Toshkent shahar


Dars turi: noan’anaviy. Darsning borishi



Download 347 Kb.
bet3/3
Sana14.07.2021
Hajmi347 Kb.
#119326
1   2   3
Bog'liq
qaratqich kelishigi(Dars ishlanma)

Dars turi: noan’anaviy.

Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.

Salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havoni so’rash, darsga tayyorgarlikni nazorat qilish.Til haqida suhbat.



O’qituvchi: Qani, bolalar, aytinglarchi O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

O’quvchi:-1989 yil 21 oktabrda qabul qilingan.

O’qituvchi: Bu yil necha yil to’ladi?

O’quvchi:-30yil.

O’qituvchi: yod olgan she’rlaringizdan aytib beringlarchi?.

1.O’quvchi:

Ona tilim, jonu dilim


Mening fahrimsan
Ona tilim yuragimda
Jo`shgan mehrimsan

Ona tilim sendan o`zga


Tillar menga yot
Ona tilda so`zlasam gar
Ko`ngil bo`lar shod

2. O’quvchi:

O’zim o’zbek ,so’z im o’zbek


O’zbekdir tilim
O’zbek tilda so’zlaydi
Mening hur elim 

Hech qachon yo’qolma


O’zbekning tili
O’zbek tilda so’zlasa gar
Shod o’zbek dili

3. O’quvchi:

O’zbeklarga ajdodlardan


Bu til merosdir
Bu tilda so’zlashish
O’zbekka hosdir.

Dunyoga mashxur bo`l


Ey o`zbek tilim
O’z tilini sotmaydi
Mening hur elim

O’qituvchi: Konstitutsiyaning qaysi moddasi til haqida?

O’quvchi: - 4- modda. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
Endi ,bolalar, darsimizning “Oltin qoidalari”ni ishlab chiqamiz.


  • Intizomli bo’lish.

  • O’zaro hurmat.

  • Faol qatnashish.

  • Hamkorlikda ishlash.

  • Do’stlar fikrini qadrlash.

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

  • Izlanuvchanlik.

  • Imkoniyat.


B aholash tartibi o’quvchilarga tushuntiriladi. Gul bandi yopishtirilgan varog’lar tarqatiladi, har bir berilgan savolga javob bergan o’quvchi gul yaprog’I bilan taqdirlanadi. O’quvchilarning o’zlari gul yapro’gini gul bandiga yopishtirib chiqadi. Har bitta yaproq “1ball” hisoblanadi. Dars so’ngida hisoblashadi.
II.Asosiy qism
1). O’tilgan mavzuni so’rash. Uy vazifasini tekshirish

Klaster usuli” orqali uy vazifasi so’raladi.



“Egalik qo’shimchalari

Shaxs

Birlik sonda

Ko’plik sonda

I

Oila+ m

Kitob+ im

Oila+ miz

Kitob+ imiz

II

Oila + ng

Kitob + ing

Oila + ngiz

Kitob + ingiz

III

Oila + si

Kitob + i

Oila + si

Kitob + lari


Gap tuzish.

Birlik sonda

1. Mening oilam katta. Mening kitobim juda qiziqarli.

2. Sening oilangda necha kishi bor? Sening kitobing menga yoqdi.

3. Uning oilasi ahil. Uning kitobi kichkina.

Ko’plik sonda

1. Bizning oilamiz katta. Bizning kitobimiz juda qiziqarli.

2. Sizning oilangizda necha kishi bor? Sizning kitobingiz menga yoqdi.

3. Ularning oilasi ahil. Ularning kitobi kichkina.

2). O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Bilimingizni tekshiring.


3) Yangi bilimlarni o’zlashtirishga tayyorlash.

Samol va chaqmoq” o’yini o’tkaziladi.

Egalik qo’shimchalari ishtirokida so’zlar aytiladi. – ning qo’shimchasi ishtirokidagi so’zlar bilan chalg’itiladi.

O’qituvchi: Qaratqich kelishigidagi so’z qanday so’roqqa javob bo’ladi ?

O’quvchi:- Kimning?, nimaning?

4). Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu rasmli ko’rgazmalar asosida tushuntiriladi.

Masalan: avval kitob ko’rsatiladi, so’ng varog’i ko’rsatilib, varog’ nimaga tegishli ekanligi uqtiriladi.

Darslik bilan ishlash.

4- topshiriq. Suhbat matni o’qib o’rganiladi.



Yodda tuting!

Qaratqich kelishigidagi so’z ba’zan – ning qo’shimchasini olmasdan, ya’ni belgisiz ham qo’llanadi. Bunda umumiy xoslik, tegishlilik ma’nosi ifodalanadi. Ammo olmoshlar va atoqli otlar doim –ning qo’shimchasi bilan, ya’ni belgili qo’llanadi. M: mening do’stim – inson qalbi, dononing ukasi – deraza oynasi.

To’g’ri talaffuz qiling!

Tong

Bong

Singil

Bodring

Mening

Anvarning

Qalamning

Uyning

Tishining

Barchasining

Ishimizning

Qo’lingizning


Muomala odobi

-Xo’p.

-Fikringizga qo’shilaman.

-Hozir.

-Albatta.

-Roziman.

-Mayli.

-Xo’p bo’ladi.

-Aytganingizni bajaraman.

-Menga ma’qul


5-mashq. So’z va so’z birikmalarini to’g’ri joylashtirib, gaplar tuzing.

1. O’zbekiston – mening jonajon o’lkam.

2. Bizning sinfimiz o’quvchilari ahil.

3. Maktabning bo’gi katta va korkam.

4. Bizning uyimiz katta suv yoqasida joylashgan.

Mashq bajarilgandan so’ng quyidagi daqiqa otkaziladi.

Jismoniy daqiqa

Yursak gulzor bog’ bo’lsin

Ko’kragimiz tog’ bo’lsin .

Istiqlolga boshlagan

Yurt boshimiz sog’ bo’lsin.

O’saversin bo’yimiz

Tinchlik orzu uyimiz,

Bu dunyoda bor bo’lsin

O’zbekiston uyimiz.




5). Yangi mavzuni mustahkamlash. Fikrlar umumlashtirilib muhokama qilinadi.


5- topshiriq. Chin do’st matni o’qib, lug’at diktant asosida mazmuni o’rganiladi.

Lug’at

Saboqdosh –

Juda yaqin do’st –

Bo’yoqchi –

Mirzaboshi –

Chechak –

Samimiy –

Sodiq do’st –

G’arib –

Asrandi –

Emlamoq -



6 ) Fanlararo bog’lanish.
Misol yechimidagi sonlardan alifbo tartibidagi harflarni topishadi.

So’ng hosil so’zdan so’z o’yini olib boriladi.

Yechimdan “Maqol” so’zi kelib chiqadi, do’stlik haqidagi maqollar bilan o’yin davom ettiriladi.

Yaxshi do’st – tuganmas xazina.

Do’st do’stni kulfatda sinar,

Odam odamni mehnatda sinar.

Do’stingni yomonlagandan qoch.

Yangi do’st orttirsang, eskisidan yuz o’girma.

7).RAG’BATLANTIRISH.

Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanib, rag’batlantiriladi.



8). Uyga vazifa.

6-mashq. Rasm asosida matn tuzish. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.

9). Darsni yakunlash.


Download 347 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish