Katta oziq tishlar – dentes molares har jag‗da oltitadan bo‘lib, orqa tomon sari
kichiklashib boradi; birinchisi eng katta, uchinchisi – eng kichikdir. Uchinchi katta
oziq tishlar juda kech chiqadi va shuning uchun aql tish – dens serotinus deb ataladi.
Bu tish tamoman chiqmasdan qolishi ham mumkinligi Yuqorida eslatilgan edi. Katta
oziq tishlarning toj qismlari kubsimon, chaynov Yuzasi esa kvadrat shakliga yaqin,
uchta va undan ortiq bo‘rtiqlari bor. Yuqori jag‗dagi katta oziq tishlarning uchta ildizi
bo‘lib, ularning ikkitasi lunjga, bittasi esa til tomonga qaragan. Pastki katta oziq
tishlarning ildizlari ikkita bo‘lib, biri oldinga, ikkinchisi orqaga qaragan va uchlari
orqa tomonga bir oz egilgan. Ildizlar tarkibida bitta (distal) yoki ikkita (ko‘pincha
medial) ildiz kanallari bo‘ladi. Aql tishlarning uchchala ildizi qo‘shilib ketib, bir
butun konussimon shaklni qabul qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |