AMALIY MASHG„ULOT №12
Kalla suyaklarining birlashuvi. Chakka- pastki jag„ bo„limi.Suyak va
bo„g„imlarning rentgen anatomiyasi. Tishli, silliq, tangasimon choklar vositasida
birlashuv. Chakka pastki jag‗ bo‗g‗imining bo‗g‗im Yuzalarini, boylamlari harakati
va ularning tuzilishi va Yoshga qarab o‗zgarishi . Suyak va bo‗g‗imlarning rentgen
anatomiyasi.
Kalla skeletining Yuz qismida tepa tomondan peshona qismi, bir juft ko‘z kosasi
va ular o‘rtasida, pastroqda joylashgan burun bo‘shlig‗ining noksimon shakldagi
kirish teshigi (apertura piriformis nasi) ni ko‘ramiz. Burun teshigining lateral
tomonidan, Yuqori jag‗ning oldingi Yuzasida o‘siq – processus alveolaris va bu
o‘siqda joylashgan tishlar ko‘rinadi.
Ko‘z kosasining lateral devori Yonoq suyagidan iborat. Bu suyak tepa tomondan
peshona suyagi va pastki tomondan Yuqori jag‗ suyaklari bilan chok hosil qilib
birlashib turadi. Yuz qismining pastki bo‘lagini pastki jag‗ suyagi va unda joylashgan
tishlar tashkil qiladi. Pastki jag‗ suyagi kallaning asosiga Bo‗g‗im hosil qilib
qo‘shilgan.
Ch a k k a - p a s t k i j a g‗ b o‘ g‗ i m i (articulatio temporamandibularis,
55). Pastki jag‗ suyagining (mandibula) ikki tomonida Bo‗g‗im o‘sig‗i uchidagi
boshcha bilan Chakka suyaklaridagi Bo‗g‗im chuqurchasi – fossa mandibularis
o‘rtasida hosil bo‘lgan Bo‗g‗im kombinatsiyalangan Bo‗g‗imlar turkumiga kiradi.
Chunki o‘ng va chap tomondagi Bo‗g‗imlar ayni vaqtda birgalikda bir xil harakatni
bajaradi.
276
55. Chakka-pastki jag‗ Bo‗g‗imi (articulatio temporomandibularis). Tashqi
ko‘rinishi.
1–arcus zygomaticus; 2–lig.laterale; 3–lig.stylomandibulare.
Pastki jag‗ning Bo‗g‗im chuqurchasi va boshchalari fibroz tolali tog‗ay bilan
qoplangan. Bo‗g‗im bo‘shlig‗i esa ustma-ust joylashgan fibroz tog‗ay plastinkasi
(disk) – discus articularis bilan ikki bo‘lakka ajraladi. Disklarning chetlari Bo‗g‗im
xaltachasiga mustahkam yopishib ketganligidan bo‘laklar o‘zaro tutashmaydi.
Disklarning ikki cheti baland, o‘rtasi chuqur bo‘ladi. Shu sababli Bo‗g‗im
boshchasi chuqurchaga moslashgan sari pastki jag‗ harakati osonlashadi.
Pastki jag‗ Bo‗g‗imi Yonoq o‘sig‗i – processus zygomaticus orqali pastki jag‗
bilan bo‘yin o‘rtasida tortilgan asosiy boylam (ligamentum laterale), ponasimon
suyak
bilan
pastki
jag‗
oralig‗ida
joylashgan
boylam
– ligamentum
sphenomandibulare, pastki jag‗ bilan Chakka suyagining bigizsimon o‘sig‗i
(ligamentum
stylomandibulare)
oralig‗ida
tortilgan
boylamlar
vositasida
mustahkamlangan. Pastki jag‗ Bo‗g‗imi do‘ngli Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |