Ko„krakning katta muskuli (m. pectoralis major) o‗mrov suyagining medial
qismi (pars clavicularis)dan, to‘sh suyagining dastasidan, II–VII qovurg‗alarning
tog‗ay qismi (pars sternocostalis) va qorin to‘g‗ri muskuli qinining oldingi devori
(pars abdominalis)dan boshlanib, yelka suyagi katta do‘mbog‗ining g‗adir-budur
qirrasi (crista tuberculi majoris)ga yopishadi. Bu muskul deltasimon muskuldan
deltasimon Ko‗krak egati bilan ajraladi.
F u n k s i y a s i. Yuqoriga ko‘tarilgan qo‘lni pastga tortadi va Ko‗krakka
yaqinlashtiradi. Pastga tushirilgan qo‘l esa ichkariga buriladi. Qo‘l qimirlamagan
paytda qovurg‗alarni ko‘tarib, nafas olishga yordam beradi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. pectorales lateralis et medialis (CV–VIII)dan.
Qon tomirlari: a. thoracoacromialis, aa. intercostales posteriores, a. thoracica
lateralis, rr. intercostales anteriores.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |