spermatozoid va siydik chiqarish vazifasini bajaradi. Olat uchta g‗ovak tanadan
tashkil topgan. Bittasi (corpus spongiosum) siydik chiqarish kanalining atrofida
bo‘lib, qolgan ikkitasi uning ustida Yonma-Yon joylashgan. Unga corpora cavernosa
deyiladi. G‗ovak tana silliq muskullardan va elastik fibroz to‘qimalardan tuzilgan
bo‘lib, orasida katta-kichik katakchalar mavjud. Erkak olatining taranglashishi va
Yumshashi ana shu katakchalarning qon bilan to‘lib turishi yoki ularda qonning
kamayishiga bog‗liq. Siydik chiqarish naychasi joylashgan g‗ovak tananing prostata
bezi tomonga qaragan qismi piyoz shaklida kengaygan – bulbus penis bo‘lsa,
ikkinchi erkin uch qismi qo‘ziqorin qalpog‗iga o‘xshab olat boshi – glans penis ni
hosil qiladi. Qolgan ikkita g‗ovak tananing oldingi uchi olat boshiga kirib turadi.
1–ostium urethrae externum; 2–glans penis; 3–facies urethralis; 4–corporo
cavernosa penis; 5–fascia penis profunda; 6–crus penis; 7–m. sphincter urethrae; 8–
fascia diaphragmatis urogenitalis inferior; 9–m. transversus perinei profundus; 10–
tuber ischisdicum; 11–glandula bulbourethralis; 12–a. et v. penis; 13–membrana
obturatiria; 14–bulbus penis; 15–m. bulbospongiosus; 16–m. ischiocavernosus; 17–
397
Siydik chiqarish kanali olat boshiga vertikal holatda yoriq – ostium urethrae
externum bo‘lib ochiladi.
Olat terisi uning bosh tomoniga yaqinlashgan sari Yupqalashadi va olat boshiga
yetganda erkin qoplab turuvchi preputium ga aylanadi.
Yorg„oq (scrotum) teri xaltachadan iborat bo‘lib, unda moyaklar joylashadi.
Moyak joylashgan xalta 7 qavatdan iborat.
Yorg‗oq terisi to‘q rangli, Yupqa va nozik bo‘lib, moyli modda va ter ishlab
chiqaruvchi bezlarga boy. Go‘shtdor parda – tunica dartos har qaysi moyakni alohida
o‘ragan teri osti biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Ikkala moyak xaltasi o‘rtada
o‘zaro qo‘shilib, yorg‗oq devorini hosil qiladi. Tashqi urug‗ fassiyasi – fascia
spermatica externa qorin devoridagi muskullarni ustidan qoplovchi fasciyaning
yorg‗oqdagi davomidir. Moyakni ko‘taruvchi muskul fassiyasi – fascia cremasterica
shu nomdagi muskulni qoplab turgan fasciyadan iborat bo‘lib, Chov kanalining tashqi
halqasidan yorg‗oqqa tushadi. Moyakni ko‘taruvchi muskul – m. cremaster qorin
ko‘ndalang muskulidan ajralib, ko‘ndalang-targ‗il muskul parda holida yorg‗oqqa
tushadi, qisqarganda moyakni Yuqoriga ko‘taradi. Ichki urug‗ fassiyasi – fascia
spermatica interna qorin devorining ichki tomonida ko‘ndalang fasciyaning davomi
bo‘lib, moyak va urug‗ tizimchasini o‘raydi.
Moyak g‗ilof pardasi – tunica vaginalis testis qorin (seroz) pardaning bir
qismidan iborat. Bu parda ikki varaqdan iborat bo‘lib, biri moyak ustini o‘rasa,
ikkinchisi yorg‗oq devorini o‘raydi. Bu ikki varaq o‘rtasida hosil bo‘lgan seroz parda
bo‘shlig‗i cavum vaginale deyiladi. Bo‘shliq pardalarini seroz suYuqlig‗i namlab
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: