Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №2 

Qovurg„a.  Kurak  suyagi.  To„sh  suyagi.  O„mrov  suyagi.  Sinostoz  hosil  bo‗lish 

muddatlari.  Qovurg‗alarning  tuzilishi,  turlari.  To‗sh  suyagining  tuzilishi.O‗mrov 

suyagining  tuzilishi.  Ko‗rak  suyagining  tuzilishi.  Ko‗krak  qafasi.YAngi  tex:Aqliy 

hujum. 


 

T o‘ sh s u ya g i (sternum, 22). Ko‗krak umurtqalari va qovurg‗alar bilan birgalikda 

Ko‗krak qafasini (thorax) ni hosil qiladi. To‘sh suyagi uzunchoq yassi shaklda bo‘lib, 

o‘rta yashar odamda uchta ayrim qismlardan iborat. 

 

Sternum.  1-incisura  jugularis;  2-incisura  clavicularis;  3-incisura  costalis  I;  4-angulus  sterni;  5-



incisura  costalis  II;  6-incisura  costalis  III;  7-incisura  costalis  IV;  8-incisura  costalis  V;  9-incisura 

costalis  VI;  10-incisura  costalis  VII;  11  -processus  xiphoideus;  12-sorpus  sterni;  13-manubrium 

sterni 

 

1) Yuqori qismi – dastasi – manubrium sterni; 



2) o‘rta qismi – tanasi – corpus sterni; 

3) pastki qismi – xanjarsimon o‘siq – processus xiphoideus deb ataladi. Bular o‘zaro 

Yupqa tog‗ay qatlami bilan qo‘shilgan bo‘lib, keksalik davrida suyaklanib yaxlit bitta 

to‘sh suyagini hosil qiladi. Dasta qismi keng va qalin bo‘lib, tepa qismida chuqurcha 

– incisura jugularis ko‘rinadi. 

Dastaning  ikki  Yonboshida  o‗mrov  suyagining  to‘sh  suyagiga  qaragan  uchining 

qo‘shilishi uchun o‘yma – incisurae claviculares va undan pastda I qovurg‗a tog‗ayi 

bilan  qo‘shilishi  uchun  o‘yma  bo‘ladi.  Dasta  bilan  tanasi  bir  oz  oldinga  turtib 

qo‘shilgan  joyida  to‘sh  burchagi  (angulus  sterni)  ni  ko‘rish  mumkin.  Dasta  bilan 

tanasi oralig‗ida II–VII qovurg‗a tog‗aylari uchun o‘yma (incisurae costales) bor. 




 

201 


Xanjarsimon o‘siq (processus xiphoideus) to‘sh suyagining tanasidan pastki tomonda 

joylashgan turli uzunlik va shaklda bo‘ladi. Ayollarning to‘sh suyaklari erkaklarning 

to‘sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq bo‘ladi.

23

 



 

 

QOVURG‗ALAR 



Qovurg‗alar  (costae,  23,  24lar)  12  juft  ingichka  yoylardan  iborat  bo‘lib,  orqa 

tomondan  Ko‗krak  umurtqalarining  tanalariga  yopishib  turadi.  Har  qaysi  qovurg‗a 

ikki  qismdan  iborat,  qovurg‗aning  orqa  qismi  suyak  (os  costale)  va  oldingi  qismi 

tog‗aydan  (cartilago  costalis)dan  tuzilgan.  Yuqoridagi  I–VII  qovurg‗alar  bevosita 

tog‗ay qismlari vositasida to‘sh suyagiga birikadi va chin qovurg‗a (costae verae) deb 

ataladi. Keyingi VIII, IX va X juft qovurg‗alar o‘zining oldingi tog‗ay qismlari bilan 

bevosita  to‘sh  suyagiga  yopishmasdan,  o‘zidan  Yuqorida  joylashgan  qovurg‗aning 

tog‗ayiga tutashadi hamda yolg‗on qovurg‗alar (costae spuriae) deb 

ataladi.  Qolgan  XI  va  XII  juft  qovurg‗alarning  tog‗aylari  esa  hech  qayerga 

yopishmasdan  qorin  muskullarining  oralarida  erkin  joylashgan.  Shu  sababli  juda 

harakatchan  bo‘ladi.  Ular  yetim  qovurg‗alar  (costae  fluctuantes)  deb  ataladi. 

Qovurg‗alarning  oldingi,  orqa  uchlari  va  bularning  oraliq  qismi,  tanasi  bor. 

Qovurg‗aning  orqa  uchida  yo‘g‗onlashgan  boshchasi  (caput  costae)  bor.  II–X 

qovurg‗alar boshchasi umurtqalar  oraliq  chuqurchalariga  qo‘shilgani  uchun ularning 

Bo‗g‗im Yuzalari qirra (crista capitis costae) bilan ikkita Bo‗g‗im Yuzasiga ajralgan. 

I,  XI  va  XII  qovurg‗alar  boshchalarida  qirra  bo‘lmaydi,  chunki  umurtqa  tanasidagi 

butun Bo‗g‗im chuqurchalari bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Qovurg‗a boshchasi 

                                                      

23

 

Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell  AWM Elsever Churchill 



Livingstone, 2014

 



 

202 


 

Qovurg‗alar (costae).  

A – birinchi qovurg‗a. 

1  –  caput  costae  I;  2  –  collum  costae;  3  –  tuberculum  costae;  4  –  sulcus  arteriae  subclaviae;  5  – 

tuberculum m.scaleni anterioris; 6 – sulcus v.subclaviae 

B – ikkinchi qovurg‗a. 

1 – caput costae II; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – tuberositas m.serrati anterioris; 5 

– corpus costae. 

 

ingichkalashgan  bo‘yin  (collum  costae)  qismiga  o‘tadi.  Bo‘yin  qismining  qovurg‗a 



tanasiga  o‘tish  chegarasida  do‘mboqcha  (tuberculum  costae)  ko‘rinadi.  I–X 

qovurg‗alar do‘mboqchalaridagi Bo‗g‗im Yuzalari (facies articularis tuberculi costae) 

ikki qismga ajralgan bo‘lib, ularning pastki qismi umurtqalar  

 

Sakkizinchi  o‘ng  qovurg‗a  (costa  VIII).  Ichki  Yuzasi.1  –  caput  costae;  2  –  collum  costae;  3  –  facies 



articularis capitis costae; 4 – crista capitis costae; 5 – corpus costae; 6 – sulcus costae. 

 

ko‘ndalang  o‘siqlaridagi  Bo‗g‗im  chuqurchalariga  qo‘shilib  turadi.  Do‘mboqchalar 



Bo‗g‗im  Yuzalarining  Yuqori  qismlariga  esa  boylamlar  yopishadi.  XI–XII 


 

203 


qovurg‗alardagi  do‘mboqchalar  unchalik  rivojlanmagan, 

Bo‗g‗im  Yuzalari 

bo‘lmaydi.  Qovurg‗a  tanasida  (corpus  costae)  tashqi,  ichki  Yuzalari,  tepa  va  pastki 

chekkalari bor. Birinchi qovurg‗aning, aksincha, Yuqori va pastki Yuzalari, ichki va 

tashqi chekkalari bo‘ladi. Qovurg‗a tanasi bir oz bukilib qovurg‗a burchagi (angulus 

costae)  ni  hosil  qiladi.  Ko‘pchilik  qovurg‗alar  ichki  Yuzasining  pastki  chekkasiga 

yaqin joyida qovurg‗a egatchasi (sulcus costae) (nerv va tomirlar uchun) joylashgan. 

Qovurg‗alarning  shakli  va  uzunligi  Ko‗krak  qafasining  tuzilishiga  hamda  shakliga 

bog‗liq.  Qovurg‗alarning  uzunligi  I  dan  VII  qovurg‗agacha  orta  borib,  VIII 

qovurg‗adan oxirgi XII qovurg‗agacha qisqarib kamayadi. 

Birinchi  qovurg‗a  boshqa  qovurg‗alardan  uning  Yuqori  Yuzasida  narvonsimon 

muskul  do‘mbog‗i  (tuberculum  musculi  scaleni  anterioris)  borligi  bilan  farq  qiladi. 

Do‘mboq oldida o‗mrov osti vena egati – sulcus venae subclaviae, do‘mboq orqasida 

esa o‗mrov osti arteriya egati – sulcus arteriae subclaviae bo‘ladi. 

 

YELKA KAMARI SUYAKLARI 



Yelka kamari ikkala tomonda bittadan o‗mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan. 

O‗mrov  (clavicula,  26),  qo‘lni  tanaga  birlashtirib  turadigan  birdan-bir  suyak  bo‘lib, 

shakli lotincha ―S‖ harfiga o‘xshab bukilgan, uzun. To‘sh suyagiga birlashgan uchiga 

exremitas  sternalis  va  uning  Bo‗g‗im  Yuzasiga  facies  articularis  sternalis,  kurak 

suyagining yelka o‘sig‗iga birlashadigan uchiga extremitas acromialis deyiladi, unda 

yelka  o‘sig‗iga  Bo‗g‗im  hosil  qilib  birlashadigan  kichkina  Bo‗g‗im  Yuzasi  –  facies 

artricularis  acromialis  ko‘rinadi.  O‗mrov  suyagi  yelka  Bo‗g‗imining  tanadan 

uzoqroqda  bo‘lishini  ta‘minlaydi.  Natijada  qo‘lning  har  turli  murakkab  harakatlarni 

osongina  bajarishiga  qulaylik  tug‗dirib  beradi.  Ba‘zida  qo‘l  tanaga  zich  yopishadi, 

deyarli  harakatsiz  osilib  turadi.  O‗mrov  suyagining  o‘rta  qismida  tanasi  (corpus 

claviculae) deyiladi. Tana pastida konussimon do‘mboqcha – tuberculum conoideum 

va trapetsiyasimon chiziq – linea trapezoidea joylashgan. 

 

O‗mrov  suyagi  (clavicula).  Tepa  Yuzasi.1  –  extremitas  acromialis;  2  –  extremitas 



sternalis; 3 – facies articularis sternalis. 

 

O‗mrov suyagining suyaklanishi embrion 6 haftaligida boshlanib, bola 16–18 Yoshga 



borganda  qo‘shimcha  suyaklanish  nuqtasi  (to‘sh  suyagiga  qaragan  uchi)da  paydo 

bo‘ladi. O‗mrov suyagining suyaklanish davri 20–25 Yoshlarga borib tugaydi. 

Kurak  (scapula,  27)  suyagi  yassi,  uchburchak  shaklida  bo‘lib,  Ko‗krak  qafasining 

orqa tomonidan II–VII qovurg‗alar tashqi sohasida turadi. Kurakning uchta chekkasi 

tafovut  qilinadi:  umurtqa  pog‗onasiga  qaragan  medial  chekkasi  (margo  medialis), 

qo‘ltiqqa qaragan lateral chekkasi (margo lateralis) va  Yuqori kalta chekkasi (margo 

superior). Yuqori chekkasida kurak o‘ymasi (incisura  



 

204 


 

Kurak  suyagi  (scapula).  Orqa  Yuzasi.1  –  angulus  inferior;  2  –  margo  lateralis;  3  – 

fossa infraspinata; 4 – angulus lateralis; 5 – acromion; 6 – processus coracoideus; 7 – 

incisura scapulae; 8 – margo superior; 9 – spina scapulae; 10 – fossa supraspinata; 11 

– angulus superior; 12 – margo medialis 

 

scapulae) ko‘rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o‘zaro uchta burchak 



hosil  qilib  qo‘shiladi:  shulardan  biri  pastga  qaragan  burchak  (angulus  inferior), 

ikkinchisi Yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisi lateral burchak 

(angulus lateralis). 

Lateral  burchak  yo‘g‗onroq  bo‘lib,  undagi  chuqurroq  Bo‗g‗im  Yuzasi  (cavitas 

glenoidalis)  orqali  yelka  suyagi  bilan  Bo‗g‗im  hosil  qilib  birlashadi.  Bo‗g‗im 

Yuzasining  tepasidagi  do‘mboq  –  tuberculum  supraglenoidale,  pastidagi  do‘mboq  – 

tuberculum  infraglenoidale  ko‘rinib  turadi.  Bo‗g‗im  Yuzasi  orqa  tomonga  ingichka 

bo‘yin (collum scapulae) orqali tanaga o‘tadi. 

Kurak  suyagining  Bo‗g‗im  Yuzasi  ustida  tumshuqsimon  o‘siq  (processus 

coracoideus) bo‘rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg‗alarga qaragan Yuzasi (facies 

costalis)  botiqroq  bo‘lib,  kurak  osti  chuquri  (fossa  subscapularis)ni  hosil  qiladi,  ana 

shu  Yuzadagi  bir  necha  g‗adir-budur  chiziqdan  kurak  osti  muskuli  boshlanadi. 

Kurakning  orqa  Yuzasi  baland  qirra  (spina  scapulae)  bilan  ikkita  teng  bo‘lmagan 

qismga bo‘lingan bo‘ladi. 

Qirraning tepasidagi qirra usti chuqurchasi fossa supraspinata, pastki chuqurcha fossa 

infraspinata  deyiladi.  Bu  chuqurchalarga  shu  nomdagi  muskullar  yopishib  turadi. 

Kurakning  baland  qirrasi  lateral  tomonga  davom  etib,  baquvvat  yelka  o‘sig‗i  – 

akromion  (acromion)  bo‘lib  tugaydi.  Ana  shu  o‘siq  uchidagi  Bo‗g‗im  Yuzasi  faeies 

articularis acromialis orqali o‗mrov bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi. 

 

 




Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish