necha kuun davomida najas tutilishi.
V) ich ketishi: nima bilan boglaydi, sutkasiga necha marta ich kelishi
G) Tenezimlar kuzatiladimi?
D) Najas massalarining harakteri:(suyuq suvsimon,botqasimon, guruch qaynatmasi korinishida va boshqalar), rangi va hidi, aralashmalari, qon ,yiring , hazm bolmagan ovqat qoldiqlari, orasida gijjalar.
E) qon ajralishi ( defeksiyadan oldin, vaqtida yoki keyin).
Qichishi, orqa chiqaruv teshigi sohasida ogriq.
Togri ichak tushib qilishi.
Siydik ajratish azolari tizimi. Bel sohasida ogriq: uning harakteri (tutmoq, otkir,hurujsimon, irradiatsya davomiyligi, nimadan song paydo boladi, va kuchayadi,nima bilan kechadi, ogriq nimadan song kamayadi,)
Siydik ajralishi:
-
ravon, qiyinlik bilan.
-
Siydik ajralishida ogriq va qizish sezgisi
-
Siydik ajralishi soni, ayniqsa tunda
-
Sutkalik ajralgan siydik miqdori
-
Siydik rangi: norma.toq,” gosht yuvindisi”rangida, pivo rangida va…
Siydik bilan qon ajralishi: boshlanishida, hamma portsialarda, oxirida.
Ixtiyorsiz siydik ajralishi
Tayanch-harakat sistemasi.
-
Oyoq qollarda bogimlarda ogriq.
Ogriq harakteri, uchuvchanligi, havoga bogliqligi, zoriqishga va hayajonga bogliqligi, tinch turganda ogriq bolishi, tunda ogriq kuzatilishi.
-
Bogimlar shishi va qizarishi (qaysi bog’imlar)
-
Bogimda harakatda ogriq paydo bolishi, ertalabki karahtlik va uning qancha davom etishi.
-
Umurtqa pogonasida harakat qiyinlashishi va ogriq (qaysi qismda), ogriq irradatsiyasi.
Endokrin tizimi.
-
Boy va tana tuzilishining buzilishi
-
Vazn ozgarishi (semirish yoki ozib ketish)
-
Teridagi o’zgarishlar (Kop terlash yoki haddan tashqari quruq bolish, dagallashishi, rangining ozgarishi)
-
Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning buzilishi: ayollarda dismenerriay, erkaklrda impotensia (uning harakteri)
-
Terining tukli qatlami o’zgarishlari ( kok rivojlanishi, jinsiga xos bo’lmagan joylarda paydo bo’lishi, soch to’kilishi)
Asab sistemasi, sezgi azolari.
-
Tungi uyqu (chuqur, yuza uyqu, tez tez uygonish, uzoq uhlay olmaslik, tush kormasdan uhlash. Kashmar korish, rangli tushlar va boshqalar)
-
Uyqudan keying holat (tetik, kuchga tola, kanfort, ozini nisbatan yahshi sezish, charchash, hosizlik, tushkunlik)
-
Hotira (juda yahshi, odatdagidey,pasaygan, juda yomon)
-
Bosh ogrigi (lokalizatsiyasi, harakteri, nima bn bogliqligi, davriyligi,davomiyligi,birga keluvchi simptomlar,bosh aylanishi, quloqda shovqin)
-
Yurishning buzilishi, oyoq qollarning titrashi, sezgining buzilishi, Ruhiy Status.
-
Ozining sog’ligi haqida qayg’urish (yaqqol emas. Yaqqol kuchli, juda kuchli, hushdan ketishi bilan)
-
Ruhiy va emotional zoriqishdan song bemorning umumiy ahvoli (o’zgarmaydi, kuchli o’zgarish, o’zini keskin yomon his qilish)
-
Harakter qirralari (etiborliylik, ishonchsizlik,norzoligini namoyon qilishga moil, karaxtlik, gazab xurujlari)
-
Iroda ( maqsadga yonalganlik, oz- ozini boshqara olish, mehnat qobilyatini kamayishi)
-
Paydo bolgan qiyinchiliklarga reaksiya ( oz imkoniyatlarini amalga oshira bilish, jamlanganlik, adekvat javob reaktsyasi yashirin qorquv paydo bolishi, qorquv, hayol patishonlik umumiy ahvolining yomonlashuvi.)
-
Kamchiliklardan xoli bolishga intilishi ( kamchilik yoq, kamchilik bor, lekin ularni yoqotishga hohish yoq, bir oz hohish bor, aniq hohish bor, atrofdagilarning taklifiga amal qilishga tayorgarlik)
Isitma.
-
Tana haroratining kotarilishi, uning sutka davomida ozgarishlari, harorat egriligi.
-
Harorat kotarilishi tezligi va istmaning davomiyligi, istmani nima tushuradi?
-
Harorat kotarilganda qaltirash, temperature tushirilgandan keyin terlash paydo boladimi, terlash intensivligi, tungi terlash.
Shikoyatlarni surishtirib bolgach kasallik rivojlanishi tarixi sorab surishtiriladi (anamnesis morbi)
Bu bolimda kasallik qanday boshlanishi va stasionarga kelgunicha qanday rivojlanganligi bayon etiladi. Kasallik anamnesini yegishda bemor oz kasalini qanday tushinishi, baholashi va qaygurishiga etibor beriladi.
Sorab surishtirish mobaynida quyidagi savolllarga javob olish keark:
1. Qachon, qayerda va qanday sharoitda kasallangan.
2. Kasallik qanday boshlangan (otkir, asta sekin)
3. Bemor kasallik sababini nima bilan boglaydi.
Kasallik paydo boliolishi va rivojlanishiga tashqi muhit tasiiri (kasbga oid , maishiy, mavsumiy ozgarishlar), jismoniy va ruhiy zoriqishlar, intoxikatsiya, parxes buzilishi, infeksion kasalliklar (adenovirus infeksiyasi, gripp, angina ) tasiri tekshiriladi.
4. Kasallikning birinchi belgilari qanday bolgan?
5. Birinchi tibbiy yordam qachon va qanday amalga oshirilgan, uning samarasi. Kasallik boshlangandan hozirgi davrga qadar qanday shikoyatlar yuz berdi (shikoyatlar dinamikasi)
6. Surunkali kaslliklarda kasllik retidivlari, belgilari, remmissiya davrlari va ularning davomiyligi ma’lum hronologik ketma ketlikda bayon etiladi.
7. Bemorga qanday tekshirish usullari qollangan va ularning natijalari, mumkin bolsa bemor ambulatory kartasi, kasallik tarixidan kochirmasi, rentgenogramma, speragramma, EKG va boshqa hujatlardan foydalaniladi.
8. Kasallikning qaysi davrida qanday davo choralari qollanilgan, uning samarasi.
9. Hozirgi davrda ahvolining yomonlashishiga nima sabab bolgan, asosiy simptomlari nimalardan iborat.
10. Bemor statsionarga kelib tushgandan kuratsiyagacha bolgan davrda qanday ozgarishlar kuzatiladi?
Keyin biz hayot anamnesini yegishga otamiz (anamnesis vitae).
Bundan quyidagilar aniqlanadi:
1. tugilgan joyi, bolaligidagi maishiy ahvoli, bolaligida kechirgan kasalligi.
2, Mehnat anamnessi: qachon ishlay boshlagan, ish harakteri va sharoitlari, kasbiy zararliklar. Ish joyining ozgarishlari. Hozirgi mehnat faoliyati, sharoiti. Kasb haqida toliq malumot olishi. Ish joyining toliq harakteristikasi (temperature, chang , yelvizak, namlik, yoruglik, zararli moddolar bilan aloqasi), ish kuni davomiyligi, tanafuslar. Dam olish va ta’tillari. Ish joyidagi kelishmovchiliklari.
3. Moddiy – maishiy sharoit: yashash maydoni, yashovchilar soni. Ovqatlaniksh harakteri- uyda ovqatlanadi, oshxonada ovqatlanadi, ovqat harakteri, rejimli ovqatlanish, tahminiy menu.
4. Oilaviy ahvoli bolalari bormi, ularning soni, sog’lig’I (olgan bolsa sababi), ayollarda hayzning boshlanishi, oxirgisi qachon bolgan, homiladorlik soni, abortlar, homila tushishi (sabablari), tugruqlari soni, olik bolalari bolganmi, bolalarning tugilgandagi vazni, boshdan kechirgan kasalliklari (qaysilari qaysi yoshda), operatsiyalar, kantuziyalar,jarohatlar, travmalar. Surunkali kasalliklarda boshlanishi, zorayish davri, oxirgisi qachon bolgan, davosi.
6. Zararli odatlari – alkogol (aniq: qancha miqdori), chakish qaysi yoshdan boshlangan, nima chekadi, sutkada necha marta, narkotiklar, achchiq choy, kofe, tuzlar istemol qiladimi.
7. Ota va Ona tomonidan nasliyligi. Ota Onaning yoshi ularning sogligi, olgan bolsa, qachon va sababi. Yaqin qarindoshlar (aka, singil va bolalari) sogligi. Klinik genikologik analiz. Venerik kasalliklar, tuberkulyoz, opistorhooz,virusli gepatit, modda almashinuv kasalliklari, ruhiy kasalliikri, bemor oilasidagilarda bor yoki yoqligi.
8. Allergologik anamnez. Aniq allergiyalar korsatiladi.
9.Expert anamnezi. Klinikaga tushgandagi va yil davomidagi vaqtinchalik ish qobilyatining yoqatishning davomiyligi.
Amaliy mashgulotni otishdan avval talabalarning bilimini distiplina boyicha baholanadi.
Buni amalga oshirishda ananaviy didaktiv usullardan (savol javob) foydalaniladi. Savollarni ayni bir spesifikatsiadan berilishiga ahamiyat beriladi, Masalan:
-
Kasallik tarixi sxemasi nima?
-
Kasallik tarixi passport qismini kim toldiradi?
Buni amalga oshirish mobaynida tayyorgarlik korgan talabal va kuchsiz ajratib olishi kerak. Keyinchalik bu talabalarni 3-4 guruhlarga bolib, pedagogic interaktiv tehnalogiyalar, bilan kuchli va bosh talabalarga bolib dars otishga yordam beradi. Shundan song berilgan mavzu boyicha amaliy mashgulot otish mumkin. Buni “ Tekshiruvchi suhbat” va diskussiya usullari yordamida amalga oshirish mumkin.
Tahminiy savollar:
-
Kasallik tarixi qanday bolimlardan tashkil topgan?
-
Bemorni sorab surishtirish qanday qismlardan tashkil topgan?
-
Bemorning asosiy va qoshimcha shikoyatlari deganda nimani tushuniladi?
-
Anamnes yegish qanday amalga oshiriladi?
-
Umumiy quruq va tana qismlarini kozdan kechirish qanday ketma ketlikda amalga oshiriladi?
Song hamma javoblar variantidan togri javoblarni tanlab, muhokama qilinadi.
6.2.Analitik qism.
Mashgulotning ikkinchi qismida bolimlarda yotgan bemorlarning kasallik tarixi olib, shikoyatlarini asosiy shikoyatlarga bolib organiladi.
6.3 Amaliy qism.
Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, a m al i y ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi.
Amaliy konikmalarni moljallangan.
Talabalarga bemorlarni sorab surishtirish taklif qilinadi. Bunda talabar oqituvchilar boshchiligida revmatalogiya bolimida yotgan bemorlar bilan, suhbatlashishadi. 2-3 ta bemor tayyorlanadi. Kuzatuv mobaynida talabalar diqqatida bemorlar shikoyatlar, kasallik va hayot anamnesiga qaratiladi. Bemor bilan suhbatlashganda paydo boladigan qiyinchiliklar va ruhiy jihatlarga etibor beriladi. Bemorni sorab surishtirish talabalarga bemor bilan muloqat boyicha amalliy konikmalarni chuqurroq bilib olishga yordam beradi. Bemor korigidagi hamma malumotlar talabalr tomonidan amaliy mashgulot daftariga yozib boriladi. Bu jarayonga 40 min vaqt ketadi. Bemor haqidagi malumotlar guruhda muhokama qilinadi. Talabaning komunikativ hususiyatlari, korikda bajargan amallri ketma ketligi va togriligi baholanadi. Amaliy mashgulot ichun yakuniy baho chiqarishda talabaning javobi, aamliy va maruza daftarlarining borligi va korikda faol qatnasshganligi hisobga olinadi.
7. Konikma va bilimni tekshirish usullari.
Ogzaki tradition didaktiv usul.
7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.
Interaktiv usul:
8. Joriy nazoratni baxolash mezoni
№
|
O’zlashtirish (%)va ballarda
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
86-100
|
A’lo «5»
|
Kasallik bayoni sxemasini: sorab surishtirish, korish , paypaslash, tokillatish, eshtish usullarini tartib bilan aytib bera oladi. Bemorda namoish qila oladi. Labarator- asbobi tekshirish natijalarini interpretatsiya qila oladi. Mashgulot togrisida toliq tasavurga ega boladi
|
2.
|
71-85
|
Yaxshi «4»
|
Kasallik bayoni sxemasini: sorab surishtirish, korish , paypaslash, tokillatish, eshtish usullarini tartibsiz, ayrim hatoliklar bilan aytadi. Bemorda namoish qiladi lekin ayrim hatoliklarga yol qoyadi. Labarator-asbobi tekshirish natijalarini interpretatsiya qila oladi. Mashgulot togrisida toliq tasavurga ega boladi
|
3.
|
55-70
|
Qoniqarli «3»
|
Kasallik bayoni sxemasi togrisida ayrim aytib beradi, bemorda namoish eta olmaydi. Labarator-asbobi tekshirish natijalarini interpretatsiya qila olmaydi. Mashgulot tog’risida toliq tasavurga ega
|
4.
|
0- 54
|
Qoniqarsiz «2»
|
Mashgulot tog’risida hech qanday tasavurga ega emas.
|
9. Mashg’ulotning xronologik haritasi
|
Mashgulot bosqichlari
|
Mashgulot ko’rinishi
|
Davomiyligi
|
1.
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
|
5 min
|
2.
|
Mavzuning o’rgatilishi
slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash
|
Surov va tushuntirish
|
25 min
|
3.
|
Mavzu yakuni
|
|
5 min
|
4.
|
O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.
|
Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at
|
25 min
|
5.
|
Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.
|
Ogzaki surov,
testlar, vaziyatli
masalalar,
diskussiya.
|
20 min
|
6.
|
O’qituvchining xulosasi. 100 ballik sistemada talabaning bilimini baholash. Keying darsga vazifa berish.
|
Informatsiya, mustaqil tayyorlanish uchun savollar.
|
10 min
|
10. Tekshiruv savollari.
1. Kasallik tarixi qanday asosiy bolimlarga bolinadi?
2. Bemorni sorab surishtirishning ketma ketligi qanday?
3. Kasallik tarixi passport qismi qanday diagnostic ahmiyatga ega?
4. Assosiy va qoshimcha shikoyatlarga tariff bering?
5. Anamnessis morbid qanday diagnostic ahamiyatga ega?
6. Anamnessis Vitae qanday diagnostic ahamiyatga ega?
7. Umumiy korik ahamiyati?
8. Umumiy korikni amalga oshirish uchun qanday sharoitlar boishi keark?
9. Tana qismlari boyicha tekshirish ahamiyati qanday?
10. Klinik tekshirishning qanday turlarini bilasiz?
11. Klinik tekshirishning asosiy usullari (palpatsiya, perkussiya, Auskultatsiyaga) tushuncha bering.
11.Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy:
1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil
2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.
3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.
4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.
5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.
6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.
7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.
Qo’shimcha:
1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |