TASHQI YONBOSH
ARTERIYASI
Tashqi Yonbosh arteriyasi (a. iliaca externa) a. iliaca communis ning ikkinchi
(a. lilaca interna dan keyingi) oxirgi tarmog‗i bo‘lib, art. sacroiliaca ning ro‘parasida
boshlanadi, qorin seroz pardasining orqa tomonidan pastga tushadi. A. iliaca externa
Chanoq bo‘shlig‗idan lacuna vasorum orqali songa (tashqariga) chiqadi va a.
femoralis bo‘lib, oyoqning pastki qismlariga tarqaladi. A. iliaca externa quyidagi
tarmoqlarga bo‘linadi:
1. M. p s o a s ga mayda tarmoqlar chiqaradi.
2. Q o r i n t e p a s i d a g i p a s t k i a r t e r i y a (a. epigastrica inferior)
Yuqoriga ko‘tarilib, m.rectus ga yaqinlashadi va uning qinini teshib o‘tib, a.
epigastrica superior (a. thoracica interna tarmog‗i) bilan tutashadi.
Oyoq arteriyasi sxemasi.
1 – Aorta abdominalis; 2 – A.lumbalis IV; 3 – A.iliolumbalis; 4 –
A.iliaca externa; 5 – A.glutea superior; 6 – A.circumflexa ilium profunda; 7
– A.glutea inferior; 8 – A.circumflexa femoris lateralis; 9 – A.descendens;
10 – Aa.perforantes; 11 – A.genus superior lateralis; 12 – Rete articulare
genus; 13 – A.genus inferior lateralis; 14 – A.recurrens tibialis anterior; 15
– A.tibialis anterior; 16 – A.malleolaris anterior lateralis; 17 – A.arcuata;
18 – A.plantaris lateralis; 19 – Arcus plantaris; 20 – Aa.digitales dorsales;
21 – Aa.metatarseae dorsales; 22 – A.plantaris medialis; 23 – A.dorsalis
pedis; 24 – A.malleolaris anterior medialis; 25 – A.peronea (fibularis); 26 –
A.tibialis posterior; 27 – A.genus inferior medialis; 28 – A.poplitea; 29 –
A.genus descendens; 30 – A.genus descendens; 31 – A.femoralis; 32 –
A.profunda femoris; 33 – A.circumflexa femoris medialis; 34 –
A.obturatoria; 35 – Rr.spinales; 36 – A.sacralis lateralis; 37 – A.iliaca
interna; 38 – A.sacralis mediana; 39 – A.iliaca communis dextra
A. epigastrica inferior m.rectus abdominis ga qadar fascia transversa bilan qorin
seroz pardasining orasida joylashib, plica epigastrica ni hosil qiladi. A. epigastrica
inferior dan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) rami musculares – qorin muskullariga, to‘g‗ri muskul va uning qiniga, teriga
tarqaladi; b) ramus pubicus qovga tegishli tarmoqlar bo‘lib, lig. lacunare yaqinida
455
a.obturatoria bilan tutashadi. Goho bu arteriya a.obturatoria ning davomi bo‘lib
qoladi; d) a. cremasterica – moyak xaltasining muskul arteriyasi, Chov kanaliga kirib
funiculus spermaticus ga qo‘shiladi va cremaster, yorg‗oqqa tarqaladi. Ayollarda esa
mons pubis va labia majora larga boradi.
3. Yo n b o sh s u y a g i n i o‘ r a b t u r a d i g a n ch u q u r a r t e r i y a
(a.circumflexa – ilium profunda – mm. transversus abdominus internus va m.
iliacus)ni qon bilan ta‘minlashda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |