Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, a. axillaris qo‘ltiq osti bo‘shlig‗idan yelkaga
latissimus dorsi ning pastki chegarasi) m. latissimus dorsi bilan m. teres major ning
pastki muskul tutamlari (qirrasi)ni chegaralab turadi. A. brachialis yelka sohasida
sulcus bicipitalis medialis bo‘ylab tirsak chuqurchasiga boradi, bu yerda arteriya
lacertus fibrosus bilan oldindan o‘ralgan bo‘ladi. A. brachialis tirsak chuqurchasida
collum radii (a. radialis a. ulnaris)ga yaqinlashganda ikki arteriyaga bo‘linadi. A.
brachialis sulcus bicipitalis medialis da n. medianus, n. radialis, n. ulnaris, n.
musculocutaneus v. brachialis bilan birga joylashadi. Bir juft yelka venalari a.
brachialis ning ikki tomonidan yo‘nalgan bo‘ladi. N. radialis, n. ulnaris, n.
439
musculocutaneus lar yelka arteriyasining boshlanish qismida birga bo‘lib, keyinchalik
uzoqlashadi. N. medianus yelkaning Yuqorisida, arteriyaning lateral tomonida bo‘lsa,
o‘rta qismiga kelganda a. brachialis ning old tomoniga, so‘ngra arteriyaning medial
tomoniga o‘tib oladi. Yelka arteriyasidan quyidagi tarmoqlar ajralib chiqadi:
1. A. b r a ch i a l i s yelka muskullariga rami musculares tarmoqlarini beradi.
Arteriya poyasidan yelka suyagiga bir qancha mayda shoxcha aa. nutriciae humeri lar
ham chiqadi.
2. Y e l k a n i n g ch u q u r a r t e r i y a s i (a. profunda brachii) yelka
arteriyasidan chiqib n. radialis bilan birga canalis humeromuscularis dan yo‘nalib bir
qancha tarmoqlarga bo‘linadi: a) aa. diaphyseos humeri – yelka suyagiga boradigan
arteriya yelka suyagini qon bilan ta‘minlaydi; b) a. collateralis media o‘rtadagi Yon
arteriya, m. triceps brachii o‘rtasidan o‘tadi va a. interossea recurrens (bilak
arteriyasining tarmog‗i) bilan anastomozlashib rete articulare cubiti ni hosil qilishda
qatnashadi; d) a. collateralis radialis bilak suyagi tomonidagi Yon arteriya – septum
intermusculare laterale ni teshib, sulcus cubitalis anterior lateralis tomonga boradi. A.
recurrens radialis (a. radialis ning tarmog‗i) bilan anastomozlashib, yelkaning uch
boshli muskuliga tolachalar beradi va rete articulare ni hosil qiladi.
3. T i r s a k s u y a g i t o m o n i d a g i u s t k i y o n a r t e r i y a (a. collateralis
ulnaris superior) yelkaning o‘rta qismidan chiqib n. ulnaris bilan birga septum
intermusculare medialis ostidan epicondylus medialis orqa tomonga keladi va a.
recurrens ulnaris posterior (a. ulnaris) tarmog‗i bilan anastomozlashadi.
4. A. c o l l a t e r a l i s u l n a r i s i n f e r i o r tirsak suyagi tomonidan o‘tgan
pastki Yon arteriya, yelka arteriyasining distal bo‘lagidan chiqib, a. recurrens ulnaris
anterior (a. ulnaris) bilan anastomozlashadi. A. collateralis ulnaris inferior qo‘shni
muskullarga tolalar beradi, septum intermusculare mediale ni teshib o‘tib, rete
articulare cubiti ni hosil qilishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: