O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XTV
XORAZM VILOYATI XTB
XONQA TXTMFMTTEB
№21-son maktabining mehnat fani o’qituvchisi
Bakiyeva Shaxloning bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu. “Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash.Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish“.
XONQA-2017
Annotatsiya
Ushbu mavzu boyicha o’quvchilarga qo’l choklarini tikishda,asbob va moslamalardan
To’g’ri foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo’yicha bilim,ko’nikma berildi.
Dars mavzusu: Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash.Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Sinf: 5-sinf, II-chorak, 7-8 soat
Texnologik xarita
Mavzu
|
Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash.Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
|
Maqsad va vazifalar
|
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga qo`l choklarini tikish ishlarini
o`rgatish
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni qo`l choklarini tikishda tejamkorlik, ehtiyotkorlikka va choklarni silliq, tekis chiqishiga (nafosat tarbiyasi) o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning qo`l choklarini tikish ishlarini bajarishga oid ko`nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish.
|
O`quv jarayoni
Mazmuni
|
Chok hosil qilish yoki chok tikishda-qo`l ishlarini bajarishda eng ko`p bajariladigan ish turi hisoblanadi. Chok tikish, ya’ni choklash orqali ikkita gazlama bir-biriga ulanadi. Qo`l choklari kiyim detallarni vaqtincha birlashtirish uchun v autunlay qoldirish maqsadida tikiladi. Tikuvchilik ishlarida qo`l chokining asosan quyidagi turlari ko`p qo`llanadi: vaqtincha birlashtirish uchun to`g`ri ko`klash choki, salqi chok-bir tomondan ikkinchi tomonga ko`chirishda ishlatiladi.Bezak choklari, suv choki-gul tikishda , do`ppilarning chetini tikishda ishlatiladi. Archa chok, zanjir chok , to`rlash choki, krest chok.
|
Oquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Og’zaki bayon qilish, aqliy hujum,
Forma: Amaliy mashg`ulot, kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Tarqatma materiallar, asbob va moslamalar
Usul: qo`l ishlaridan namunalar tikish.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol va javoblar, kuzatish, o`z-o`zini nazorat qilish
Baholash: Rag`batlantirish, besh balli sistema asosida
|
Kutilayotgan natijalar
|
O`qituvchi:
Mavzu qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishiladi.O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Qo`l ishlaridan namunalar tikishni o`rgatadi. Bir vaqtning o`zida ko`pchilik o`quvchilar baholanadi.. O`z oldiga qo`ygan madsadlariga erishadi.
O`quvchi:
Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda ishlashni o`rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Qo`l ishlaridan namunalar tikishni o`rganadi. O`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi. Qisqa vaqt ichida juda ko`p ma’lumotga ega bo`ladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi:
Yangi pedagogic texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O`z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog`lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O`quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashni o`rganish. O`z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar topish, ularni o`rganish. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir echimga kelish malakasini hosil qilish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |