Oldingi bo‟yinturuq venasi (v. jugularis anterior) engak ostidagi Yuza
venalardan boshlanib, pastga yo‘naladi, o‘ng va chap tomondagi venalar to‘sh
suyagining tepasidagi bo‘yin fassiyasining chuqur varag‗i (fasciae colli propriae)ni
teshib o‘tib, ular oraliq bo‘shliqda, spatium interaponeuroticum suprasternale da bir-
biri bilan qo‘shiladi va vena ravog‗i (arcus venosus juguli) ni tashkil etadi. Binobarin,
operatsiya paytida vena ravog‗i e‘tibordan chetda qolmasligi kerak. Aks holda
jarohatlangan vena ravog‗idan havo so‘rilib o‘tib, Yurakni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Oldingi bo‘yinturuq venasi vena ravog‗idan pastda tashqi bo‘yinturuq venasiga
quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |