Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Download 104,56 Kb.
Sana09.02.2017
Hajmi104,56 Kb.
#2141
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



61 Mavzu: Qon kasalligida bemorlarni tekshirish usullari . (shikoyatlari, anamnez, nasliy va boshqa omillar).

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

61 Mavzu: Qon kasalligida bemorlarni tekshirish usullari . (shikoyatlari, anamnez, nasliy va boshqa omillar).

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: Auditoriya va labaratoriyada olib boriladi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Talabalarga turli hil labarator tekshirishlar yordamida jigar va o’t yo’llaridagi xastaliklarni aniqlashni o’rgatish.

Tarbiyalovchi maqsad: Qoshimcha tekshiruv usullariga talabalarda tog’ri differensiallashgan yondashuvni rivojlantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarda klinik fikrni, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.



4. Motivasiya.

Umum amaliyot shifokori va mutaxassis faoliyatida jigar xastaliklariga to’g’ri diagnoz qo’yishda jigar va o’t qopi kasalliklarida labarator tekshiruvlari, berilgan analizlarni interpretasiyasini o’rganish va talabalarni labarato’riyada mustaqil tayyorgarligiga asoslanadi.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Vertikal integraciya: Gorizontal integraciya:

Anatomiya Patologik anatomiya

Fiziologija Patologik fiziologiya

Gistologiya

Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning o’rtacha miqdori katta odamda 5 litr bo’lib, u tana og’irligining o’rtacha 7% ini tashkil qiladi. 1 kg tana og’irligiga o’rtacha 70 ml qon to’g’ri keladi. Bolalarda har 1 kg tana og’irligiga to’g’ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko’proq bo’ladi (80-100ml).


Qon plazmasi:

Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo’lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo’ladi.

Qon plazmasi tarkibida organizmning hayoti-o’sishi va rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so’riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o’tadi va o’zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo’lgan qoldiq moddalar qonga o’tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o’tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shunung uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo’llaniladi. Bu qon va plazma sog’lom odamlardan (donorlardan) olinadi.  

Qonning shaklli elementlari (1-2-rasm):

Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi.

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) - suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Eritrositlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o’pkalardan kislorodni o’ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidridni yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi.

Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish, nafas oladigan havoning toza bo’lishi kabilar katta ahamiyatga ega.

Trombositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi. Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur. Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.

Qonning ivishi – organinzmning himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo’qotishdan saqlaydi.

Qonning ivish xossasi o’zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog’lig’iga katta xavf tug’diradi, chunki organizm ko’p qon yo’qotishi mumkin.

c:\documents and settings\admin\рабочий стол\новая папка\anatomiya\blood is made up of an aqueous.jpg


  1. Qon fiziologiyasi.

Qon qizil rangli, kuchsiz ishqoriy rеaktsiyaga ega bo’lgan, nordon mazzali suyuq biriktiruvchi tuqimadir. Qon organizmda qo’yidagi vazifalarni bajaradi:

1. Qon hujayra va to’qimalarga oziq moddalar va kislorod olib kеlib, moddalar almashinuvi vaqtida to’qimalarda xosil bo'lgan kеraksiz va zararsiz parchalanish mahsulotlarini olib kеtadi.

2. Qon ichki sеkrеtsiya bеzlarida ishlanib chiqqan, organlarning ishiga ta'sir etadigan garmonlarni organizmga tarqatadi.

3. Qon tarkibidagi hujayralar va maxsus moddalar organizmga tushgan yot, zararli kasallik quzgatuvchi mikroblardan organizmni himoya qiladi.

4. Qon ichki organlar orasida issiqlikni tartibga solib turadi va gavda tеmpеraturasining nisbatan turg’unligini saqlashda ishtirok etadi.

5. Qon hujayra va to'qimalarining ishlashi uchun qulay sharoit tug’diradi. Qon ikki qismdan iborat qon plazmasi va qoning shakli elеmеntlari.


Gemoglabin o’pkada havo tarkibidagi kislarod bilan birikib oksi gemoglabin hosil qiladiva to’qimalarga borib gemoglabinga va kislarotga ajraladi. Gemoglabin to’qima hujayralarga kislarodni berib to’qima hujayralaridan karbonat angidrid gazini briktirib olib o’pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo’ladi. Eritrositlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto’g’ri ovqatlanishi ovqatni sifat tarkibiga etiborsizlik ochiq havodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida darmonsizlik tez charchab qolish va bosh aylanish kasalligiga olib keladi . bolalarda bunday kasallikga uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yuqori kaloriyalik ovqatlarni istemol qilish kerak(jigar, hayvon qonidan tayyyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay va boshqalar).

Eritrositlar cho’kish reaksiyasi. (POE). Agarda qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kopilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon aralashmasidagi eritrasitlarni kapilyar trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko’ramiz.

Eritrositlarni cho’kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o’zgarishi mumkin.

Masalan: 3-9mm. erkaklarda, ayollarda 7-12mm. soatiga cho’kadi. Organizm holatining o’zgarishlarida eritrositlar cho’kish reaksiyasini o’zgarishi kuzatiladi.

Eritrositlarning ma’lum tezligida cho’kishdan foydalanib tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda POE deyiladi. Aniqlaydigan asbobni panchenko apparati deyiladi.

Organizm qattiq shamollaganda tuberkiloz kasalligida, xomilador ayollarda, yallig’lanish kasalligi boshlaganda va boshqa o’zgarishlarda eritrositlar cho’kish reaksiyasi tezligi ortadi.

Leykositlar oq qon tanachalari qoning yadroli xujayralari bo’lib aktiv harakatlarning xususiyatiga egadir. Ular har xil shaklda bo’lib, 1kub mm bolalar qonida 8000-11000 gacha bo’ladi, katta odamlarda normal holatda bo’ladi. Uning soni kun mobaynida o’zgarib turishi mumkin. Lekositlar 3 gruppa bo’ladi. 1) donador leykositlar 2)donasiz leykositlar 3) monositlar.

Donador leykositlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: neytrofilar eozanofillar va bazofillar.

Leykositlarning ko’rsatilgan miqdoridan ortib ketishi lekositoz deb atalsa miqdordan kamayib ketishi lekopinya deyiladi.

Lekasitlar organizm ichki muhutining posboni hisobl;anadi chunki lekositlar qonga va limfaga tushgan mikroblarni viruslarni organizm ichiga kirishi qatttiq kurashadi. Organizmga tushgan moddalarni neytrallash xususiyatiga ham egadir.

Trombositlar -qon plastinkari, qonning shalkli elemenlar orasida eng maydasidir. Ular komikda hosil bo’ladi. 1mm3 300000 dan 400000 qon plastinkalari bo’ladi uning soni ham yoshga qarab o’zga boradi. Trabbasitlar qonning ivishida muhim rol o’ynaydi. Qon ivishi organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo’lib jarohatlanganda qon yo’qotishdan saqlanadi.

Yurak organizmda nasos funksiyasini bajaradi. Yurak va qon aylanish sistemasiga yurak, arteriyalar venalar kapilyar kiradi. Yurakdan qon olib ketuvchi tomirlar arteriyalar yurakga qon olib keluvchi qon tomirlar vena qon tomirlar deyiladi. Qon qon tomirlarida harakatlanar ekan murrakkab yo’lni katta va kichik qon aylanish doiralarini bosib o’tadi.

Sog’lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan biologik modda-antigemofil omil yetarli bo’lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o’tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko’p qon yo’qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kaltsiy (Ca) ionlari,  kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.

Qonning shaklli elementlari :

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) - suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Eritrositlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq.

Leykositlar  (oq qon tanachalari) - yadroli qon hujayralari bo’lib, yadrosining shakliga va bo’yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo’linadi. Leykositlar sonining ko’payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko’mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo’ladi. Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan.  Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko’payib, 1mm3 qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og’ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.

Trombositlar (qon plastinkalari) - suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi. Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi.
Taloq.
Taloq qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori qismida, ya'ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140-200 g. Yuqorida aytilganidek, taloqda limfolsitlar hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Demak, taloq organizmning yuqumli kasalIiklardan himoya qilish (immunitet) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari,taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to'planadi, ya'ni u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o'tagan shaklli elementlari (eritrotsitlar va leykotsitlar) parchalanadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda taloqda limfotsitlar hosil bo'lishi ko'payadi. Demak, bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitet) kuchayadi.

Taloqning immun vazifasi zaharli moddalarni tutib olish va qayta ishlash, qonni turli xil yot agentlardan (bakteriya, virus) tozalash hisoblanadi. Kuyish, travma va boshqa to’qima shikastlanishlaridagi detrit hujayralarining erimaydigan komponentlarini, endotaksinlarni taloq tutib oladi va parchalaydi. Taloq immun javobida  faol ishtirok etadi – uning hujayralari tana uchun yot antigenlarni aniqlaydi va maxsus antitelolarni ishlab chiqaradi.  

Filtrlash faoliyati to’qimalardagi qon aylanishi nazorati ko’rinishida amalga oshiriladi. Eng avvalo, bu keksaygan , shuningdek, shikastlangan eritrotsitlarga tegishli. Taloq sirkulyatisiyadagi qonni membranasi o’zgargan hujayralardan tozalaydi degan tahminlar ham mavjud. Shuningdek, ba’zi bir kasalliklarda shikastlangan eritrotsitlar taloq orqali  o’ta olmaydi, pulplarda uzoq tutilib qoladi va o’ladi. Bu shuni ko’rsatadiki, taloq jigarga nisbatan shikastlangan hujayralarni yaxshiroq aniqlashga moyil va filt vazifasini o’taydi. Qon oqimi izdan chiqqanda taloq kattalashadi va katta miqdorda qon sig’dirishi mumkin bo’lib, uning deposi hisoblanadi. Taloq qisqarib, yig’ilib qolgan qonlarni tomirlar o’zaniga chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Bunda taloq miqdori qisqarib, qondagi eritrotsitlar miqdori oshadi. Normada taloq 20-40 ml. qon saqlaydi.

Taloq oqsil almashinuvida qatnashib, albumin, globo’lin (gemoglabinni oqsil komponenti), VIII – qon ivish omilini sintezlaydi. Taloq qon hosil qilishda faol qatnashadi, asosan homilada. Katta yoshdagi kishilarda u limfotsit va monositlarni produtsirlaydi (ishlab chiqaradi).

Taloq gemoliiz jarayonida katta rol o’ynaydi. Patologik sharoitlarda u katta miqdordagi o’zgargan eritrotsitlarni ushlab qolishi va parchalab tashlashi mumkin, asosan tug’ma va orttirilgan gemolitik anemiyalarda. Dimlangan to’laqonlik va boshq akasalliklarda katta miqdordagi eritrotsitlar qora taloqda tutib qolinadi.

Taloq- bu organizmning ikkinchi “onasi” (buyrakdan keyin) hisoblanadi. Agar oshqozon retseptor bo’lsa, taloq transportirovkalovchidir (tashuvchi). Oshqozon oziq moddalarni qabul qiladi va dastlabki hazm qilish jarayonini boshqaradi. Taloqda keyingi hamz-ovqat ingichka ichakka tushushidan oldingisi kechadi. Bunda u barcha oziq moddalarni so’radi va ularni butun tanag o’tkazadi, hamma a’zo to’qimalarni oziqlantiradi, eng keraklisi, hayotiy faoliyatni saqlaydi. Taloq oshqozonda SI ni pasaytiradi, tomirlarda qon oqimini va qon aylanishini nazorat qiladi. Agar bu faoliyat yetarlicha bajarilmasa, unda quyidagi simptomlar yuzaga chiqadi: og’izdan yoqimsiz hid kelishi, milk qonashi, teri ostida qon qotishi, ichki organlardan qon ketishni yengillashishi kuzatiladi.

Taloq oyoq – qo’l muskullar ishi bilan bog’liq, u ularga ozuqa moddasini beradi. Agar SI taloq normal faoliyatida bo’lsa, tana muskullari tonusda bo’ladi, oxir oqibat oyoq – qo’llar sog’lom ko’rinishda bo’ladi. Agar SI tanada bo’shashsa, oyoq qo’llar zaiflashadi. SI qora taloqdagi kamchiliklar ta’m bilishni yo’qolishiga, lab rangini oqarishiga olib keladi, agar taloq ichida oshiqcha suyuqlik ba harorat bo’lsa, og’iz bo’shlig’ida yopishqoq qoplam, yoqimsiz ta’m kelib chiqadi.

Taloq faoliyati pasayganligi belgilari: butun tanada shish, ta’m sezish va ishtaha o’zgarishi, qorin dam bo’lishi, ich qotishi, issiq ovqatga moyillikni ortishi, oshqozon sohasida achishish va doimiy og’riq, kekirish, og’iz bo’shlig’ida nordon ta’m, teri qoplamlarining rangparligi, uyquchanlik, boshda va butun tanada og’irlilik, teri qoplamlarining qichishi, milk qonashi, ko’p qon yo’qolishi, kamqonlik.

  

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Qon, qon yaratuvchi a’zolar, hamda ularni gumoral, gormanal va nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi, qonning yagona tuzilishini tashkil qiladi. Bu a’zolarga suyak ko‘migi, taloq va limfa tugunlari kiradi. Bu a’zolarda qonning hujayra elementlari hosil bo‘ladi va shakllanadi. Suyak ko‘migidan eritrogranula va trombositopoez amalga oshadi. Taloq va limfa tugunlari limfositlarni ishlab chiqaradi. Monositopoez taloq va qisman suyak ko‘migida sodir bo‘ladi.Qon yaratish a’zolariga emirish vazifasi ham xosdir.



Bemorni so‘rab-surishtirish

Bemorning shikoyati odatda umumiy hususiyatga ega. Chunonchi, holsizlik, tez charchab qolish, bosh aylanishi, jismoniy ishda harsillash, yurak o‘ynog‘i, ish qobiliyatini yo‘qotish. Qon sistemasining ko‘p kasalliklari isitma bilan kechadi. Subfebril isitma animiyada, o‘rtacha va yuqori isitma leykozlarda kuzatiladi. Bu vaqtda leykositlar ko‘p parchalanib purin moddasi hosil bo‘lib u pirogen ta’sir qiladi. Ko‘pincha bemorlar teri qichishiga shikoyat qiladi. Eritremiyada, surunkali limfoleykozda va qiynab yuboradigan teri qichishishi limfogranulematozda bo‘ladi. Qon sistemasining ko‘p kasalliklarida ishtaha pasayishi va ozib ketish kuzatiladi. Bundan tashqari til uchi va yonlarini achishishi (B12 tanqisligi anemiyasida),

ta’mni o‘zgarishi (bemorlar bo‘r, loy, ko‘mir kabi narsalarni yeydilar) hid sezishni buzilishi (efir, benzin hidlarini yaxshi ko‘radilar) ham kuzatiladi. Teri va shilliq qavatlarda gemorragik toshmalar burindan, milkdan, me’da-ichak yo‘llaridan, o‘pkadan, buyrakdan, bachadondan qon oqishlar bo‘lishi mumkin (gemorragik diatezlarda, mioloplastik sindromda, leykozlarda) ilikni gieperplaziyasida suyaklarda og‘riq bo‘ladi. Qonning ko‘pgina kasalliklarida chap qovurg‘a ostida og‘riq bo‘ladi, u taloqni shikastlanishi bilan bog‘liq. Taloq kattalashganda og‘riq bo‘ladi. Taloq yorilganda, infarktida qattiq og‘riq yuzaga keladi. Jigar kattalashganda (surunkali leykozlar) o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq va og‘irlik paydo bo‘ladi. Kasallik anamnezida kasallikning o‘tkir yoki surunkali ekanligini aniqlash kerak. Kasallik dinamikasini diqqat bilan o‘rganish kerak; qachon birinchi marta aytilgan simptomlar paydo bo‘lganligi, ilgari qon tekshirilganmi, uning natijasi, ilgari davolanganmi va qanday effekt bergan.

Bemorning hayot anamnezida, uning ish sharoitiga diqqatni qaratish lozim. U yerda bemor surunkali zaharlangan bo‘lish mumkin (simob, margimush, qorg‘oshin,fosfor, benzol, rentgen nuri va hokazo) Ovqatlanish hususiyatiga ham e’tibor beriladi. Chunki doim bir hilda ovqat yeyish va to‘yib ovqatlanmaslik, ovqatda oqsil va vitaminlar yetishmasligi kamqonlik kelib chiqishiga imkon yaratadi.Qator qon kasalliklari nasldan o‘tishi mumkin: gemofiliya, Osler kasalligi, gemoglobinopatiya, gemolitik kamqonlik kabi kasalliklar yaqin yoki uzoq qarindoshlari orasida bor-yo‘qligiga ahamiyat berish kerak.



Umumiy ko‘zdan kechirish

Bunda avvalo bemorning umumiy ahvoliga ahamiyat beriladi. Ko‘pgina qon kasalliklarining terminal bosqichida bemor juda og‘ir, ba’zan hushsiz holatda bo‘lishi mumkin. Teri va shilliq qavatlar tabiiy yorug‘likda ko‘riladi.Masalan yuvinil hlorozda teri “alebastr oqarish”ga o‘xshaydi, ayrim hollarda yashil tusli oqarish bo‘ladi. B12 tanqisligi anemiyasida teri mumsimon sarg‘ishroq oqargan. Gemolitik anemiyada teri va shilliq qavatlar sap-sariq bo‘ladi. Surunkali leykozda teri kulrang-yer rangida bo‘ladi.

Eritremiyada teri olchasimon qizil, u ayniqsa yuzda, boynida va qo’l panjalarida rivojlangan gemorragik diatezlarda teriga har xil shakl va kattalikdagi qon quyulishlar kuzatiladi ( peteziya, purpura ). Otkir leykozlarda kop uchraydigan simptomlardan nekroz yarali angina va stomatit hisoblanadi.

Paypaslash.

Suyakni paypaslashda ogrik bolishi mumkin. Diagnoz uchun qimmatli ma’lumotni limfa tugunlari va taloqni paypaslash beradi. Limfa tugunlarini ancha kattalashishi limfaleykoz, limfagranulematoz va limfasarkomalarda kuzatiladi. Bu kasalliklar uchun limfa tugunlarining sistemali va kop shikastlanishi harakterli. Leykozlarda va havfli limfomalarda limfa tugunlari ogriksiz, teri bilan yopishmagan, yiringlamaydi va oqma hosil bo’lmaydi. Ular hamirsimon konsistensiyada.

Limfogranulematozda, ayniqsa limfasarkomalarda limfa tugunlari qattiq, bir-biri bilan yopishgan katta konglomeratlar (15-20 sm ) hosil qiladi.

Taloqni paypaslash bemor orqasi yoki ong yoni bilan yotganda bimanual bajariladi, vrachning chap qo’li qo’ltiq osti chiziqlari boyicha 7 va 10 qovirga orasida boladi, ong qo’l esa qovirga chetida, 10 qovirganing oxirgi tutashgan joida boladi. Paypaslashda taloqning olchamiga, ogriqligiga, shakliga, harakatchanligiga, egatlariga e’tibor berish kerak. Kop kasalliklarda taloq kattalashadi. Surunkali mieloleykozlarda taloq juda kattalashib qorinning chap yarmini egallab oladi, orta chiziqcha borib, uning pastki qutbi kichik chanoqqacha tushadi.



Tukkilatish.

Tukkilatish M.G. Kurlov boycha bajariladi. Bu bemor turgan yoki yotgan holatda bajarilishi mumkin.

Tukillatish sekin qo‘ltiq osti o‘rta chizig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Odatda bu chiziqda taloq ko‘ndalang joylashadi va eni 4-6 sm bo‘ladi. (9-11 qovurg‘alar orasida) Taloqning uzunligi 10 qovurg‘a bo‘yicha aniqlanadi.

Eshitish

Eshitish deyarli qo‘llanilmaydi. Perisplenit bo‘lganda taloq sohasida qorinparda ishqalanish shovqini eshitiladi.



6.2.Analitik qism.

Amaliy mashqni o’tkazish uchun talabaning jigar va o’t yo’llari kasalliklarini labarator va asbobiy tekshirish usullari bo’yicha bilim darajasini aniqlash.Buning uchun mashg’ulotni ana’naviy didaktiv forma (savollar berish va javoblar berish ) yoki noana’naviy pedagagik tehnologiya usulida (“qopdagi mushuk” ) olib boriladi.

Shunga e’tibor berish kerakki, savollar qiyinlashish darajasi bo’yicha kategoriyalarga bo’linib olishi kerak. Demak, boshida qiyin savollardan boshlash kerak.

Agar talaba bilimi yetarli darajada bo’lmasa, asosiy xolatlarni qisqacha ravishda tushuntirib berish lozim. Chunki qysi mavzuni davom ettirish qiyin kechadi. Bu maqsadda savol berishning ikkinchi varianti qo’llaniladi,bu savollarning darajasi pastroq.

Bu jaroyonda bilim darajasi kuchliroq va pastroq bo’lgan talabalar aniqlanadi.bBu narsa keyinchalik guruhni 3-4 ta guruhchalarga bo’lishga va pedagogik noana’naviy texnalogiyalarni o’tkazishga yordam beradi.(kuchlidan kuchsiz talaba, kuchlidan kuchsiz nalabalarga qarshi) Bundan so’ng tekshiruv suhbatlari, rotsiya usullarini qo’llash mumkin.

Talabalarning darsga tayorligini rotasiya usuli qo’llaniladi. Bu usulni o’tkizish uchun savollar tayorlanadi auditoriya mayda guruhchalarga bo’linadi (2-3 odam). Xar bir guruh 10 minut davomida o’z javob variantlarini mihokama qiladi va yozadi, shu tariqa keyingi savollarga o’tiladi. So’ng hamma javoblarini muhokama qilib eng maqulini tanlashadi. Talabalarning eng yahshi javoblari maksimal ball bilan baholanadi.

Darsning birinchi qismi 25 daqiqa o’tkaziladi.

Darsning ikkinchi yarmida masalani analitik echimi topiladi. Bu maqsadda vaziyatli masalalardan foydalaniladi.



6.3 Amaliy qism.

Amaliy ko’nikmalarni egallashga qaratilgan. Bu qisimda talabalar muallim ishtirokida bemorlarni kurasiya qilishi va labarator tekshiruvlar natijasini interpretassiya qilishi kerak bo’ladi



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

Interaktiv metod "qopda mushuk"

Mashgulot mavzusiga o’tish uchun"qopda mushuk" interaktiv o’yin o’tkaziladi. Buning uchun shu mavzu bo’yicha konvertga solinadigan savollar tayyorlanadi. Xar bir talaba 1 ta savoldan oladi va 2 minut davomida javob yozadi. Keyin o’qituvchi yordamida javoblar muxokama qilinadi.

Ushbu mashgulotni o’tkazishdan oldin anatomiya va fiziologiya fanidan olgan bilimlarini tekshirish kerak. Buning uchun savol - javob tariqasida bir necha daqiqada masalani yechish kerak. Masalan:

- Normada bilirubin almashinuvini ayting

- Normada qopdagi bilirubin konsentrasiyasini ayting.

Shu savollarga asoslanib kichik gruppachalarga bulish. (kuchli + kuchsiz)

Bundan keyin mashgulot mavzusiga o’tish uchun"qopda mushuk" interaktiv o’yin o’tkaziladi.

Savollar: 1.Qonning umumiy analizida qanday o’zgarishlar bo’ladi.(lekositoz va ECHT ning ortishi aniqlanadi.)

2.Transaminazalar-AST,AZT faolligining ortishi nimadan dalolat beradi?(gepatotsitlarning shikastlanishidan (tsitolizdan) dalolat beradi.)

3.Jjigar patologiyasida oqsil va uning fraksiyalari qanday o’zgaradi ?

4. Mikroskopik tekshirishda nimalar topiladi?(sodda jonivorlar ( lyambliya) va gelmint (gijja) tuxumini topiladi.)

5. Duodenal zondlashning diagnostik ahamiyati?

6.Rentgenologik, kontrast yordamida nimalar topiladi ? (qizilo’ngachning varikoz kengaygan venalari, xolegrafiya, xolangiografiya ( o’t yo’llari va o’t qopi) tekshiriladi.)



7.Jigarni virusli kasalliklarida immunoferment va radioimmun usulida nimalar aniqlanadi?(A, B, S, D, gepatit virus turlari)

8.Laparaskopiya va biopsiyada nimalar aniqlanadi?(tsirrozga xarakterli gistomorfologik o’zgarishlar)

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9.Mashg’ulotning xronologik haritasi



Etap

Forma

Davomiyligi (min)

1

Kirish qism

Davomatni tekshirish , konspektlarni tekshirish

5

2

Nazariy kism

So’rov.

20

3

Natijalar


Informasiya

5

4

Tanaffus




5

5

Analitik qism

Testlar va masallarni yechish, videomaterial kurish

25

6

Amaliy qism

Labaratoriyada ishlash

25

7

Xulosa

Baxolash. Keyingi mashgulotning mavzusi

5

10. Tekshiruv savollari.

1.Qonning umumiy analizida qanday o’zgarishlar bo’ladi.(lekositoz va ECHT ning ortishi aniqlanadi.)

2.Transaminazalar-AST,AZT faolligining ortishi nimadan dalolat beradi?(gepatotsitlarning shikastlanishidan (tsitolizdan) dalolat beradi.)

3.Jjigar patologiyasida oqsil va uning fraksiyalari qanday o’zgaradi ?

4. Mikroskopik tekshirishda nimalar topiladi?(sodda jonivorlar ( lyambliya) va gelmint (gijja) tuxumini topiladi.)

5. Duodenal zondlashning diagnostik ahamiyati?

6.Rentgenologik, kontrast yordamida nimalar topiladi ? (qizilo’ngachning varikoz kengaygan venalari, xolegrafiya, xolangiografiya ( o’t yo’llari va o’t qopi) tekshiriladi.)

7.Jigarni virusli kasalliklarida immunoferment va radioimmun usulida nimalar aniqlanadi?(A, B, S, D, gepatit virus turlari)

8.Laparaskopiya va biopsiyada nimalar aniqlanadi?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

1.E.Y. Qosimov, Sh.G Mukminova, B.N.Nuritdinov " Ichki kasalliklar propedevtikasi" Toshkent,

1996 y.

2.Vasilenko V.X. va boshkalar. Propedevtika vnutrennix bolezney. Moskva, 1989 g.



3.N.A. Muxin, V.E Moislev " Propedevtika vnutrennix bolezney" Moskva, 2002 g.

4.A.L. Grebenov " Propedevtika vnutrennix bolezney" Moskva, 2001. g




Download 104,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish