Toshkent shahar Hamza tumani 307- davlat Ixtisoslashtirilgan Umumta'lim maktabining matematika o'qituvchisi



Download 60 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi60 Kb.
Toshkent shahar Hamza tumani 307- Davlat Ixtisoslashtirilgan

Umumta'lim maktabining matematika o'qituvchisi

Rahimova M. " Algebraik kasrlarni ko’paytirish va bo’lish " degan mavzusidagi noan'anaviy dars ishlanmasi

7- sinf .

Mavzu :“Algebraik kasrlarni ko’paytish va bo’lish”.

Darsning maqsadi:



1.Ta'limiy maqsadi: “Algebraik kasrlarni ko’paytish va bo’lish”haqida tushuncha berish . O'tilgan mavzuni amaliy mashqlar yechib mustahkamlash o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini o'stirish:

2. Tarbiyaviy maqsadi: Yoshlarda matematika faniga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek fanlararo bog'lanishni o'quvchilar amaliyotida qo'llab ishonch hosil qilishga erishish:

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning matematik tassavurini yanada mujassamlashtirish, ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish va umumiy dunyoqarashini o'zgartirish.

Darsning turi: Aralash.

Darsni jihozlash:AKT, tarqatma materiallar ,o’quv qo’llanmasi.

Darsda yangi ped theh usullari:Logik zanjir , Moychechak , Delegatlar .

Darsning rejasi:

I. Tashkiliy qism: 1-2 minut.

II. Uyga vazifani so'rash: 10 minut.


  1. Yangi mavzuni bayon qilish: 15 miut.

  2. Mustahkamlash:15

V. Uyga vazifa berish: 3 minut.

Darsning borishi.



  1. Tashkiliy qism: Navbatchi yordamida sinf davomatini aniqlash. Sinf tozaligini ko'zdan kechirish. Sinfni teng 3 guruhga bo'lish.

  2. Uyga vazifani so’rash :O’quvchilardan uyga berilgan vazifa bo’yicha savol bor yoki yo’qligini aniqlash .O’tilgan mavzu bo’yicha mustaqil ish .2-3 minut .

  3. Yangi mavzu bayoni :

a)Logik zanjir dan foydalanib o’tilgan mavzularni takrorlash ya’ni kasrlarni kopaytirish, bo’lish ,o’zaro teskari sonlar , bir hil asosli darajaliarni ko’paytirish va bolishlarni takrorlash .

b)Aqliy hujum dan foydalanib tuzgan gapidan kelib chiqgan holda misollar berish .

( Misol uchun : Kasrlarni ko’paytirishga, bo’lishga oid) O'quvchilarga bu savolga javob yozish uchun 3 minut vaqt beriladi (javoblarni tekshirishni darsni kuzatayotgan o'qituvchilardan iltimos qilish mumkin).

Hurmatli o’quvchilar biz siz bilan o’tilganlarni birma –bir esladik . Bugun esa biz siz bilan algebraic kasrlani ko’paytirish va bo’lish uchun nima qilish kerak degan savolga javob olamiz.

Algebraik kasrlarni ko’paytirish uchun huddi oddiy kasrlarni kopaytirgandek ya’ni: Ikkita algebraic kasr ko’paytmasi ning surati shu kasrlar suratlari ko’paytmasiga mahraji esa berilgan kasrlar mahrajlarining ko’paytmasiga tengligidan foydalanamiz.

Algebraik kasrlarni bo’lish uchun esa bo’linuvchini bo’luvchining teskarisiga ko’paytirish kerak..( Misollar orgali tishintiraman ).

IV.Mustahkamlsh:

505- 510 misollar. Har bir guruhga bittadan misol berib delegatlar ouini orqali birnecha misol yechilishi bilan tanishamiz.

e.) Og'zaki hisobga oid misollar.

I-guruh:


II- guruh:
III-gurux:
Og'zaki savollarga javoblarni sinf taxtasiga har bir guruh yozadi. Agar javoblar to'g'ri bo'lsa, ularga tanish bo’lgan so’zlar chiqadi , natijada hosil bo'lgan yozuv bo'yicha o'quvchilar o'z fikrlarini bildiradilar (bu yerda fanlararo bog'lanish, bolalarning ijtimoiy qobiliyatini rivojlantirish va umumiy dunyoqarashini o'zgartirish ko'z oldinda tutiladi)

IV: Uyga vazifa: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi .

505-510 misollarning juftlarini ishlab kelish kerak.

I-III guruhlar: Quyidagi tyshynchalarni tahlil qiling :





Tushunchalar

Mazmuni

1.

Algebraik kasr




2.

O’zaro teskari sonlar .




3.

Kasrlarni qo’shish va ayirish .




4.

Kasrlarni ko’paytirish .




5.

Kasralarni bo’lish








II-IV guruhlar: Ven diogrammasi asosida analiz qiling :



(II,IV)
Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Axborotnoma(testlar to’plami) asosida mavziga oid topshiriqlarni yeching.

  2. Qo’shimcha ma’lumot uchun elektron manzillar:

www.eduportal.uz, www.ziyonet.uz


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa