O‗mrov osti venasi (v. subclavia) qo‘ltiq venasi (v. axillaris)ning davomi bo‘lib,
narvonsimon muskullar oralig‗idan o‘tib, o‗mrov suyagi bilan to‘sh suyagi qo‘shilgan
joyga kelganda bo‘yindan kelayotgan ichki bo‘yinturuq venasiga (v.jugularis interna)
qo‘shilib, o‘ng va chap yelka-bosh venalarini (v.brachioocephalicae dextra et sinistra)
cubiti; 6 – V.cephalica; 7 – R.anastomoticus; 8 – Fasica antebrachii; 9 – Teri osti venalari; 10 –
V.mediana antebrachii; 11 – V.basilica; 12 – V.basilica; 13 – Integumentum commune; 14 – Fascia
pectoralis; 15 – V.cephalica; 16 – M.pectoralis major; 17 – Clavicula; 18 – Regio infraclavicularis.
Qo‘lda Yuza va chuqur venalar tafovut qilinadi. Yuza venalar teri ostida
(arteriyalarsiz) toq bo‘lib joylashadi. Ular o‘zaro qo‘shilib, vena to‘rini hosil qiladi.
Ammo teri osti venalari orasida quyidagi ikkita asosiy venani ko‘rish mumkin.
tomonidan boshlanib, bilak tomondan Yuqoriga ko‘tarilib tirsak sohasiga kelganda
uning old tomonida joylashgan qo‘shuvchi tirsak venasi (v.intermedia cubiti)
467
vositasida asosiy vena (v.basilica) bilan qo‘shiladi. Shundan so‘ng bosh vena (v.
cephalica) yelkaning sulcus bicipitalis lateralis bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi va yelka
kamari sohasida chuqurlashib fassiyani teshib o‘tib, qo‘ltiq venasiga (v. axillaris)
quyiladi.
A s o s i y t e r i o s t i v e n a s i (v. basilica, 197- rasm) qo‘l panjasining
jimjiloq tomonidagi orqa Yuzasidan boshlanib, bilak oldi Yuzasining medial
tomonidan Yuqoriga ko‘tariladi va qo‘shuvchi vena (v.intermedia cubiti) vositasida
bosh venaga qo‘shiladi. Asosiy vena esa yelkaning ichki Yuzasi bo‘ylab (sulcus
bicipitalis medialis) ko‘tarilib, yelkaning o‘rtasiga borganda chuqurlashadi va yelka
venasiga quyiladi. Tirsakning oraliq venasi (v.intermedia cubiti) bosh va asosiy
venalarga qo‘shilib, tirsak chuqurchasida joylashadi. Amaliyotda bu venadan qon
quyish, dorilar Yuborish uchun keng foydalaniladi. Ushbu venaga kaft va bilakning
old tomonidan Yuza venalar quyiladi.
Qo‘l panjasi hamda bilak va yelkaning chuqur venalari ko‘pincha juft bo‘lib,
arteriyalari bilan birga joylashadi va ana shu arteriyalar nomi bilan ataladi. Qo‘l
panjasi venalari ko‘pincha o‘zaro qo‘shilib, vena chigalini hosil qiladi.
B i l a k v e n a l a r i bir juft bo‘lib, shu joydagi arteriyalarga Yondosh holda
yo‘naladi va shu arteriyalar nomi bilan ataladi. Masalan, bilak venalari (vv.radiales),
tirsak venalari (vv. ulnares) va hokazo. Yelka venalari (vv. brachiales) katta Ko‗krak
muskuli pastida o‘zaro qo‘shilib qo‘ltiq (v. axillaris) venasini hosil qiladi. Qo‘ltiq
venasi qo‘ltiq chuqurchasida shu nomli arteriya (a.axillaris) oldindan Yuqoriga
ko‘tarilib, o‗mrov ostidan o‘tishi bilanoq o‗mrov osti venasi (v.subclavia) deb atala
boshlaydi. Qo‘ltiq venasiga v. thoracoacromialis, v. thoracica lateralis va v.
subscapularis lar ham qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: