1–lig. coronarium hepatis; 2–diaphragma; 3–lig. triangulare dextrum; 4–lobus
dexter; 5–vesica fellea (fundus); 6–margo inferior; 7–incisura lig. teretis; 8–lig. teres
hepatis; 9–lig. falciforme hepatis; 10–lobus sinister; 11–appendix fibrosa hepatis; 12–
365
Normal holatdagi jigarning pastki qirg‗og‗i – margo inferior qovurg‗a
ravog‗idan tashqariga chiqmaydi. Jigarning pastki Yuzasi – facies inferior (visceralis)
bir oz orqaga qaragan bo‘lib, unda parallel joylashgan chap va o‘ng sagittal chuqur
egat (fossa sagittalis dextra va fossa sagittalis sinistra) hamda ular o‘rtasida
ko‘ndalang joylashgan (porta hepatis) egatlar bor. Bu egatlar jigarning pastki
Yuzasini o‘ng, chap, kvadratsimon – lobus quadratus va dumsimon lobus caudatus
bo‘laklarga ajratadi. O‘ng sagittal egatning oldingi qismida o‘t pufagi – fossa vesicae
fellea, orqa qismida esa pastki kavak vena egati – sulcus venae cavae inferior
joylashgan. Chap sagittal egatning old qismida (kindik venasi qoldig‗i) jigarning
dumaloq boylami – lig. teres hepatis, orqa qismida esa (embrion davridagi vena
tomirining qoldig‗i) vena boylami – lig. venosum joylashgan. Ko‘ndalang egat jigar
darvozasi – porta hepatis hisoblanib, undan jigarning darvoza venasi – v. portae, jigar
arteriyasi – a. hepatica propria, o‘t yo‘li – ductus choledochus, limfa tomirlari va
nervlar o‘tadi. Jigarning pastki Yuzasi me‘daga (impressio gastrica), yo‘g‗on
ichakning o‘ng burilish qismi ko‘ndalang chambar iChakka, o‘ng buyrak usti beziga
(impressio colica) va intestinum duodenum ga (impressio duodenalis) tegib turadi.
O‘tkir qirra – margo inferior jigarning pastki Yuzasini Yuqori Yuzadan ajratib turadi.
Jigarning orqa Yuzasida qizilo‘ngach izi (impressio oesophagea) uchraydi. Jigarning
Yuqori chegarasi diafragma gumbazining pastki Yuzasiga, ya‘ni IV qovurg‗a
ravog‗iga to‘g‗ri keladi, so‘ng chap tomonda Yuqoriga ko‘tarilib, VII–VIII
qovurg‗alarning tog‗aylari birikkan joyga yetadi. Jigarning orqa tomonidan boshqa
hamma qismi (mezoperitoneal) qorin parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Qorin parda
jigardan qo‘shni a‘zolarga boylamlar hosil qilib o‘tadi. Jumladan qorin pardaning
jigardan o‘n ikki barmoq iChakka o‘tishida jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami – lig.
hepatoduodenale, jigar bilan me‘da o‘rtasida jigar-me‘da boylamlari –
lig.hepatogastricum hosil bo‘ladi. Jigar bilan diafragma o‘rtasida toj boylam –
lig.coranarium hepatis va uning ikki uchida chap va o‘ng uchburchakli boylamlar
lig.triangulare dextrum et sinistrum jigarni ko‘tarib turadi.