Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Download 41,09 Kb.
bet7/9
Sana21.01.2017
Hajmi41,09 Kb.
#782
1   2   3   4   5   6   7   8   9
34- раем. Пароксизмал тахикардия {Ашоф — Товар тугунидан чикаётган

суправентрикуляр шакл).

а)—хуруж тугагандан 3 дакика утгандан сунг. б) — хуруж вактида эхтимол тахикардия хисобига S—Т сегменти тушган. I — II — III -*-> стандарт уланншлар; Уг— V*—V$ кукрак

уланишлари.

Z. Qo'zg'alishning geterotopligi.

Qo'zg'alish manbai bo'lmacha, atrioventrikulyar tug'un, qorincha bo'lishi mumkin. Atrioventrikulyar va bo'lmacha shakllari qo'shilib supraventrikulyar yoki qorincha usti paroksizmal taxikardiyasini xosil qiladi. Supraventrikulyar shaklga qorincha kompleksida deformatsiyaning bo'lmasligini, P tishining aniqlanmasligi xos. Atrioventrikulyar yoki tug'unii paroksizmal taxikardiya dori moddalariga va adashgan nerv ta'siriga katta chidamliligi bilan bo'lmachadan farq qiladi. Qorincha paroksizmal taxikardiyasi qorincha ekstrasistolasiga o'xshab qorincha kompleksining deformatsiyasi va ritmning tezligi bilan farqlanadi.

QRS kompleksining kengligi 0,12 s, T - tishi asosiy kompleks tishlariga qarama-qarshi yotadi. Qorinchalar ritmi odatda to'g'ri. P -tishi aniqlanmaydi. Qorincha taxikardiyasi odatda organik yurak kasalliklarida yuzaga keladi. Masalan, miokard infarktining o'tkir davrida qorinchalar ■ titrashga tishi mumkin. Yurak muskulining o'tkazuvchanligi buzilganda yurak o'tkazish sistemasining qandaydir qismida impulslarning o'tishi sekinlashadi yoki butunlay t o'xtab qoladi - t o'lik yoki qisman blokada rivojlanadi. O'tkazuvchanlik buzilishining qaerda paydo bo'lishiga qarab sinoaurekulyar, bo'lmacha ichidagi, atrioventrikulyar va qorincha ichidagi blokadalar farq qilinadi. Blokada vaqtinchalik bo'lishi mumkin, u o'tkazuvchi yo'lning anatomik jaroxatlanishida muntazam, doimiy bo'ladi. Anatomik shikastlanish miokard yallig'lanishida, distrofik va skleroz jarayonlarda xamda toj-tomirlarda qon aylanishi buzilganda (ayniqsa miokard infarkti) rivojlanadi.

Sinoaurekulyar blokada sinus tug'unidan impulsning bo'lachaga o'tkazilishi buzilishi, vaqti-vaqti bilan yurak kompleksining tushib qoiishi bilan ifodalanadi (P - tishi xam, R davomliligi xam 2 marta ortadi). Sinoaurekulyar o'tkazuvchanlik asta-sekin sustlashib, so'ngra impuls tushib qoiishi mumkin. Bo'lmacha ichidagi blokada bo'lmachaning o'tkazuvchi yo'llarida qo'zg'alish o'tishining buzilishini ko'rsatadi, bunda chap va o'ng bo'lmachaning baravar ishlash faoliyati buziladi. Bunda P - tishi kengayib 0,11 sek ko'proq bo'ladi. Blokadaning bu turida klinik belg'ilar bo'lmaydi. Kasallikka EKG asosida tashxis qo'yiladi.

Atripventrikulyar blokada tez-tez uchrab turadi. Uning 3 ta darajasi bor. A - В blokadaning 1 darajasida bo'lmacha-qorincha o'tkazuvchanligi pasayadi. P - oralig'i chiziladi, lekin shu vaqtdagi ritm tezligi me'yorida bo'ladi (0,21 sek dan 0,3-0,4 sek gac'ha). Odatda qorincha kompleksining shakli o'zgarmaydi. Bu EKG da aniqlanadi, klinikasida P oralig'ining ancha chizilib ketishi natijasida bo'lmacha komponenti ajralib chiqishi xisobiga 1 tovush (ton bilinib eshitiladi). A - В blokadaning 11 darajasida ba'zi impulslar o'zgaruvchanligining buzilishi natijasida bo'lmachadan qorinchaga o'tmaydi. EKG da esa bu qismi tushib qolgani aniqlanadi. II darajadagi A - В blokadaning 3 turi farq qilinadi. 1- turi (Venkebax yoki (35- rasm) Mobittsa) bu P - Q oralig'ining asta-sekin uzayishi va qorincha kompleksining tushib qoiishi bilan ifodalanadi. Bu vaqtda Venkebax-Samoylov davri xosil bo'ladi. Qorincha kompleksi o'rtacha kenglikda bo'ladi. Bu tur yurak o'tkazuvchi yo'lning paroksizmal qismi shikastlanganda kuzatiladi, A - В blokadaning 2 turi EKG da qorincha kompleksining P - Q oralig'i oldindan uzaymasdan doimiy tushib qoiishi bilan ifodalanadi. U distal qismida - Gis tutami shoxchalari to'g'risida o'tkazuvchanlikning buzilishi bilan bog'langan, shuning uchun PQ kompleksi deformatsiyalanadi. Blokadaning 3 - turi qorincha kompleksining xar ikkinchi yoki uchinchisi tushib qoiishi bilan ifodalanadi, ya'ni 2:1, 3:1, 4:1 va xokazo blokadalar bo'ladi. Bemorda bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi, qisqa muddatli quysizlik kuzatilishi mumkin.

A - В blokadaning III darajasi to'lik - impulslar bo'lmachadan qorinchaga o'tmaydi. Bo'lmacha va qorinchalar birbiriga bog'lanmagan xolda ishlaydi. EKG da qorincha kompleksi siyrak bo'lib, P - tishi te'yorida bo'ladi. Qorinchalarning qisqarish tezligi minutiga 30-40 oralig'ida o'tkazuvchi yo'ldagi ritmni boshqaruvchi o'choq qancha past joylashgan bo'lsa, qorinchalar ritmi shuncha sekin bo'ladi. Sinus tug'unidan impuls oluvchi bo'lmacha ritmi esa normal xolda qoladi. To'lik ko'ndalang, blokadada qorinchalar etarli tezlikda qisqarsa (min 40-50) sub'ektiv sezgilar bo'lmasligi mumkin. Ko'rishda impuls to'xtamlari vaqtida xam to'xtamaydigan bo'yin venasining ritmik undulyatsiyasini aniqlash mumkin. Bo'lmacha va qorincha qisqarishi baravar kelsa, undulyatsiya keskin kuchayadi. Eshitishda (auskultatsiya) 1 tovush intensivligi o'zgarishi aniqlanadi, vaqti-vaqti bilan qattiq tovush - Strajesko bo'yicha «pushka tovushi»

eshitilishi mumkin, bu qorincha bilan bo'lmachaning baravar qisqarishidan

paydo bo'ladi.

Diastola vaqtida bo'g'iq bo'lmacha tovushini eshitish mumkin. Qorincha

qiskarishining keskin kamayishi miya qon aylanishida ko'rinishi va Morgani

- Edems - Stoks xurujini keltirib chiqarishi mumkin. Ko'pincha bu xuruj

sinus ritmidan blokadaga tish vaqtida kuzatiladi. Xurujning klinik

ko'rinishi juda ifodali. Butunlay xotirjamlik sharoitida to'satdan bosh

aylanishi, umumiy bezovtalik paydo bo'ladi, so'ngra bemor xushidan ketadi,

yuzi qizarib, keyinchalik keskin oqaradi, tomir urishi sezilmaydi, ko'z

orqaga ketadi, tana muskullari taranglashadi, klonik va tonik tirishish

vujudga keladi. Keyin qorincha avtomatizmi tiklanib bemor o'ziga keladi.

Uzoq vaqt qorincha avtomatizmi tiklanmasa (4 minutgacha) bu xolat o'lim

bilan tugashi mumkin.

Engil xuru] qiska bosh aylanishi va es-xush xiralashish bilan ifodalanadi.

Qorincha ichi blokadasi ko'pincha Gis tutamlari oyoqlari bloWadasi

ko'rinishida uchraydi, u o'ng va chap blokadaga bo'linadi. Chap oyoqlari orqa

va oldingi shoxlarga bo'linadi, blokada faqat bitta shoxda bo'lishi,

xamda'o'ng oyoq va chap shoxlar birgalikda blokadaga uchrashi mumkin.

Oyoqlaming birida to'lik blokada bo'lsa, impuls atrioventrikulyar

Tug'undan Gis tutamiga normal o'tkaziladi va qorinchalarga tarqalishda

shikastlangan oyoqda to'simcha uchraydi. Shuning uchun qo'zg'alish oldin

shikastlanmagan oyoqli qorinchani kamrab oladi, undan so'ng shikastlangc

blokadali qorinchaga tarqaladi. Shuning uchun korinchalar kyzg'alishi odatdagidek

bo'lmaydi. Qorincha ichi blokadasining asosiy belgisi ko'krak ulanishi QRS

kompleksining kengayishi bo'lib xisoblanadi. Agar qorincha kompleksining

kengligi 0,12 s dan oshmasa, qisman blokada to'g'risida o'ylash mumkin. agar -

0,12 dan ortiq bo'lsa bu Gis tutamlari oyog'ining to'liq blokadasi belgisi bo'lib

xisoblanadi. Bunda P - tishi o'zgarmaydi. Qorinchalar kompleksi sinus

tug'unidan keluvchi impulslar ta'sirida ritmik ravishda xosil bo'ladi,

lekin qorinchalardagi qo'zg'alishning borishi buziiganligi uchun shakli

o'zgargan va kengaygan QRS kompleksi yozib olinadi, u qorinchalar

ekstrasistolasidagi kompleksni eslatadi. Qorinchalar kompleksining

shakli qaysi oyoq blokada

bo'lganligiga bog'liq. Gis tutamining chap oyoq blokadasida uning qo'zg'alishi

keyinda qoladi va qorinchalar kompleksing qorincha ekstrasistolasidagi

kompleks shaklini eslatadi.

QRS ning kengayishi va shaklining o'zgarishi kuzatiladi, S - T oralig'i siljiydi va T - tishning yo'nalishi o'zgaradi, QRS kompleksining asosiy tishlariga qarama-qarshi (diskordant) bo'ladi. O'ng oyoq blokadasida qorinchalar kompleksining shakli chap qorincha ekstrasistolasini eslatadi. Gis tutamlari oyog'ining blokadasi tashxisi faqat EKG ga qarab qo'yiladi.


Download 41,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish