Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi mavzu



Download 93 Kb.
Sana09.06.2017
Hajmi93 Kb.
#10784


TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

MALAKA ISHI

Mavzu: Fitrat-birinchi o’zbek professori.

Bajardi: Toshkent shahar, Uchtepa tumani,

197-maktabning ona tili va adabiyot o`qituvchisi



Ahmadaliyeva Shahnoza.

Malaka ishi rahbari: F.S.Muhamedova.


Toshkent - 2015 yil




REJA:

I.Kirish

Ma’naviy merosimiz

II.Asosiy qism:

1.Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.

2. A.Fitratning hayot va ijod yo’li.

3.Fitrat lirikasi .

4. Fitrat- buyuk dramaturg.

III.Xulosa.

O’z tarixini bilmaydigan ,kechagi kunni unitgan



millatning kelajagi yo’q”.

I.A.Karimov.
Ma’naviy merosimiz.

Biron- bir jamiyat ma’naviy inkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.

Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan ablodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho madaniy va ma’naviy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.

Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.

Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’ztaqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi.

Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy Uyg’onishing yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan vat inch-totuv yashagan markaz bo’lib keldi.

Etnik sabr-toqat, bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo’lgan davlatchilik an’analarini avaylab qabul qilganlar.

Bugun biz tarixiy bir davrda- xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib , tinch- osoyishta hayot kechirayotgan, avvalombor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqoralik jamiyati qurish yo’lida ulakan natijalarini qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yahsyotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayogan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani- bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan bahsriy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.

Hech kimga sir emaski, biz o’qigan davrda maktabda ham oily oily o’quv yurtlarimizda ham sobiq ittifoq tarixini o’rganar edik. Vaholanki, osha paytda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tibor berish mumkin edi. Biz tarix darslarida buyuk sarkarda Amir Temur siymosida “kallakesar”, “vahshiy qonxo’r” ,”bosqinchi” sifatida o’rganar edik. Milliy g’ururimiz, insoniy sh’animiz, urf- odatlarimiz toptalib, ulug’ ajdodlarimizning o’lmas meroslarini yaxhsi tanimas ham edik. O’zbekistonni dunyoning boshqa davlatlari tan olmasdi, dono, mehtankash xalqimiz esa ta’na- malomatlarni boshdan kechirdi.

O’tgan davr mobaynida eski tuzumdan og’ir meros bo’lib qolgan ana shunday illatlarga, el- yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham berish, ko’hna qadriyatlarimiz, din-u diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo’lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o’z oldimizga qo’ygan olijanob maqsadlarga yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va sgu asosda ish olib boorish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo’lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash lozim.

O’rta Osiyo muhitida jamoa, mahalla bo’lib, bir- biraga mehr – oqibatli bo’lib yahsaydigan insonlar, davr qanchalik o’zgarmasin, tarix sinovidan o’tgan o’z qadriyatlariga sodiq bo’lib yashsashni ma’qul ko’rar ekan, buni zamonaviy fikrlaydigan, dunyoga teran nazar tashlaydigan odam to’g’ri tushunishi, tan olishi va uni xurmat bilan qabul qilishi lozim.

Dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, byo’sindirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalombor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.

Shuni aytib o’tish joizki, ota-onalar, biz ustozlar bu masalada hushyorlikni yo’qotmasligimiz, o’quvchi-yoshlar tarbiyasida also beparvo bo’lmasligimiz zarur.

Ma’naviyatimiz yuksak bo’lishi uchun, birinchidan kishi o’zligini anglashi kerak. Ikkinchidan, o’tmishimizni bor holicha o’rganishimiz zarur, ya’ni Muhammad al –Buhoriy, Iso at- Termiziy, Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-

Fag’oniy, Burxoniddinal-Marg’iloniy, Mahmud as-Zamahshariy, Ahmad Yassaviy kabi yuzlab mutafakkirlarning asarlarini o’quvchilaga o’rgatishimiz lozim. Uchinchidan, ma’naviyatni belgilovchi, bildiruvchi mezon, bu dunyoqarashdir. Yurtboshimiz aytganlaridek, biz o’quvchi- yoshlarimizni g’ururli qilib tarbiyalashimiz zarur.

Davlatimiz mustaqilikka erishgan dastlabki yillardanoq ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berib,u kelajagimizning hal qiluvchi omili ekanliigi yuksak darajada e’tirof etildi. Insonning ma’naviy dunyosini osonlikcha tuzatib bo’lmaydi. Uni shakllantirish uchun yillar davomida sabr-toqat bilan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish, amaliy chora- tadbirlar, hayotiy o’zgarishlar joriy etish kerak bo’ladi.


Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.

Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximizga bo’lgan e’tibor kuchaydi.Ayniqsa,istiqlol tufali qaror topgan,hurfikrlik sharoitida haqqoniy tariximizni tiklash va uni holisona tahlil etish davr talabiga aylangan,bugungi kunda oshkoralik yuzini ko’rishga va tuxmat tamg’alaridan xalos bo’lishga musharraf bo’lgan yaqin o’tmishimiz XIX asr oxiri va Xxasrdagi milliy taraqqiyparvarlik harakati bo’lgan –jadidchilik haqida to’xtalib o’tsak.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Fidoiy jadidlarimiz hayoti biz uchun o’rnak, yoshlarni istiqlol,vatanparvarlik,millatparvarlik ruhida o’rganish zarur.

Mustaqillik yillarida jadidchilik bo’yicha juda ko’plab tadqiqotlar olib borildi.Tarixchi,faylasuf,adabiyotshunos tadqiqotchilar jadidchilik harakati va uning namoyondalari faoliyati haqida ko’plab kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar yaratdilar.Bularning qatorida Ozod Sharafiddinov,Begali Qosimov,Naim Karimov,Dilorom Aliyeva,Hamidulla Boltaboyev va boshqalar nomini keltirib o’tish zarur.

Jadidchilik harakati vujudga kelishi,uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati to’grisida to’xtalib o’tsak.Jadidchilik ma’rifatarvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar bo’lgan murakkab-rivojlanish yo’lini bosib o’tdi.Jumladan,XIXasr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati,xalqning og’ir iqtisodiy ahvoli,jahonning taraqqiy etgan mamlaktlaridan iqtisodiy jihatdan ortda qolishi,madaniy qoloqlik,ijtimoiy ongdagi turg’unlik-jadidlarni jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib,tezlikda bu holatdan chiqish yo’llarini izlab topishga chorladi.

Turkiston o’lkasi bu davrda chor imperiyasining asosiy xom ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirib,o’zining barcha tabiiy boyliklar,xususan, paxta va ipak bilan metropoliyani ta’minlab turgan.

Jadidlar o’zlarini “milliy taraqqiyparvarlar” deb atagan.Ular o’z davrining oliy ma’lumotli kishilari edi.Ularning ko’pchiligi talaba yoshlar edi.Ular Evropa, Rossiya, Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo’ladilar va taxsil ko’radilar.

Jadid “termini,”usuli –jadid “(yangi usul) tushunchasidan iborat bo’lib,g’arb namunasidagi yangicha usuldagi o’qitishga asoslangan edi.Jadidchilik ma’rifatparvarlik g’oyasidan rivojlanib borgan.Shu bilan birgalikda,jadidlar eski ijtimoiy va siyosiy tizim taraqqiyotining ilg’or shaklni o’zgartirishga intilganlar.Yana ular o’zlarining asosiy vazifasi sifatida yangi tizimdagi ta’limni yaratishni ko’rdilar va bor kuchlarini shu islohatni amalga oshirishga sarfladilar.Turkiston jadidlarini birlashtirishda “Jadidlarning rahbari” deb tan olngan Mahmudxo’ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo’ldi.



Insoniyat tarixida daho san’atkorlar bo’lganki ular o’z hayotini,ijodini,fikru zakovatini xalqining buungi turmushini yaxshilashga,ertangi kunini charagon qilishga bagishlaganlar.Darhaqiqat,bir qancha millatparvar adiblar qatagon tufayli ma’naviyatimiz tarixidan yulib olinganligiga qaramay,ular merosini o’rganishi,asarlarida ko’tarilgan ma’naviy –axloqiy muammolarni tadqiq qilish bugungi Istiqlol sharoitida ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan.Zero,ular ijodining mohiyati jamiyat va millatni millat qilishga xizmat qilgan.Mahmudxo’ja Behbudiy,Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Cho’lpon kabi fidoiy adiblar qatorida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqliga va qalb ko’ziga aylangan.
Fitratning hayot va ijodi

Fitrat XX asr ozbek adabiyoti,fani va madaniyatining yirik vakili.U qomusiy bilimga ega olim,adabiyot nazariyachisi, o’tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir,jangovar publisist,noshir va jurnalist,talantli davlat va jamoat arbobi edi. o’z tarjimai holida yozishicha,1884 yilda Buxoroda tug’ildi.(S.Ayniy uni 1886yilda dunyoga kelgan deydi,hozirgi darsliklarda esa va ilmiy tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi).Fitrat –Abduraufning taxallusi bo’lib, ”tug’ma iste’dod” ma’nosini beradi.Otasi Abdurahimboy savdo bilan shug’illangani bois chet ellarga chiqar,dunyo ahvolidan boxabar,o’qimishli va taniqli odam edi.Onasi Bibijon,adabiyotshunos,Fitrat oilaning to’ng’ich farzandi edi.U boshlang’ich tarbiyani diniy maktabda,so’ngmashxur ”Mirarab”madrasasida oldi.Fors va o’zbek tillarining mukammal bilimdoni bo’lmish Fitrat arab tilini ham chuqur egallab,shaharda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga,ayniqsa,jadidchilik harakatlariga qiziqib qaradi.O’zining aytishicha,avval jadidlar harakatiga qarshilik qildi,keyin uning mohiyatini anglab yetgach,bu harakatga qo’shildi,hatto ashaddiy targ’ibotchilaridanbiriga aylandi.Jadidlar maslahati bilan bir gruh yoshlar,jumladan,Fitrat Istambulga o’qishga yuborildi. 1906—1908 yillarda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg singari shaharlarida bo’lgan. Shundan keyin Fitrat o’qishni davom ettirish istagida Turkiyaga borib, 1909—1913 yillarda Istanbulda yashagan. Fitrat o’sha vaqtda Turkiyada kuchaygan ”Yosh turklar harakati” ta’sirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamvda "Buxoro ta’limi maorif jamiyati"ni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olg’a siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi.Fitrat Turkiyada tahsil olish, ma’ruzalar o’qish bilan birga samarali ijod ham qilgan. 1909 yil Istanbulda uning fors tilida yozgan "Munozara", "Sayha" ("Na’ra") she’riy majmuasi, 1912 yil esa "Sayyohi hindi" ("Bayonoti sayyoqi hindi") asarlari nashr etilgan. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi bo’lgan bu asarlar XXasr boshlarida Turkistondagi milliy uyg’onish harakatining norasmiy dasturi bo’lib xizmat qilgan. Ayniqsa, "Munozara" va "Sayyohi xindi" asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o’zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qo’shilishiga sababchi bo’lgan.Fitrat vataniga qaytgach, Buxoroning turli tumanlarida o’qituvchilik qilib, jadidchilik g’oyalarini keng targ’ib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g’oyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915 yildan esa Yosh buxoroliklar harakatining so’l qanotiga boshchilik qildi. 1917 yil Fevral voqealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, Fitrat Samarqandga ko’chib borib, "Xurriyat" gazetasida muxarrir bo’lib ishladi (1917—1918). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Firtat shu yillarda "Ittifoqqi taraqqiy" tashkiloti Eski Buxoro bo’limining raisi ham bo’lgan. Kolesoye voqeasi (1918 yil mart)dan keyin esa Toshkentga ko’chib kelgan. 1919—1920 yillarda Afg’onistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, "Chig’atoy gurungi" ma’rifiy-adabiy uyushmasini, shuningdek, "Tong" jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. "Tong" jurnalining shiori bo’lgan: "Miya o’zgarmaguncha boshqa o’zgarishlar negiz tutmas!" so’zlari Fitratning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to’la ifodalaydi.BXSR tashkil topishi bilan Fitrat 1921 yilda maorif, 1922 yilda xorijiy tashqi ishlar noziri, xalq xo’jaligi kengashi raisi, MIQ va Xalq nozirlari sho’rosi raisining o’rinbosari va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda BXSR mablag’i hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o’qishi, Buxoroda Sharq musiqa maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixiga doyr xalq qo’lida sochilib yotgan noyob qo’lyozmalarni to’plashda tashabbuskor bo’ldi. Fitratning sa’yyi harakati bilan Buxoro jumhuriyatida turk (o’zbek) tili davlat tili deb e’lon qilindi; davlat teatri tashkil etilib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan M. Uyg’ur va Cho’lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa M. Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923 yil iyunda Moskvadan Ya.E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya Ftratni ishdan olib, uni Rossiyaga "chaqirib olingan", deb e’lon qildi va Fitrat 1923—1926 yillarda Moskvaga borib, Sharqshunoslik institutida ishladi. 1926 yilning oxiri — 1927 yilning boshlarida vataniga qaytgan Fitrat 1937 yilda xibsga olinguniga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti hamda Toshkentdagi Til va adabiyot instituda ilmiy faoliyat olib bordi.

Adabiyotshunoslik o’z ichiga avvalo adabiyot tarixi va nazariyasi,adabiy tanqid va metodologiyasi maqsadlarini qamrab olar ekan,1-o’zbek professori Abdurauf Fitratningilmiy faoliyatida har 3 davr jamlanganligini ko’ramiz .

Agar Fitrat 1909—1916 yillarni tashkil etgan 1-davrda jadid ma’rifatparvari sifatida ijod qilgan bo’lsa, 1917 yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga surgun qilinguniga qadar bo’lgan 2-davrda hurriyat va mustaqillik g’oyalari bilan to’yingan asarlar yozadi (1917—1923). Sovet maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida yashagan F. ijodining 3-davri (1923—19 37)da asosan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug’ullanadi.

Fitrat lirikasi.

Fitratning adabiy merosi boy va rangbarang . U yozuvchi sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, o’zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, she’r tuzilishining isloh etilishi, realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog’liq muhim ijtimoiy muammolarning o’zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qo’shdi.

She’riy ijodi: Fitrat zullisonayr yozuvchi bo’lib, adabiy faoliyatining dastlabki davrida asosan fors tilida ijod qilgan ("Sayha"). Fitratning bizga yetib kelgan o’zbek tilidagi she’rlari 1917 yil va undan keyingi davrga oid. Ma’lumki, Fevral inqilobidan keyin Turkiston xalqlarining mustaqillikka erishishlari uchun birdan bir tarixiy imkoniyat tug’ilgan. F. shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’rlar yozishga kirishgan. Ammo an’anaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy g’oyani ifodalash, xalqni oyoqqa qalqtirish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar she’riyatlarida shakllangan, o’zbek xalq og’zaki she’riyatida ayrim unsurlari bo’lgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Shoir "Yurt qayg’usi" deb nomlangan bir she’r va 4 ta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash g’oyasini baralla kuyladi. Fitrat mazkur sochmalarida Turkistonni xurlangan va xorlangan Ona obrazida tasvirlab, bu jabrdiyda Onani zulm asoratidan xalos etish uchun Amir Temur singari jaxongirlar ruhiga murojaat etdi, xalqni erk va hurriyat uchun kurash maydoniga da’vat etdi. U shu yillarda "Mirrix yulduziga", "Sharq", "Shoir" singari she’rlarini yaratib, ularda Turkistonni endi "qizil" mustamlakaga aylantira boshlagan bolsheviklarga va ular barpo etayotgan tuzumga nafrat tuyg’usini ifodaladi. Fitrat barmoq vaznida yozilgan shu she’rlari bilan xalq og’zaki she’riyatining mulki bo’lgan barmoqni isloh etib, Cho’lpon bilan birga uni yozma adabiyotga olib kirdi va unga yangi hayot bag’ishladi. "O’zbek yosh shoirlari" (1922) she’riy majmuasining tuzuvchisi va asosiy muallifi. Afsuski, Fitrat bu she’rlaridan keyin she’riyat sohasida qariyb ijod qilmadi.Fitratning ”Uchqun ”degan to’plamining chiqqanligi to’g’risida xabar bosilgan (1923)lekin u topilmagan.

Fitratning mashxur sh’erlaridan biri”Mirrix yulduziga”deb nomlanadi.Bu sh’r uning boshiga ko’p kulfatlar soldi,uni millatchi deb ayblashda yana bir qo’shimcha dastak bo’lib xizmat qiladi.She’rda Fitrat yulduz bahonasida Ollohga murojat etiib,bolsheviklarning bosqinchi rus askarlarining vahshiyliklarini fosh etadi va yurtdoshlarini ularga qarshi ozodlik kurashiga da’vat etadi:

Bormi senda bizim kabi insonlar?

Ikki yuzli ishbuzarlar,shaytonlar,

O’rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar,

Qardosh etin qo’ymay yegan qoplonlar.

Bormi senda o’qsuz yo’qsulning qonin

Gurunglashib,chogir kabi ichkanlar?

Bormi senda butun dunyo tuzugin



O’z qopchig’in to’ldirgani buzganlar?
Fitrat she’riyatining milliy uyg’onish va inqilobiyruhdagi haqqqoniy mardona yo’nalishda ekanligidan alolat beradi.Fitratning ”Sayyoh hindi”(”Hind sayyohining qissasi”)nasriy asari 1912yilda bosildi.Asarda jahon xalqlari,ilgor mamlakatlar fuqarosi ko’zi bilan Buxoro,umuman Turkistonning davlat tuzumiga,tartib –qoidasiga,maorifiga nazar tashlab,ulardagi ibratli jihatlarni qo’llab –quvatlab illatlarini esa beayov fosh etadi. Asarni Buxoroni,umuman Turkistonni erk yo’liga olib chiqish dasturi deyish mumkin.”Umaro ” bobida Fitrat amaldorlar ”hukronlik otiga minib,bechorayu badbaxt xalqning mol, jon ,arz,nomus va sharafini shafqatsizlarcha poymol etdilar”,”hammaga ma’lumki,har bir millatning taraqqiyoti uchun ilm asosiy sababdir”deydi.

Nasriy ijodi. Otgan asrning 10-yillarida sahna asari sifatida namoyish etilgan "Munozara" Fitratning nasrdagi ilk asaridir. "Munozara" ham, "Sayyohi hindi" ham Fitrat publitsistikasining yorqin namunalaridan. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, manaviy hamda estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20-yillarning ortalariga kelibgina u "sof" nasriy asarlarni yarata boshladi ("Qiyomat", "Meroj", "Oq mozor", "Zayd va Zaynab", "Zahroning imoni" va b.). "Munozara" va "Sayyohi hindi" asarlarida kotarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb ahamiyatga ega edi. Fitrat bu hikoyalarida diniy syujetlardan din tasiriga qarshi kurashda foydalandi. Buasarlar, ayniqsa, 1930 yilda qayta ishlagan "Qiyomat" xayoliy hikoyasi hozirgi ozbek adabiyotida fantastikaning tugilishi va shakllanishida milliy ma’nba bolib xizmat etdi.

Fitrat dramaturgiyasi

Fitrat 1916 yildan boshlab teatr uchun ko’plab asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916—1918 yillarda yozgan "Begijon", "Qon", "Abo Muslim", "Temur sag’anasi", "O’g’izxon" singari pyesalari, hatto 30-yillarda yozgan "To’lqin" opera librettosi (1934) ham bizga yetib kelmagan. Ma’lumki, Fitratning 5 pardali "Begijon" pyesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi ko’targan isyonlari tasvir etilgan, "Temur sag’anasi" pyesasida esa muallifning "Yurt qayg’usi (Temur oldinda)" sochmasidagi istiqlol uchun kurash g’oyasi o’zining badiiy ifodasini topgan. Fitrat shu yillarda yozgan boshqa sahna asarlarida ham tarixiy o’tmishga murojaat etganiga qaramay, bolsheviklarning Turkistonda olib borgan g’ayrmilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va zo’ravonlikka asoslangan "yangi tuzum"ni keskin qoralagan. Fitrat ijodining shu davrdagi yetakchi motivi — bolshevizmga qarshi istiqlol uchun kurash goyasi "Chin sevish" (1920) va "Hind ixtilolchilari" (1923) pyesalarida, ayniqsa, yorqin ifodalangan. Dramaturg Turkistonda Sovet hokimiyati yillarida sodir bo’layotgan fojeali voqealarni Angliyaning mustamlakasi bo’lgan Hindistonga ko’chirib, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind (istiqlolchi)lari siymosida, ma’lum ma’noda, o’z vatandoshlari obrazini yaratdi. Javohiral Neruning e’tirof etishiga ko’ra, Fitratning bu asarlari hind xalqining mustamlakachilikka qarshi olib borgan kurashiga kuch va madad bergan.

Fitrat Moskvadalik paytida "Abulfayzxon" va "Shaytonning tangriga isyoni" (1924), ona yurtiga qaytganidan keyin esa "Arslon" (1926), "Sho’rishi Vose" ("Vose qo’zg’oloni", 1927), "To’lqin" pyesalarini yozdi. Bu asarlar orasida "Abulfayzxon" o’zining shekspirona epik ko’lami bilan alohida ajralib turadi. Mazkur pyesa asosida ashtarxoniylar sulolasining so’nggi vakili Abulfayzxon saltanatining tanazzuli (18-asr) natijasida Buxoroda mang’it amirlarining hokimiyat tepasiga kelishlari bilan bog’liq tarixiy voqealar yotadi. Fitratning olis tarixiy davrga nazar tashlashdan maqsadi "Podsholik kon bilan sug’orilgan bir og’ochdir, Qon oqib turmagan yerda bu daraxtning qurib qolishi aniqdir" degan "falsafa" bilan yashagan va o’zi ham shu g’ayriinsoniy "falsafa"ning qurboni bo’lgan Abulfayzxon singari qonxo’r podsholarni tarix qa’ridan olib chiqib, xalqqa ko’rsatishdir. Fitrat bu asari bilan bolsheviklar tuzumi 20-asrning Abulfayzxoni — Stalinni yaratishi va uning bepoyon mamlakatni qonga botirishini bashorat etdi. Shu ma’noda mazkur tragediya Fitrat zakovati bilan yaratilgan xalqni ogohlantiruvchi asardir.

"Abulfayzxon"ning badiiy qimmati shundaki, Fitrat asarda shekspirona qabartma tip va xarakterlarni yaratdi, zulmga asoslangan saltanat tojining otadan bolaga o’tib kelishi natijasida paydo bo’luvchi qonli oqibatlarni haqqoniy tasvirladi. Firtat bu asari bilan o’zbek adabiyotida tragediya janriga asos solib, mazkur janrning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Ijtimoiy huquqiy, diniy va ma’orifiy asarlari. Fitrat ilm-fan va ma’rifatning turli sohalarida ham teran iz qoldirdi. U. 1914—1916 yillardayoq "Rahbari najot" ("Najot yo’li"), "Oila" va "Mavludi sharif yoki Mur’oti xayr ulbashar", 1917—1920 yillarda "O’qu" ("O’quv"), "Sharq siyosati" va "Yig’la, Islom", 1925 yilda esa "Muxtasar islom tarixi" singari asarlarini e’lon qildi. Fitrat mazkur asarlarida, bir tomondan, shu yillarda ro’y bergan siyosiy-ijtimoiy masalalarga munosabatini ifodalagan bo’lsa, ikkinchi tomondan, musulmon olami uchun o’z ahamiyatini yo’qotmaydigan yoki muayyan tarixiy davrda saqlanib qoladigan ma’naviy va ma’rifiy qadriyatlarni tushuntirib berdi. Fitrat bu asarlarida millatning nafaqat siyosiy-ijtimoiy, balki diniy-ma’rifiy masalalarda ham yetarli darajada bilimga ega bulmaganini e’tiborga olib, har bir musulmonning bilishi lozim bo’lgan bir qator masalalarga yorqinlik bag’ishladi. Fors tilida yozilgan "Rahbari najot" risolasida tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari, shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy ilmlar to’g’risida aniq tasavvur berdi; avlod, badan, fikr, axloq tarbiyasiga oid falsafiy,etik qarashlarini olg’a surdi. Fitratning "Oila" risolasida esa oilaning jamiyat va inson hayotidagi rolini oshirishga, oila a’zolarining huquqiy me’yorlarini belgilashga qaratilgan fikr va mulohazalari yanada rivojlantirildi.

Fitratning maktab o’quvchilariga mo’ljallangan "O’qu" ("O’quv" 1917 yil Boku) qo’llanmasi vatan, dunyo, tabiyat, tibbiyot va gigiyena singari masalalar, shuningdek, o’tmishda yashagan allomalar haqida tasavvur beradi (noma’lum sabablarga ko’ra, ushbu qo’llanmaning 2qismi yozilmagan).

Fitrat huquqiy davlat qurish va uning rivojini ta’minlash maqsadida 1918 yilda Yosh buxoroliklar partiyasining 13 bobdan iborat dasturini yozib berdi. Bu dasturda olimning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari o’zining chuqur ifodasini topdi.

Fitrat serqirra badiiy ijodi she’riy,nasriy,dramaturgik,publisistik va badiiy tarjimachilikka oid asarlar va 10 dan ortiq tarmoqlarni o’z ichiga qamrab olgan ilmiy meroslar(adabiyotshunoslik,folklorshunoslik,terix,falsafa,ilohiyot,et -nografiya,san’atshunoslik va boshqasohalar)sohibi bo’lib,bia uchun uning avvalo filolog olim sifatidagi faoliyati qadrlidir.Uning yolg’iz tilshunoslikka doir asarlari nomining o’zi olim yaratgan ilm xazinasining qamrovi tassavur qilish imkonini beradi.

Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid asarlari.Fitrat o’zbek tilining grammatikasini o’rganish ishini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qo’shgan. U 1918 yilda Q. Ramazon va Sh. Rahimiy bilan hamkorlikda "Ona tili" darsligini yaratdi. 1921 yilda Toshkentda bo’lib o’tgan Til va imlo qurultoyida Fitrat o’zbek tilining sofligini ta’minlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni o’rtaga tashladi. U 20-yillarda o’zbek tili tabiatini o’rganishda davom etib, "O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba: Sarf" (1925), "O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba: Nahv" (1926) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930 yilga qadar bir necha marta nashr etildi. Olim o’zbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bag’ishlangan bu asarlari bilan o’zbek tili grammatikasini ilmiy asosda o’rganish ishiga tamal toshini qo’ydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-madaniy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun o’zbek tilining lug’at fondiga yangi so’zlar va atamalarni ko’plab olib kirganligidadir.U ilk turk alloma va shoirlari Mahmud Qoshg’ariy,Yusuf Xos Hojib,Ahmad Yugnikiy asarining topilishi va nashrga tayyorlanishida faol ishtirok qildi.

Olim "Eng eski turk adabiyoti namunalari" (1927), "O’zbek adabiyoti namunalari" (1j., 1928) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimiy davrdan so’nggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini to’plab, muayyan tizimga soldi ("Namunalar"ning 2jildi e’lon qilinmay qolgan), "Qutadg’u bilig" singari o’zbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qo’lga kiritish, o’rganish va chop etishga intildi. O’zbek adabiyoti yirik namoyandalari ijodini ilk bor o’rganib, "Bedil" (Bir majlisda)" (1923), "Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to’g’risida", "Qutadg’u bilig" (1925), "Ahmad Yassaviy" (1927), "Yassaviy maktabi shoirlari to’g’risida tekshirishlar", "Hibbat u lhaqoyiq", "O’zbek shoiri Turdi" (1928), "XVI asrdan so’ngra o’zbek adabiyotiga umumiy bir qarash", "Muhammad Solih", "Fors shoiri Umar Xayyom" (1929), "Mashrab", "Farhodu Shirin" dostoni to’g’risida" (1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan o’zbek adabiyotshunoslik faniga poydevor qo’ydi. "She’r va shoirlik" (1919), "Adabiyot qoidalari" (1926), "San’atning manshai" (1927), "Aruz haqida" (1936) singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi.

Bundan tashqari, Fitrat tarixshunoslik va sharqshunoslik sohalariga oid fors tilida maqola va risolalar ham yozdi ("Amir Olimxonning kechmishi", 1930). 1921 yil B. Soliyev va B.S. Sergeyev bilan birgalikda amirga qarashli nodir qo’lyozmalar, vaqf hujjatlarini yig’ish, ularga tartib va tavsif berishda ishtirok etdi. B.S. Sergeyev bilan birgalikda V. L. Vyatkin arxivida saqlangan hujjatlarni o’rganib, rus tilida "Kaziyskiye dokumenti XVI veka" (1937) kitobini nashr etdi.

San’atshunoslikka oid xizmatlari: Fitrat 1921 yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori bo’lgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab "Shashmaqom" kuylarini to’plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota G’iyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi [”Shest muzikalnix poem makom”), BuxaraM., 1924]. F. "Shashmaqom", "O’zbek musiqasi to’g’risida" maqolalari va "O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi" (1927) risolasi bilan XXasrning musiqashunosligini boshlab berdi.

1923-1924 yillarda Fitrat Maskvaga ketishga majbur bo’ladi va u yerda Sharq tillari institutida ilmiy xodim bo’lib ishlaydi.shu yillarda unga Professorlik unvonini beradi.U Maskovdan qaytib kelgach,Buxoro,Samarqand,Toshkent universitetlarida dars beradi,O’zbekiston Davlat ilmiy-tadqiqot unstitutida,O’zbekiston Fanlar qo’mitasida ishlaydi.Bu yillari u she’rlar,p’essalar bilan birga nihoyatda ko’p va teran ilmiy asarlar yozdi.Ammo Fitratning millatparvarligi bolsheviklar vaSho’ro xukumati rahbarlariga yoqmas edi.Uni Abdulla Qodiriy,Cho’lpon,Botu, Usmon Nosirlar bilan birgalikda millatchilikda ayblash tobora avj oldi.Fitrat:”Mrn o’zbek millatchisi bo’lgan zamonlarda(millatparvari demoqchi-S.M)har vaqt sho’ro xukumatiga komunistik firqasiga xayrixoh bo’lib turdim”,-deb yozgan edi.Afsuski, xalq ideali va baxt-saodati,haqiqat,adolat,maorif,fan,madaniyat va millat taqdiri uchun tunu-kun mehnat qilgan bu ulug’ zotni shu partiya,shu Sho’rolar hukumati aksiinqilobchi,millatchi ”Xalq dushmani”deb aybladi,1937 yil aprelda xibsga olindi va 1938 yil 4-oktyabrda A.Qodiriy,Cho’lponlar bilan birga vahshiylarcha otib tashlandi.Ularni otish haqidagi xukm bir kun keyin,ya’ni 1938 yil 5-oktyabrda chiqqan.1957 ilda Sobiq Ittifoq Oliy sudining harbiy kollegiyasi 1938 yil 5-oktyabrdagi xukmni bekor qildi va Fitrat aybsiz deb topildi.

1991 yil 25-sentyabrda Fitratga Alisher Navoiy nomidagi O’zbegiston Respublikasi davlat mukofoti berildi.Buxoro shahrida Fitrat bog’i va uy muzeyi tashkil etildi.Buxoroda Fitrat haykali o’rnatildi,Respublikada bir nechta maktab,kichik xo’jaliklar Fitrat nomi bilan ataldi.
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki,Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati tarixining eng qaltis damlarida millat va Vatanga xizmat qilmoqning yorqin namunasidir.Harqanday holda ham xalq bilan birga bo’lish,uning manfaatini har narsadan muqaddas tutish Fitrat shaxsiyatining eng muxim xususiyatlaridan edi.U ijodkor sifatida o’zbek adabiyotini jahoniy miqiyoga olib chiqqan,uni yangi hayotbaxsh g’oyalar bilan boyitgan,tilimizning boy imkoniyatlarini,badiiy ifodaning betimsol namunalarini namoish eta olgan iste’dod edi. Biz yosh avlodlar shunday ajdodlarimiz borligidan g’ururlanib yashashimiz,ularni e’zozlashimiz kerak.

Ushbu malaka ishim so’ngida Begali Qosimovning ”Abdurauf Fitrat” to’g’risidagi hujjatli filmini havola qilmoqchiman.




Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Islom Karimov. ”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. “Ma’naviyat” 2008- yil.

2. Islom Karimov. ”Ma’naviy yuksalish yo’lida”. Toshkent “O’zbekiston” 1998- yil.

3. B. Qosimov.” Maslakdoshlar”. T.: «Sharq», 1994.

4.I. G’aniev. Fitratning tragediya yaratish mahorati. T., 1994.

5.Milliy uyg’onish va o’zbek filologiyasi masalalari. T.: Universitet, 1993.

6.Boltaboev H. “Qatag’on qilingan ilm”. T.: «Xazina», 1996.

7.Boltaboev H.” Noma’lum Fitrat”. Yoshlik, 1990, 34-38-betlar.

8.Boltaboev H. Fitratning ilmiy merosi. T.: «Fan», 1996.

9.Boltaboev H.” Fitrat — adabiyotshunos”. T.: «Yozuvchi», 1996.

10.Boltaboev H. Boburshoh “Fitrat talqinida”. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1993, 2-son, 15-bet.

11.Qosimov B. “Fitrat (chizgilar)”. Sharq yulduzi, 1992, 10-son, 170-bet.

12.Qosimov B. “Inson fojealari”. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990 yil 6 aprel.

13.Qosimov B. Fitrat. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1991, 10-son.



14.Erkinov S.” Fitrat-navoiyshunos”. O’zbek tili va adabiyoti, 1990, 3-son, 3-bet.
Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish