Toshkent shahar
Yunusobod tumani
327-maktab informatika
fani o`qituvchisi
Abdullayeva Gulnozaning
1-soatlik ochiq dars ishlanmasi
5- sinf
Mavzu:Paint uskunalar paneli va undan foydalanish
Sana:
Sinf: 5
Mavzu: Paint uskunalar paneli va undan foydalanish
Dars ta’limiy maqsadi: Paint dasturining uskunalar paneli va undan foyidalanish
ko’nikmasini hosil qilish.
Dars tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda borliqni anglash va ulardan oqilona foyidalanish.
Dars rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarda tezkorlik va dunyoqarash boyligini o’stirish
Usul: kichik guruhlarda ishlash.
Metod: Interfaol metodlar (Aqliy hujum, Blits, Min-max, BBB jadvali)
Jixoz: Darslik, mavzuga oid ko’rgazma, kompyuter sinfi, ragbatlantiruvchi kartochka,
T/r
|
Bosqichlar
|
Metod
|
Vaqt
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
Min-max
|
3
|
2.
|
O’tilgan mavzu so’rash.
|
Savol-javob
|
7
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni.
|
Aqliy hujum
|
12
|
4.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Kim topqir.
|
15
|
5.
|
Baholash.
|
Rag’bat
|
5
|
6.
|
Uyga vazifa
|
Ijodiy ish
|
3
|
Tashkiliy qism:
Psixologik iqlim yaratish, Xonaning sanitariya - gigiyena talablari, o’quvchilarning sog’ligini aniqlash, davomot, o’quvchilarni fanga yunaltirish. Kichik guruhlarga bo’linish. Guruhlarni nomlash tenglikni ta’minlash.
-
Xorazmiy 2. Beruniy.
3. Kamoliddin Behzod
O’quvchilarni fanga yunaltirish qismida fan yangiliklari va qiziqarli ma’lumot aytib o’quvchilarni darsga tayyorlaymiz.
O’tilgan mavzuni so’rash:
Ushbu bosqichda o’quvchilar yosh doirasidan kelib chiqqan holda ularga tezkor savol-javob qilish orqali o’tilgan mavzu so’raladi.
-
Qanday dastur grafik muharrirga misol bo’la oladi?
-
Palitra nima (Палитра)?
-
Paint ishchi maydoni haqida ma’lumot bering?
-
Qadimgi bebaho merosimiz haqida gapiring?
-
Rassom kim?
-
Paint dasturini ishga tushirish tartibini ko’rsating.
-
….
Darslikdagi 42 betdagi 1-mashq jadval tahlili.
Yangi mavzu bayoni:
Aqliy hujum metodi asosida o’quvchilarga yangi mavzu nomi va ushbu mavzu doirasida muzokara o’tkaziladi.
Yangi mavzu nomi anagramma asosida aniqlanadi.
PAINT USKUNA PANEL
Bayon: Paint dasturi oynachasida uskunakalar paneli mavjudligi avvalgi darslardan sizga ma’lum. Uskunalar panelida 18 ta kichik piktogrammalar joylashgan bo’lib, har birining o’z vazifasi mavjud. Ulardan foyidalanishdan oldin har bir uskuna bilan alohida tanishib o’tamiz.
-
To’g’ri to’rtburchak shaklida belgilash.
-
Ixtiyoriy shaklda belgilash.
-
O’chirg’ich.
-
Yopiq sohana belgilash.
-
…
Eslatma: Uskunalar panelidagi kerakli uskundan foyidalanish uchun “sichqoncha” ko’rsatkichi ko’zlagan uskuna ustiga olib boriladi va uning chap tugmasi bosiladi. “Sichqoncha” yurgichi ish maydoniga ko’chiriladi va “sichqoncha”ning chap tugmasi bosilgan holda rasm chiziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun hamma kompyuterga yuzlashadi va tasvirda ko’rsatiladigan amallarni bajaradi. Topshiriqni o’qituvchi bajaradi so’ngara o’quvchilar o’zlari mustaqil bajarishga kirishadi. Hamda darslikdagi rasmlar va mashqlarni mustaqil bajarishga kirishadi. (Mashqlar: 1-2 )
Misol:
….
Baholash. Ushbu qismda o’quvchilarning mustaqil ish bajarishlari va darsdagi faolligi inobatga olinib ularga 5 ballik reyting tizimi asosida ragbat kartochka beriladi.
…
1 2 3
5 ball (Fa’oll ishtirokchi va guruhga).
4 ball (Nisbatan fa’oll ishtirokchi va guruhga).
3 ball (nofa’oll (passiv) ishtirokchi va guruhga ).
….
Uyga vazifa: Darslikdagi 47 bet 3-4 mashq
Uyga vazifani bajarish tartibi tushuntiriladi .
Misol: 3-mashqdagi “Foyidali mevalar” mavzusida olma rasmi chizilish tartibi ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |