Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi
Uchtepa tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi
203-umumta’lim maktabi
boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi
Majidova Dilobarning
bir soatlik dars ishlanmasi.
Toshkent-2014
Mavzu : Hisoblashning birinchi usuli
Darsning ta`lim texnologiyasi modeli
1.Ta`lim berish texnologiyasi.
Vaqti: 45 minut
|
O`quvchilar soni
|
Darsning shakli va turi
|
Yangi bilim beruvchi
|
Darsning rejasi:
| -
Hisoblashning birinchi usuli.
-
Yuzliklarni hisoblash.
-
Misol va masalalar yechish.
-
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Darsning maqsadi:
| -
Ta`limiy : Hisoblashning birinchi usuli bilan tanishtirish va yuzliklar ichida qo`shib ayirishning qulay usuli bilan tanishtirish.
-
Tarbiyaviy : O`quvchilarga bilim berish orqali har bir matematik muammoni ahillik birodarlik bilan hal etish adolatli bo`lishni tushuntirish.
-
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni topqirlik, tezkorlik bilan topshiriqni bajarish faolligini rivojlantirish.
|
Pedogogik vazifalar:
-hisoblash usuli bilan tanishtirish;
-misollarning yozilishini tushuntirish;
-yuzliklar va o`nliklar ustidagi amallar bilan tanishtirish;
-yuzlik ichida qo`shish va ayirish amallarini bajarishni o`rganish;
|
O`quv faoliyati natijalari:
-yuzliklar va o`nliklarni aniqlanadi;
-ularning yozilishidagi farqi aniqlanadi;
-yuzliklar va o`nliklar orasidagi amallar bilan tanishtiriladi;
-yuzliklarni hosil bo`lishini tushuntirish;
|
Ta`lim metodlari:
|
Ko`rgazmali tezkor savol – javob, didaktik o`yin, test.
|
Ta`lim shakli;
|
Frontal, jamoaviy va yakka tartibda ishlash.
|
Ta`lim vositalari;
|
Darslik , texnik vositalar, multimedia taqdimoti, rangli rasmlar va tarqatmalar, test savollari.
|
Ta`lim berish sharoiti;
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona.
|
Monitoring va baholash
|
Og`zaki so`rov: tezkor va boshqa
Yozma so`rov : chiroyli va xatosiz yozish.
|
II. Darsning texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari
va vaqti:
|
Faoliyat
|
O`qituvchi
|
O`quvchi
|
1-bosqich.
O`quv mashg`ulotiga
kirish.(3 daqiqa)
|
1.1 Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkaziladi. Mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
1.2 Yuzliklarni hosil qilish unga oid misollarni yecha olishga o`rgatish.
1.3 O`quv mashg`uloti qoidalari va o`quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtirish.
|
Tinglaydilar.
|
2-bosqich.
O`tilganlarni
takrorlash.
(10daqiqa)
|
2.1 Matematik diktant o`tkazish.
2.2 Yuzliklarni aniqlash.
2.3 Misollar orqali takrorlash
2.4 Boshqotirma orqali bilimlarni mustahkamlash
2.5 Uchburchak xossalarini mustahkamlash
2.6 Tenglamalarni mustahkamlash
|
2.3 misollar orqali takrorlash
Savol-javob
|
3-bosqich
Asosiy qism.
(10 daqiqa)
|
3.1 Tezkor so`rov orqali bilimlarini faollashtirishga ko`maklashadi.
3.2 a) yuzliklarni aniqlash;
b) yuzliklarni yozilishini tushuntirish;
d) yuzliklarga misollarni yechish;
3.3 Ma`naviyat daqiqasi
|
Javob beradilar,
Yozadilar,
Tinglaydilar.
|
4-bosqich.
Mustahkamlash
(15 daqiqa)
|
4.1 Yangi mavzuni mustahkamlaydi.
4.2 Tarqatma materiallarga yozilgan misollarni yechishni topshiriq sifatida beradi.
4.3 Kurant soati haqida dastlabki ma`lumotlarni berish.
|
Guruhlarda ishlash,
Misollarni yechish.
|
5-bosqich
Yakuniy qism
(3 daqiqa)
|
5.1 Mavzu bo`yicha yakun qilinadi, qilingan ishlarni kelgusi kasbiy faoliyatda ahamiyatga ega ekanligiga o`quvchilar e`tibori qaratiladi
5.2 O`quvchilarning ishlarini baholaydilar, darsning maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
|
O`z-o`zini
O`zaro baholashni o`tkazadilar.
Savol beradilar.
|
6-bosqich
Uy vazifa berish
(2 daqiqa)
|
6.1 Uyga vazifani tushuntirish;
6.2 Masala shartiga qisqa yo`nalish berish;
|
Tinglaydilar
|
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: (3 daqiqa)
a) O’quvchilar davomatini aniqlash.
- Bugun sinfda kim navbatchi?
-
O’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.
- Bugungi sana haqida kim ma`lumot beradi ?
- Prezidentimiz tomonidan 2014-yil qanday nomlandi ?
-
Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.
- Hafta shiorini eslab o`tamiz ?
- 8-dekabr kuni qaysi ramzimizni qabul qilingan kunini nishonlandi ?
- Qaysi moddalarni yoddan ayta olasiz?
4-modda: O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tili
5-modda: O`zbekiston Respublikasi qonun bilan taqsdiqlangan o`z ramzlari bayroq, gerb va madhiyasiga ega.
6-modda: O`zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahri.
40-modda: Har bir inson malakali tibbiy xizmatidan foydalanish xuquqiga ega.
41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega
- 10- dekabr kuni qaysi ramzimizni qabul qilingan kunini nishonlandi ?
- Madhiyamizning muallifi kim ?
- Madhiyamiz bastakori kim ?
- Yurtimizda qanday oylik o`tkazilyapti ?
-
Dam olish daqiqasini o’tkazish
2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
- Uyga qanday vazifa berilgan edi ?
- Uchburchak xossalarini kim aytadi ?
- Quydagi tenglamalarni mustaqil kim aytadi ?
-
O`tilgan mavzularni yodga olish uchun matematik boshqotiqmani yechamiz.
Qiziqarli boshqotirma.
-
Bir raqam o`ylang 1 dan 9 gacha bo`lsin
-
O`ylagan raqamingizni 2 ga ko`payturing.
-
Natijaga 2 ni qo`shing.
-
Natijani 2 ga bo`ling.
-
Natijadan birinchi o`ylagan soningizni ayiring.
javob : 1
-
Mavzuni mustahkamlash matematik diktant o`tkazamiz
430 950 320 210 185 870 960 768 596 660
-
Minglik ichidagi yuzliklarni sanaymiz ?
-
Endi bolajonlar uchburchak turlarini bir eslab olaylik. Uchburchakning qanday turlarini bilasiz?
-
Teng tomonli uchburchak deb nimaga aytiladi?
-
Turli tomonli uchburchak deb nimaga aytiladi ?
-
Teng yonli uchburchak deb nimaga aytiladi ?
-
Endi siz bilan mana shu tenglamani yechib ko`ramiz
48:x=8 X*4=76 68-x=38
-
Barakalla bolajonlar bugun siz bilan o`tilgan mavzularimizni yodga oldik Endi jismoniy mashqni bajarib olamiz.
3. Yangi mavzu bayoni.
-
Bugun siz bilan “Hisoblashning birinchi usuli” deb nomlangan mavzu bilan tanishtiraman. Biz birlik o`nlik hamda yuzliklar haqida gaplashganimizda bilamizki ularning amallarini birlik ustidagi amallar bilan almashtirish mumkinligi hahiqa tanishganmiz. Bugun shu o`rgangan bilimizmiz bilan hisoblashning birinchi usuli bilan tanishamiz. Buni 454-misol orqali bilib orqali bilib olamiz.
300 + 500=800 3 yuzlik + 5 yuzlik = 8 yuzlik
460 + 70=530 46 o`nlik + 7 o`nlik = 53 o`nlik
520 – 60=420 52 o`nlik - 6 o`nlik = 42 o`nlik
80 + 60=140 8 o`nlik + 6 o`nlik = 14 o`nlik
130 – 50=80 13 o`nlik - 5 o`nlik = 8 o`nlik
700 -300 =400 7 yuzlik - 3 yuzlik = 4 yuzlik
Qo`shish va ayirishda nollar bilan tugaydigan yuzlik va o`nliklarni o`nliklar va birliklar ustidagi amallar bilan almashtirish mumkin.
Misolni daftarimizga tartib bilan yozamiz. Endi mavzuni mustahkam bilib olishingiz uchun berilgan 455-misolni bajaramiz. Marhamat daftarga yozdik.
300+200=500 70+60=130
800-500=300 80-30=50
400+60=460 280+50=330
700-40=660 140-80=60
456-masalaning sharti bilan bizni kim tanishtiradi. Masalaning sharti:
Do`konga 260 ta karam keltirildi. 150 tasi sotilganidan keyin yana 180 ta karam olib kelindi. Do`konda jami nechta karam bo`ldi ? Qisqa sharti :
Keltirildi - 260 ta karam
Sotildi - 150 ta karam
Yana keltirildi - 180 ta karam
Jami - ? Karam
Yechimi: 260-150+180=110+180=290
Javob : 290 ta karam
-
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
457-mashqni sharti bilan kim tanishtiradi. Sharti quydagicha:
Tomonlari 180 mm va 240 mm bo`lgan to`g`ri to`rtburchakning perimetrini desimetr va santimetrda hisoblang. Qisqa sharti:
Bo`yi - 180 mm
Eni - 240 mm
P=?
P=180*2+240*2=360+480=840mm=8dm4sm javob: 8 dm 4 sm
-
Ruchkalaringizni qo`yib biroz dam olib lirik chekinish qilamiz. Maqsud Shayxzodaning vaqt haqidagi she`rini o`qish darsida yod olgan edik. Eslab ko`ring-chi ?
G`animat sanalur har lahza har payt,
Aytganingni qilgin qilgusingni ayt.
Go`zallik diyorin fuqarosisan.
Yomonni yoqotib, yaxshini ko`p ayt.
-
Bejiz vaqt haqida gapirmadik chunki hozirgi masala aynan shu vaqt haqida. Bu kurant soat minora soati degan ma`noni bildiradi. Yurtimizdagi kurant soati 1947 yil 2-jahon urishida yurtimiz g`alabasi o`rnatilagan monument. Kuchli zilzilada buzilgan va qayta ta`mirlangan.458-mantiqiy masalani sharti bilan tanishin chiqamiz. Shartini kim o`qiydi ?
Kurant soati bonglari soat necha bo`lsa, shuncha marta bong uradi. Bir sutkada kurant soati necha marta bong uradi.
Soat 1 da 1 marta
Soat 2 da 2 marta
Soat 3 da 3 marta
Soat 4 da 4 marta
Soat 5 da 5 marta
Soat 6 da 6 marta
Soat 7 da 7 marta
Soat 8 da 8 marta
Soat 9 da 9 marta
Soat 10 da 10 marta
Soat 11 da 11 marta
Soat 12 da 12 marta
Yechimi: 1+2+3+4+5+6+7+8+9+10+11+12=7878*2=156
Javob 1 sutkada 156 marta bong uradi.
-
Bugungi mavzuni mustahkamkalsh uchun test savollarini javobini topamiz.
-
Uchala tomoni teng bo`lgan ucburchak …….. deyiladi.
-
Teng yonli B teng tomonli D turli tomonli
-
1000 sonini ko`paytirish orqali hosil qilingan javob qaysi ?
-
1000*0 B 1000:1000 D. 1000*1
-
X*4=80 ko`rinishidagi tenglamaning javobini toping.
-
21 B. 45 D. 20
-
Burchak necha hil bo`ladi ?
-
4 B. 5 D. 3
-
To`g`ri burchakdan kichkina bo`lgan burchak ……. deyiladi ?
-
O`tmas b B. O`tkir b D. To`g`ri b
5.Darsga yakun yasash va o`quvchilarni baholash
O`quvchilar bilan mavzu yuzasidan suhbatlashiladi va reyting tizimida baholaniladi.
-
Bugungi darsda siz hisoblashning birinchi usuli bilan tanishdingiz ? Bizning an`anaviy uslubimiz bo`lib qolgan BBB ni qo`llaymiz. Kim bilib oldi ? Nimani bilishni xohlaydi? Qaysi ma`lumotni bila olmadingiz?
-
Bugungi darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholaymiz .
6.Uyga vazifani tushuntirib berish. 459-misol va 460- masalani tushuntirib beraman.
460-masala. Qopdagi guruch 2 kg li 20ta va 3 kg li 10 ta xaltachaga taqsimlab chiqildi. Qopda necha kilogramm guruch bo`lgan ?
-
kg li xaltacha- 20 ta
-
kg li xaltacha – 10 ta
Bo`lgan -?
Yechimi: 2*20=40 3*10=30 40+30=70 javob : 70 kg bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |