386
Plevra (pleura) – o‘pkani qoplagan seroz parda. Plevra ikki varaqli bo‘ladi:
uning ustidan o‘rab turgan varag‗i ichki (visceral) yoki o‘pka varag‗i (pleura
pulmonalis), Ko‗krak bo‘shlig‗i devorining ichki tomoniga yopishgan varag‗i
pariyetal (pleura parietalis) varaq deyiladi. Visseral plevra o‘pka to‘qimasiga
yopishib, uning bo‘laklar oralig‗idagi yoriq ichiga ham kiradi. V i s s e r a l p l e v r a
o‘pka darvozasiga kelganda o‘zaro uchrashadi, o‘pka darvozasining pastida plevralar
qo‘sh qavatli boylamni (lig. pulmonale) hosil qilib, pariyetal plevraga o‘tib ketadi. P
a r i y e t a l p l e v r a (pleura parietalis) qovurg‗a (pleura costalis), diafragma (pleura
diaphragmatica) va ko‘ks oralig‗i (pleura mediastinalis) qismlariga ajraladi. Pariyetal
plevraning tashqi Yuzasi Ko‗krak qafasi devoriga yopishib joylashgan. O‘pkalar
uchini plevra gumbazi (cupula pleurae) qoplagan bo‘lib, u birinchi qovurg‗adan 3–4
sm Yuqorida joylashgan. Pariyetal va visseral plevralar orasidagi plevra bo‘shlig‗ida
ma‘lum miqdorda suYuqlik bo‘ladi. Bu suYuqlik plevralarning bir-biriga qaragan
Yuzasini ho‘llab, nafas olish va chiqarishda ishqalanishni kamaytiradi. Plevra
bo‘shlig‗ida (cavitas pleuralis) manfiy bosim bo‘lganligidan Ko‗krak qafasining
germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo‘shlig‗iga havo kirib, o‘pkani ezadi,
natijada nafas olish qiyinlashadi. Pariyetal plevraning diafragma qismi (pleura
diaphragmatica) diafragmaning tepa Yuzasini (perikard yopishgan markaz qismidan
tashqari) qoplaydi. Pariyetal plevraning ko‘ks oraliq qismi (pleura mediastinalis)
to‘sh suyagining ichki Yuzasidan boshlanib, orqa tomonga yo‘nalgan holda umurtqa
pog‗onasining ichki Yonboshidan qovurg‗alarga o‘tib ketadi. O‘ng va chap o‘pka
orasida ko‘ks bo‘shlig‗i (mediastinum) joylashgan. Bu bo‘shliqni orqa tomondan
umurtqa pog‗onasining Ko‗krak qismi, oldingi tomondan to‘sh suyagi, ikki Yon
tomondan ko‘ks oralig‗i plevrasi (pleura mediastinalis), pastdan diafragma, tepadan
Ko‗krak qafasining Yuqori teshigi chegaralab turadi. Ko‘ks oralig‗i kekirdak va
bronxlar vositasida old (mediastinum anterius) va orqa (mediastinum posterius)
qismlarga bo‘linadi. Oldingi ko‘ks oralig‗ida Yurak va uning xaltasi, ayrisimon bez,
aorta ravog‗i, o‘pka arteriyasi stvoli va diafragma nervi joylashgan. Orqa ko‘ks
oralig‗ida qizilo‘ngach, Ko‗krak aortasi, limfa yo‘li, venalar, nervlar bo‘ladi.
1
O‘ p k a v a p l e v r a c h e g a r a l a r i. O‘ng va chap o‘pkaning uchlari birinchi
qovurg‗adan 3–4 sm Yuqorida bo‘ladi, so‘ngra o‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi orqali past
tomonga yo‘naladi. To‘sh suyagining dastasi bilan qo‘shiladigan chegarada
o‘pkaning oldingi chegarasi boshlanadi. Shu joydan o‘ng o‘pkaning oldingi chegarasi
to‘sh suyagining tanasiga parallel holda pastga tomon yo‘nalib, VI–VII qovurg‗aning
tog‗ay qismiga yaqinlashadi va pastki chegaraga o‘tib ketadi. Chap tomonda Yurak
joylashgan. Shuning uchun chap o‘pkaning oldingi chegarasi IV qovurg‗aga
borganda chapga qarab chekinadi va VI qovurg‗aning tog‗ay qismida pastki
chegaraga o‘tib ketadi. O‘pkalarning pastki chegarasi o‗mrov suyagining o‘rtasidan
o‘tkazilgan vertikal chiziqda VI qovurg‗aga, linea mammillaris da VII qovurg‗aga,
qo‘ltiq chizig‗i bo‘ylab IX qovurg‗aga va umurtqa pog‗onasi sohasida XII
qovurg‗aga to‘g‗ri keladi. O‘ng o‘pkaga qaraganda chap o‘pkaning chegarasi bitta
qovurg‗adan pastroqda joylashgan bo‘ladi.
Plevralarning Yuqori, oldingi va orqa chegarasi deyarli o‘pka chegarasiga to‘g‗ri
keladi.
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
387
Pariyetal plevraning bir qismdan ikkinchi qismga o‘tish joylariga o‘pka kirib
turmaganligi sababli u yerda bo‘shliq – sinuslar (recessus pleurales) mavjud.
Jumladan qovurg‗a plevrasining diafragma plevrasiga o‘tish chegarasida recessus
coctodiaphragmaticus bo‘lsa, ko‘ks oralig‗i plevrasining qovurg‗a plevrasiga o‘tish
chegarasida recessus costomediastinalis ni ko‘rish mumkin. O‘pkalar sinuslarga faqat
o‘ta chuqur nafas olgandagina kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: