Toshkent shahar
Yunusobod tumani
327-maktab informatika
fani o`qituvchisi Abdullayeva Gulnozaning 1-soatlik ochiq dars ishlanmasi
9- sinf
Mavzu:Paskalda fayllar bilan ishlash
Sana :
Sinf:
Mavzu: Fayllar bilan ishlash
Dars ta`limiy maqsadi:
O’quvchilarda tashqi xotirada matnli fayllar hosil qilish va ularga ma’lumotlar yozish, ma’lumotlarni fayldan o‘qish ko’nikmasini shakllantirish.
Dars tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga masuliyatli bo`lishni va kasbga mehrli bo`lishni o`rgatish
Rivojlantiruvchi maqsadi: Amaliy ishlar bajarib mavzuni mustahlamlash
Dars turi: noananaviy
Dars metodi : aralash ( klaster ,ven diogrammasi,o`yin)
Dars jihozi: tarqatmalar , ko`rgazmalar,slayd,ballar sistemasi ranglari.
Darsning borishi :
-
Salomlashish (1 minut)
-
Navbatchini aniqlash , davomadni aniqlash ( 2 minut)
-
Ballar sistemasi bilan tanishtirish (2 minut)
O`quvchilarni baholash uchun Paskal dasturlash tilidagi ranglar majmuyidan foydalanamiz
1 –ball
1- ball
|
2-ball
|
3-ball
|
4-ball
|
5- ball
|
|
|
|
|
|
O`quvchilar ko`kragiga jurnaldagi raqami ilib qo`yiladi
O`quvchilar darsga kelganligi ,darsliklar mavjudligiga 1-ballni tahtachaga ilib qo`yiladi .
4. Uy ishini tekshiriladi va o`quvchilarga rangdagi ikkinchi ball ilib qo`yiladi ( 2 minut)
Savol javoblar o`tkazish ( 13 minut)
Uchinchi ballni ishlab olish uchun o`tgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. Navbatchi o`quvchi jismoniy salohiyatini ishga solib ikki o`quvchini tanlab beradi.Shar ichga o`quvchilar guruhlab yozib qo`yilgan b`oladi. Igna yordamida ikki o`quvchi raqami yozilgan sharni yoradi. Tanlanga o`quvchilar uyga vazifani Pasklal dasturida bajarib natija oladilar . Yana ikki o`quvchi Word dasturida chiziqli dastur blok –sxemasini chizadilar. Qolgan o`quvchilar bilan “operatorlar ” oyini oynaladi.
Put Pixel
Line
Circle
Ellips
Fille Ellipse
Bar
Draw Poly
Rectangle
SetFilleStayle
Fill Poly
SetBkColor
Uses Graph
Internetdan olingan ma`lumotlar bilan tanishish . Kompyuterda bajarilgan ishlar natijasini izohlash.
Navbatdagi ballni olish uchun turli uslublardan foydalanib savol-javob qilinadi. Ikki o`quvchi Paskal dasturida ish bajaradi. 1. Ekran markazida radiusi 40 ga teng aylana hosil qilish 2. Ekran markazida perpendikulyar to`g`ri chiziq chuzuvchi dastur tuzish .
Ikki o`quvchi “Ven diogrammasi” da ishlaydi , ikki o`quvchi tartibsiz operatorlarni tartibli qilib joylashtiradi , ikki o`quvchi krossvord yana ikki o`quvchi klaster kabi usullardan foydalanadilar.
1. Ven diogtammasi
Bu shartda o`quvchilar ikki aylana tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturning umumiy operatorlarini yozib chiqadilar
Bu qismiga esa umumiy bo`lmagan operatorlarni yozib chiqadilar
begin
Uses Graph;
2
Circle(360,240,40);
Var Gd,gm :integer;
Init graph(gd,gm,’’);
Gd:=Detect;
Readln;
Close Graph;
End.
Tartibsiz joylashtirilgan
dasturni tartibli
joylashtirish
3Klaster usulidan foydalanish
.
Qolgan o`quvchilar bilan “uchinchisi ortiqcha” o`yini o`ynaladi.
-
FOR
-
IF
-
THEN
1.USES GRAPH
2.FOR
3. DO
1.INTEGER
-
REAL
3.BEGIN
1.BOOLEAN
2. FALSE
3.CIRCLE
1.
1. RECTANGLE
2.BEGIN
3.BAR
.
1.WORD
2.EXCEL
3 PASCAL
1.REPEAT
2.UNTIL
3ELSE
1.MONITOR
2.FLESHKA
3.CD
Qo`shimcha Kompyuter va insonning majoziy ma`nodagi o`xshshligini ingliz tilida ko`rsatib berishlari so`raladi .
Yangi mavzu bayoni: (8 minut)
Slayd yordamida mavzuni tushuntirish
Bu darsda o‘zgaruvchilarning yangi turi – fayl turdagi o‘zgaruvchilar (faylli o‘zgaruvchilar) kiritiladi. Shu sababli savol-javob usulida o‘zgaruvchilarning turlari esga olinadi. Jadval ko’rinishdagi miqdorlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Jadval ko’rinishdagi miqdorlar birdan ortiq qiymatga ega bo’lishi mumkinligi ta’kidlanadi. Fayllar ham katta hajmdagi axborotni o‘zida saqlaydi. Jadvallardan farqli o‘laroq, fayllar tashqi xotirada saqlanib, har xil turdagi miqdorlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Fayllar turi aniqlangan yoki turi aniqlanmagan bo’lishi mumkin. Turi aniqlangan fayllar bir xil turdagi miqdorlardan tashkil topadi. Turi aniqlanmagan fayllar har xil turdagi miqdorlardan tashkil topishi mumkin. Fayllar bilan ishlash uchun Paskalda faylli o‘zgaruvchilar qo’llaniladi. Sonli o‘zgaruvchining qiymati son, satrli o‘zgaruvchining qiymati satr bo‘lgani kabi, faylli o‘zgaruvchining qiymati fayl bo‘ladi. Faylli o‘zgaruvchilar Paskalning boshqa turdagi o‘zgaruvchilari singari tavsiflanishi kerak. Buning uchun file xizmatchi so’zidan foydalaniladi. Masalan,
Var fayl1: File; {fayl1- turi aniqlanmagan fayl }
fayl2: File of Char; {fayl2-belgilardan tashkil topgan ( turi aniqlangan) fayl}
Paskalda matnli fayllar alohida o‘rin tutadi. Matnli fayllar har xil uzunlikdagi satrlardan iborat bo‘ladi. Bunda satr uzunligi 256 ta belgidan oshmasligi lozim. Matnli fayllarni tavsiflash uchun maxsus Text xizmatchi so’zi qo’llaniladi. Masalan,
var fmatn : Text; {fmatn – matnli fayl}
Fayllar bilan ishlash uchun Paskalda quyidagi amallarni bajarish lozim:
-
Fayl turli o‘zgaruvchini tashqi xotiradagi fayl bilan bog‘lash;
-
Faylni “o‘qish” yoki “yozish” uchun ochish;
-
Fayldagi ma’lumotlarni o‘qish yoki faylga ma’lumotlarni yozish;
-
Faylni yopish.
Faylli o‘zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan Assign operatori yordamida bog‘lanadi. Masalan,
Var f:Text;
Begin
Assign(my_file,‘C:\TEXT\DATA.TXT’);
End.
Dasturda my_file o‘zgaruvchi “C” diskning “TEXT” katalogida joylashgan “DATA.TXT” fayli bilan bog’landi. “C:\TEXT\DATA.TXT” yozuv – faylning to’liq nomini anglatadi. Agar kerakli fayl joriy katalogda, ya’ni dastur bilan bitta katalogda bo’lsa, yuqoridagi dasturni quyidagicha yozish mumkin:
Var f:Text;
Begin
Assign(f,‘DATA.TXT’);
End.
Fayldagi ma’lumotlarni o‘qish yoki unga ma’lumotlar yozish uchun faylni ochilishi zarur. Matnli fayllarni bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham yozish uchun ochib bo’lmaydi. Bu darsda fayllarni yozish uchun ochish va unga ma’lumotlar yozish darslikda keltirilgan misollar yordamida ko’rib chiqiladi.
O‘quvchilarga quyidagicha muammo qo’yiladi: Agar tashqi xotirada mavjud bo’lgan faylning davomiga ma’lumotlar qo’shish zarur bo’lsa nima qilish kerak? Muammoning sababi nimada? Dasturlashda qanday imkoniyat bo’lsa, bu muammo vujudga kelmaydi?
Muammoning sababi: Rewrite operatori tashqi xotirada ko’rsatilgan nomli yangi fayl hosil qiladi va uni yozish uchun ochadi. Agar shu nomli fayl tashqi xotirada avvaldan mavjud bo’lsa, u o‘chib ketadi. Dasturda tashqi xotiradagi faylni o‘chirib yubormasdan yozish uchun ochish imkoni bo’lganda bunday muammo kelib chiqmasdi. Paskalda shunday imkoniyatni Append operatori beradi. Darslikda keltirilgan misol tahlil etilib Append operatorining ishlashi tushuntiriladi.
Familiyangiz, ismingiz va yoshingizni saqlaydigan “fio.txt” faylini hosil qiluvchi dastur tuzing. Dastur quyidagicha bo’lishi mumkin:
Var fam, ism : String;
yosh : Integer; f : Text;
Begin
Assign(f, ‘fio.txt’); Rewrite(f);
Write(‘Familiyangiz : ’); ReadLn(fam); Write(‘Ismingiz : ’); ReadLn(ism);
Write(‘Yoshingiz : ’); ReadLn(yosh); WriteLn(f,fam);
WriteLn(f,ism); WriteLn(f,yosh);
Close(f);
End.
Endi hosil bo’lgan “fio.txt” faylidagi ma’lumotlarni ekranga chiqaruvchi dastur tuzamiz. Buning uchun yuqoridagi dasturdan foydalanib, unga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritamiz:
-
“fio.txt” faylini yozish uchun (Rewrite) emas, o‘qish uchun (Reset) ochamiz;
-
ma’lumotlarni faylga yozish (WriteLn) o‘rniga o‘qish (ReadLn) operatorini ishlatamiz.
Dastur quyidagicha bo’lishi mumkin:
Var fam, ism : String;
yosh : Integer;
f : Text;
Begin
Assign(f, ‘fio.txt’); Reset(f);
ReadLn(f, fam); ReadLn(f, ism); Read(f, yosh);
Close(f);
WriteLn(fam); WriteLn(ism); WriteLn(yosh);
End.
Dasturni tahlil qilib, o‘quvchilarga faylni o‘qish uchun ochish (Reset), fayldan ma’lumotlarni o‘qish (Read va ReadLn) operatorlari va ularning vazifalari tushuntiriladi.
Quyidagicha savol-muammo qo’yamiz: Agar faylda qancha ma’lumot (necha satr yoki nechta sonli qiymat) borligi malum bo’lmasa nima qilish kerak? Dasturlashda qanday imkoniyat bo’lsa, bu muammo vujudga kelmaydi? Dasturda fayldagi ma’lumotlar tugaganini aniqlash imkoniyati bo’lsa bunday muammo kelib chiqmaydi. Paskalda shunday imkoniyatni eof (End Of File) funksiyasi beradi. U mantiqiy funksiya bo’lib, fayldagi malumotlar tugagan bo’lsa “rost” qiymat qabul qiladi.
Eof funksiyasidan foydalanib yuqoridagi dasturni quyidagi ko’rinishga keltirish mumkin:
Var satr : String;
f : Text;
Begin
Assign(f, ‘fio.txt’); Reset(f);
Repeat
ReadLn(f, satr);
WriteLn(satr);
Until eof(f);
Close(f);
End.
Mavzuni mustahkamlash ( 5minut)
Oxirgi ball amali ish uchin beriladi .
Darslikdagi 1- masalani kompyuterda Paskal dasturi yordamida bajarish va tashqi hotirada “Sh’er” nomli fayl hosil qilish
Darsni yakunlash (2 minut)
Kundalikka uyga vazifani yozib qo`yish , to`plangan ballarni kundalikka
qo`yish
Uyga vazifa: Darslikdagi 3- masala dasturini tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |