Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 24-maktabning
Davlat va huquq asoslari fani o’qituvchisi
Rustamov Nazir Choriyevichning
8-sinflar uchun tayyorlagan
TESTI
8-sinf. Huquq
1.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1948-yil B) 1947-yil S) 1949-yil D) 1950-yil
2. Harakatlar strategiyasining 2-yo’nalishi nima deb ataladi?
A) Fuqarolarning huquq va erkinliklari B) Iqtisodiyotni rivojlantirish
S) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini isloh qilish
D) Jamiyatni demokratlashtirish
3. O’ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, bilim, ko’nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo’lgan inson nima deb ataladi?
A) Odam B) Shaxs S) Idrokli inson D) Komil inson
4. Muayyan hududda yashovchi, o’z ehtiyoj va manfaatlariga ko’ra birlashgan kishilardan iborat jamoa nima deb ataladi?
A) Davlat B) Huquq S) Viloyat D) Jamiyat
5. …….. – arabcha so’z bo’lib, jamoa, jamlangan, birlashgan degan ma’noni anglatadi.
A) Davlat B) Jamiyat S) Viloyat D) Mahalla
6. Qaysi qomusiy olim “Shayx-ur-rais” degan nom bilan mashhur bo’lgan?
A) Abu Nasr Farobiy B) Alisher Navoiy S) Imom at-Termiziy D) Ibn Sino
7. Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
A) Xorazm B) Urganch S) Ko’zaliqir D) Xiva
8. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda O’zbekiston hududida qanday ilk davlat uyushmalari tashkil topgan?
A) Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya B) Qadimgi Ko’zaliqir, Kushon davlati
S) Temuriylar davlati D) Salavkiylar davlati va Buxoro davlati
9. Majbur qilish kuchiga ega bo’lgan mustaqil siyosiy tashkilot nima deb ataladi?
A) Mahalla B) Davlat S) Jamiyat D) Tashkilot
10. Davlat shakllari necha turga bo’linadi?
A) Davlatning boshqaruv shakllari, hududiy tuzulishi, siyosiy tartibi
B) Monarxiya va respublika S) Prezidentlik va parlamentar respublika
D) Davlatning boshqaruv va tuzilish shakli
11. Monarxiya so’zining ma’nosi?
A) Oldinda turuvchi B) Hukmdor S) Qirol D) Yakka hokimlik
12. Monarxiyaning qanday shakllari mavjud?
A) Sultonlik va cheklanmagan B) Mutloq va cheklangan S) Prezidentlik va parlamentar D) Parlamentar va cheklangan monarxiya
13. Respublika so’zining ma’nosi?
A) Oldinda turuvchi B) Umumiy ish S) Qirol D) Yakka hokimlik
14. Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar qanday turlarga bo’linadi?
A) Monarxiya va respublika B) Parlamentar va cheklangan monarxiya
S) Prezidentlik va parlamentar respublika D) Qirollik va sultonlik
15. Davlat tuzilish jihatidan qanday turlarga bo’linadi?
A) Oddiy va murakkab B) Unitar, federative va konfederativ S) Monarxiya va respublika D) A va B javoblar to’g’ri
16. Unitar so’zining ma’nosi?
A) Ittifoqdosh B) Ittifoq, uyushma S) Federativlik D) Oddiy, yagona
17. Bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo’lgan murakkab, ittifoqdosh davlat nima deb ataladi?
A) Oddiy, yagona. B) Konfederativ davlat S) Federativ davlat D) Qaram davlat
18. Siyosiy rejim necha xil bo’ladi va qanday nomlanadi?
A) 2 xil, demokratik va nodemokratik B) 2 xil, Monarxiya va respublika
S) 3 xil, unitary, federativ va konfederativ S) Prezidentlik va parlamentar respublika
19. Demokratiyaga zid tartibot nima deb ataladi?
A) Konfederativ B) Monarxiya S) Nodemokratik D) Siyosiy rejim
20. Fikrlar xilma-xilligi ……… deb ataladi?
A) Huquq B) Demokratiya S) Siyosiy faoliyat D) Siyosiy plyuralizm
21. Nodemokratik tartibot keltirilgan qatorni ko’rsating?
A) Monarxiya va respublika B) Fashistik va totalitar tartibot S) Unitar va federativ D) Fashistik va przidentlik respublikasi
22. Fozil odamlar shahri asarining muallifi kim?
A) Abu Rayhon Beruniy B) Alisher Navoiy S) Abu Nasr Farobiy D) Mirzo Ulug’bek
23. 2018-yil 1-iyul holatiga ko’ra mamlakatimizda nechta fuqarolik jamiyati institutlari adliya vazirligi ro’yhatidan o’tgan?
A) 9478 ta B) 4231 ta S) 67651 ta D) 132 ta
24. Davlat huquqga bo’lgan munosabatiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) Etatik va huquqiy davlat B) Huquqiy va nodemokratik davlat S) Demokratik va nodemokratik D) Federativ va Konfederativ
25. O’zbekiston Respublikasida qaysi davlat idoralari ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi?
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, hokimliklar
S) Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, sudlar. D) Oliy majlis va Oliy sud
26. Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatida …………….. oldida javobgardir.
A) Siyosiy partiyalar B) Hokimliklar S) Fuqarolar D) Prezident va Oliy Majlis
27. Prezident so’zining ma’nosi?
A) Yakka hokimlik B) Davlat boshlig’I S) Oldinda o’tiruvchi D) Siyosatchi
28. O’zbekiston Respublikasida yangi saylangan Prezident qachondan boshlab o’z faoliyatiga kirishadi?
A) Oliy Majlis yig’ilishida qasamyod qabul qilgach. B) Televideniyada saylangani e’lon qilingach.S) Saylov o’tgach 1 oydan so’ng D) Saylovdan 72 soat o’tgach
29. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi necha palatadan iborat va ular qanday ataladi?
A) 2 palatadan, vazirlik va qo’mita B) 2 palatadan, Qonunchilik palatasi va Senat
S) 3 palatadan, vazirlik, qo’mita va senat D) To’g’ri javob yo’q.
30. Bosh vazir nomzodini Oliy Majlis palatalariga kim taqdim etadi?
A) Vazirlar Mahkamasi B) Prezident S) Siyosiy partiyalar D) Qo’mita raislari
31. Vazirlar Mahkamasi tarkibi kim tomonidan tasdiqlanadi?
A) Vazirlar Mahkamasi B) Hokim S) Prezident D) Qo’mita raislari
32. Vazirlar Mahkamasi to’laligicha qachon istefoga chiqadi?
A) Prezident yangi saylangach B) Hokimlar ishdan bo’shagach S) Oliy Majlis yangi saylangach D) Qonunlar o’zgartirilganda
33. Vazirlar Mahkamasi tarkibini Prezidentga kim tavsiya qiladi?
A) Bosh vazir B) Senat raisi S) Qonunchilik palatasi spikeri D) Bosh prokuror
34. “Hukumat – so’zlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir”. Ushbu jumla kimga tegishli?
A) A.Navoiy B) Abu Nasr Farobiy S) Aristotel D) Sitseron Mark Tulliy
35. “Sud idoralarining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiy hujjat qaysi tashkilot tomonidan qabul qilingan?
A) SHXT B) BMT S) MDH D) NATO
36. “O’zbekiston Respublikasida sud ish ishlarini yuritish o’zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib boriladi”. Ushbu jumla konstitutsiyamizning qaysi moddasidan olingan?
A) 11-moddasi B) 12-moddasi S) 13-moddasi D) 155-moddasi
37. Aybsizlik prezumpsiyasi konstitutsiyamizning qaysi moddasida keltirilgan?
A) 26-modda B) 20-modda S) 41-modda D) 25-modda
38. Qonunda sudyalarning vakolat muddati necha yil deb belgilangan?
A) 4 yil B) 5 yil S) 6 yil D) 7 yil
39. A.Temur davlatida odil sudlov necha turga bo’lingan?
A) 5 turga B) 6 turga S) 4 turga D) 2 turga
40. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug’iladi? Ushbu jumla kimga tegishli?
A) Monteskiyo B) Abu Nasr Farobiy S) Aristotel D) Sitseron Mark Tulliy
41. A.Temur davrida harbiy sudlarga kim rahbarlik qilgan?
A) Aholi qozisi B) Islom qozisi S) Lashkar qozisi D) Xizmatchilar qozisi
42. A.Temur davrida fuqarolik sudiga kim rahbarlik qilgan?
A) Aholi qozisi B) Islom qozisi S) Lashkar qozisi D) Xizmatchilar qozisi
43. A.Temur davrida shariat sudiga kim rahbarlik qilgan?
A) Aholi qozisi B) Islom qozisi S) Lashkar qozisi D) Xizmatchilar qozisi
44. A.Temur davrida amaldorlar sudiga kim rahbarlik qilgan?
A) Aholi qozisi B) Islom qozisi S) Lashkar qozisi D) Xizmatchilar qozisi
45. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni kim?
A) Prezident B) Mudofaa vaziri S) Bosh vazir D) Prokuror
46. Qaysi organ O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini sharhlash huquqiga ega?
A) Oliy sud B) Konstitutsiyaviy sud S) Ichki ishlar vazirligi D) Prokuratura
47. O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi quyidagicha amalga oshiriladi:
A) Oliy Majlis deputatlari orasida B) Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar o’rtasida S) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hikimiyatlari o’rtasida D) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati o’rtasida
48. Kim O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi?
A) Prezident B) Bosh vazir S) Bosh sudya D) Oliy Majlis
49. Tushirib qoldirilgan so’zlarni o’rniga qo’ying. “Prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda …….. mumkin emas”.
A) Boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashi B) Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi S) Senator bo’lishi D) Deputat bo’lishi
50. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishi kafili kim?
A) Oliy Majlis B) Davlat S) Prezident D) ProkuroR
8-huquq 2-chorak
51. Davlat hokimiyatining birdan bir manbai – bu …..
A) Xalq B) Davlat organlari S) Fuqarolar D) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
52. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatni ………. amalga oshiradi.
A) Prezident B) Vazirlar Mahkamasi S) Mahalliy hokimlar D) Vazirliklar
53. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishdagi usullari va uslublarining yaxlit tizimi ……….deb ataladi?
A) Demokratiya B) Nodemokratiya S) Siyosiy tartibot D) Xalq hokimiyati
54. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi?
A) Iqtisodiy B) Ijtimoiy S) Siyosiy D) Shaxsiy
55. Asosiy qonun nima?
A) Konstitutsiya B) Prezident farmoni S) Hukumat qarori D) Oliy Majlis qonuni
56. O’zbekistonda sud tizimi necha turga bo’linadi?
A) 4 B) 6 S) 9 D) 10
57. Hamma sudlarda ishlar ochiq tartibda ko’riladi. Ushbu jumla Konstitutsiyamizning qaysi moddasidan olingan?
A) 106-modda B) 112-modda S) 113-modda D) 116-modda
58. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga qaysi mansabdor shaxslar kiradi?
A) Bosh vazir, Bosh vazir o’rinbosarlari, vazirlar, qo’mita raislari, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i. B) Bosh vazir, Bosh vazir o’rinbosarlari, vazirlar, qo’mita raislari S) Bosh vazir o’rinbosarlari, vazirlar, qo’mita raislari, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i D) to’g’ri javob yo’q
59. O’zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosini qaysi organ amalga oshiradi?
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi S) Sud hokimiyati D) Mudofaa vazirligi
60. Markaziy bank raisini kim saylaydi?
A) Prezident B) Oliy Majlis S) Vazirlar Mahkamasi D) Mudofaa vazirligi
61. Senat nechta senatordan iborat?
A) 84 ta B) 200 ta S) 121 ta D) 100 ta
62. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini qaysi organ tasdiqlaydi?
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi S) Sud hokimiyati D) Mudofaa vazirligi
63. Kimlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo’lishi mumkin?
A) 35 yoshga to’lgan, 10-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi B)25 yoshga to’lgan, 10-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi S)25 yoshga to’lgan, 15-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi D)25 yoshga to’lgan, 5-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi
64. Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatining vakolat muddati necha yil?
A) 7 yil B) 5 yil S) 6 yil D) 4 yil
65. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi nechta deputatdan ibarat?
A) 100 ta B) 150 ta S) 84 ta D) 200 ta
66. Qurolli kuchlar oliy qo’mondonlarini kim tayinlaydi?
A) Mudofaa vaziri B)Milliy gvardiya S) Prezident D) Oliy Majlis
67. Kim O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini egallashi mumkin?
A) 35 yoshga to’lgan, 10-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi B)25 yoshga to’lgan, 10-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi S)25 yoshga to’lgan, 15-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi D)25 yoshga to’lgan, 5-yil O’zbekistonda muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi
68. Prezident qasamyodi Konstitutsiyamizning qaysi moddasida keltirilgan?
A) 91 B) 92 S) 93 D) 94
69. Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o’xshaydi. Bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.Ushbu jumla kimga tegishli?
A) Monteskiyo B) Abu Nasr Farobiy S) Aristotel D) A.Temur
70. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi. U nima deb ataladi?
A) Saylov B) Ovoz berish S) Referendum D) Mahalliy ovoz
71. O’zbekiston Rspublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1992-yil 8-dekabr B) 1991-yil 8-dekabr S) 1992-yil 9-dekabr D) 1992-yil 10-yanvar
72.O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi. Ushbu jumla konstitutsiyamizning qaysi moddasidan olingan?
A) 91 B) 92 S) 11 D) 94
73. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qaysi tashkilot amalga oshiradi?
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi S) Sud hokimiyati D) Mudofaa vazirligi
74.Konstitutsion va Oliy sudlarni kim sayladi?
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi S) Prezident D) Mudofaa vazirligi
75. Oliy Majlis ishini tashkiliy ishi nima deb ataladi?
A) kengash B) Yig’ilish S) Senzura D) Sessiya
76. Konstitutsiyamiz Oliy Kengashning qaysi sessiyasida qabul qilingan?
A) 11-sessiyasida B) 12-sessiyasida S) 16-sessiyasida D) 19-sessiyasida
77. Vakolati tugashi munosabati bilan istefoga chiqgan prezident qanday lavozimni egallaydi?
A) Mudofaa vaziri B) Prezident S) Umrbod senat raisi D) Ichki ishlar vaziri
78. Mamlakatimizda zarur paytlarda butun mamlakat bo’yicha favqulotda vaziyat yoki urush holatini joriy qilish huquqiga kim ega?
A) Mudofaa vaziri B ) Prezident S)Sud raisi D) Ichki ishlar vaziri
79. Hammurapi qonunlari qadimda qaysi mamlakatda joriy etilgan?
A) Bobilda B) Xitoyda S) Baqtriyada D) Spartada
80. Fuqarolik jamiyatida davlat jamiyatning ………….dir.
A) Hukmdori B) Boshlig’i S) Yollanma xizmatkori D) To’g’ri javob yo’q
81. Etatik davlatga misol keltiring.
A) Bobilda B) Xitoyda S) Baqtriyada D) Sobiq sovet davlati
82. Senat raisi kimning taqdimiga binoan saylanadi
A) Oliy Majlis B) Mudofaa vaziri S) Bosh vazir D) Prezident
83. Senat a’zolarining necha nafari Prezident tomonidan tayinlanadi?
A) 11 B) 13 S) 16 D) 17
84. Oliy Majlis sessiyasi bir yilda kamida necha marta o’tkaziladi?
A)1 B)2 S) 6 D)7
85. Mamlakatda mehnat qilayotgan aholining huquqlari davlat tashkilotlari bilan bir qatorda himoya qiluvchi eng ommaviy jamoat birlashmasi nima deb ataladi?
A) Oliy Majlis B)Vazirlar Mahkamasi S)Kasaba uyushma D) Mudofaa vazirligi
86. Davaltni boshqarishni amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi va bu idoralar huquqshunoslik fanida ………..deyiladi?
A) Prokuratura B) Sud S) Advokatura D) Davlat organlari
87. Podshoh o’zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko’rsatishi zarur. Ushbu jumla kimga tegishli?
A) Abdulloh Maqni B) A.Navoiy S) Amir Temur D) Abu Rayhon Beruniy
88. Suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi nima deb ataladi?
A) Konfederatsiya B) Federatsiya S) Monarxiya D) Unitar
89. Parlamentar respublikaga qaysi mamlakatlarni misol keltiramiz?
A) AQSh, Braziliya B) O’zbekiston, Qirg’iziston S) Germaniya, Portugaliya D) Yaponiya, Buyuk Britaniya
90. Davlat ishlarining 9 ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim. Ushbu jumla ……… tegishli.
A) Abdulloh Maqni B) A.Navoiy S) Amir Temur D) Abu Rayhon Beruniy
91. Prezidentlik respublikasida davlatni kim boshqaradi?
A) Oliy Majlis B) Mudofaa vaziri S) Bosh vazir D) Prezident
92. Fuqarolik jamiyati institutlari nechanchi sektor deb ataladi?
A) 4-sektor B) 3-sektor S) 1-sektor D) 6-sektor
93. O’zbekistonda davlat hokimiyatining birdan bir manbai bu - …… .
A) Xalq B) Prezident S) Mahalla D) Banklar
94. Prezident necha yil muddatga saylanadi?
A) 4 yil B) 7 yil S) 5 yil D) 8 yil
95. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini kim tarqatib yuborishga haqli?
A) Xalq B) Prezident S) Mahalla D) Banklar
96. Amir Temur saltanat 3 narsa bilan tikdir degan.Ularning nomlari keltirilgan javoblarni belgilang.
A) xalq, navkar, qurol B) Xalq, navkar, elchilar. S) mulk, xazina, lashkar D) mulk, lashkar
97. Davlat funksiyalari necha turga bo’lingan?
A) 2 B) 3 S) 4 D) 5
98. Mutloq monarxiyada davlatni kim boshqaradi?
A) monarx B) vazir S) president D) xalq
99. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tiziminima deb ataladi?
A) Parlament B) Huquq S) Jamiyat D) Davlat mehanizmi
100. Bevosita demokratiya qanday shaklda amalga oshiriladi?
A) Qonun chiqarish orqali B) Saylovlar, referendumlar orqali S) Hukumat qarori asosida D) Prezident farmonlari va Oliy Majlis qarorlari asosida
JAVOBLARI
8-huquq
1.A 8-huquq 5-bet
2. S 8-huquq 7-bet
3. B 8-huquq 13-bet
4. D 8-huquq 17-bet
5. B 8-huquq 17-bet
6. D 8-huquq 18-huquq
7. S 8-huquq 21-bet
8. A 8-huquq 21-bet
9. B 8-huquq 23-bet
10. A 8-huquq 30-bet
11. D 8-huquq 31-bet
12. B 8-huquq 30-bet
13. A 8-huquq 32-bet
14. A 8-huquq 30-bet
15. D 8-huquq 32-bet
16. D 8-huquq 36-bet
17. S 8-huquq 36-bet
18. A 8-huquq 41-bet
19. S 8-huquq 41-bet
20. D 8-huquq 41-bet
21. B 8-huquq 42-bet
22. S 8-huquq 48-bet
23. A 8-huquq 51-bet
24. A 8-huquq 54-bet
25. B 8-huquq 62-bet
26. D 8-huquq 63-bet
27. S 8-huquq 66-bet
28. A 8-huquq 67-bet
29. B 8-huquq 71-bet
30. B 8-huquq 76-bet
31. S 8-huquq 76-bet
32. S 8-huquq 77-bet
33. A 8-huquq 76-bet
34. D 8-huquq 78-bet
35. B 8-huquq 81-bet
36. D 8-huquq 82-bet
37. A Konstututsiya 26-modda
38. B 8-huquq 82-modda
39. S 8-huquq 83-bet
40. A 8-huquq 83-bet
41. S 8-huquq 43-bet
42. A 8-huquq 43-bet
43. B 8-huquq 43-bet
44. D 8-huquq 43-bet
45. A 8-huquq 87-bet
46. B 8-huquq 87-bet
47. S 8-huquq 87-bet
48. A 8-huquq 87-bet
49. A 8-huquq 87-bet
50. S 8-huquq 87-bet
51. A 17-modda
52. B 8-huquq 87-bet
53. S 8-huquq 87-bet
54. S 8-huquq 88-bet
55. A 8-huquq 87-bet
56. S 8-huquq 81-bet
57. S 8-huquq 80-bet
58. A 8-huquq76-bet
59. B 8-huquq 76-bet
60. B 8-huquq 73-bet
61. D 8-huquq 72-bet
62. A 8-huquq 73-bet
63. D 8-huquq 7-bet
64. B Konstitutsiya 76-modda
65. B 8-huquq 71-bet
66. S 8-huquq 68-bet
67. A 8-huquq 67-bet
68. B Konstitutsiyaning 92-moddasi
69. D 8-huquq 64-bet
70. S 8-huquq 63-bet
71. A 8-huquq 61-bet
72. S Konstitusiyamizning 11-moddasi
73. A 8-huquq 71-bet
74. S 8-huquq 73-bet
75. D 8-huquq 73-bet
76. A 8-huquq 61-bet
77. S 8-huquq 68-bet
78. B 8-huquq 68-bet
79. A 8-huquq 49-bet
80. S 8-huquq 49-bet
81. D 8-huquq 54-bet
82. D 8-huquq 72-bet
83. S 8-huquq 72-bet
84. B 8-huquq 73-bet
85. S 8-huquq 58-bet.
86 D 8-huquq 43-bet
87. A 8-huquq 44-bet
88. A 8-huquq 37-bet
89. S 8-huquq 32-bet
90. S 8-huquq 33-bet
91. D 8-huquq 32-bet
92. B 8-huquq 51-bet
93. A 8-huquq 61-bet
94. S 8-huquq 66-bet
95. B 8-huquq 68-bet
96. S 8-huquq 23-bet
97. A 8-huquq 28-bet
98. A 8-huquq 32-bet
99. D 8-huquq 43-bet
100. B 8-huquq 42-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |