TOSHKENT SHAHAR DUMASI FAOLIYATI.
REJA:
1. Toshkent shahar Dumasining vujudga kelishi.
2. Toshkent shahar Dumasi faoliyati.
3. Dumaga mahalliy aholi vakillarining saylanishi va bundan.
Adabiyotlar:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. - Т. 2001.
2. Воҳидов III., Холиқова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқарув тарихидан.
- Т. Янги аср авлоди. 2006.
3. Низомулмулк. Сиёсатнома - Т.: Янги аср авлоди. 2008.
4. Сагдуллаев А. Ўзбекистон давлат ва жамият тараққиёти йўлида. -Т. 2000.
5. Сагдуллаев А. Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. -Т.
Академия. 2006.
6. Темур тузуклари. -Т. 1992.
7. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. Д.А Алимова. Э. Ртвиладзе. -
Т. 2001.
Toshkent
shaharDumasi
–
Umumrossiyashaharnizomigako‘raToshkentdatashkiletilgan. 1877 yil 16 avgustda
Toshkent shahar
Dumasiga saylovlar boshlanib
, 30 avgustla ochilishi bo‘lib o‘tgan.
Dumada Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hay’at tuzilib, u
saylovchilar ro‘yxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov o‘tkazish
bo‘yicha ish olib borgan. 4 yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovda 25 yoshga
to‘lgan
fuqarolar
, asosan,
savdogarlar
, yirik korxonalar
va uy egalari ishtirok
etganlar. Toshkent shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Duma raisi ham bo‘lgan.
Yangi tashkil etilgan Dumaning asosiy maqsadi shaharni mustamlakachilar qo‘lida
saqlab turish va Dumaga saylangan mahalliy aholi vakillarini hokmiyatni tayanchiga
aylantirish
edi.
Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va u 1877
yilda Sankt-
Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent shahar Dumasi
va boshqarma saylash nazarda tutilgan. Toshkent
shahar Dumasi noiblarining
uchdan ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar aholisidan saylan
adi, deb belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab, saylovchilar uch toifag
a ajratiladi. Mulk tsenzi nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda, ko’chmas mul
k qiymatining bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 so’mdan ziyod ko’chmas
mulk egalaridan uch toifali saylovchilar ro’yxati tuziladi. Etarli mulkka ega bo’lma
gan ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum bo’lib
qoldilar.1877 yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo’yicha saylov
chilar yig’ini bo’lib o’tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi. Dumaga Toshk
entning 80 mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya’ni tub erli ah
olidan atigi 21 nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000 mingga y
aqin kishi yashaydigan yangi shahar qismidan saylandi.
Bu holat boshqaruvnin
g mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir.Toshkent shahar D
umasi farmoyish beruvchi organ bo’lib, uni shahar hokimi – oqsoqol boshqarardi.
Turkiston
general-
gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (golova) etib shahar hokimi polkovnik E.
P.Pukalov tayinlanadi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat – shahar
boshqarmasi
(mahkamasi)
tuziladi.
Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi, obodonlashtiri
sh, suv ta’minoti va boshqa shahar xo’jaligi bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullanard
i. Jumladan, 1892 yilda shaharda telefon aloqasining yo’lga qo’yilishi, 1901 yilda
ot tortuvchi tramvay yo’lining, 1912 yilda elektr toki bilan yuruvchi tramvay
yo’lining
barpo etilishi, ko’chalarni yorituvchi elektr lampochkalarining o’rnati
lishi kabilarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari qatoriga kiritish mumkin.
O’lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham mustamlakachilik tartibi
ni mustahkamlashga, mahalliy aholining har qanday norozilik harakatini bo’g’
ish va bostirishga qaratilgan edi. Chorizmning ma’muriy idora usuli o’lkani iqtisod
iy o’zlashtirish, aholini ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati b
ilan uyg’unlashtirilgan edi.
Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va u 1877 yilda Sankt-
Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent shahar Dumasi va
boshqarma saylash nazarda tutilgan. Toshkent shahar Dumasi noiblarining uchdan
ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar aholisidan saylanadi, deb
belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab, saylovchilar uch toifaga
ajratiladi. Mulk tsenzi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, ko’chmas mulk
qiymatining bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 so’mdan ziyod ko’chmas mulk
egalaridan uch toifali saylovchilar ro’yxati tuziladi. Etarli mulkka ega bo’lmagan
ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum bo’lib
qoldilar. 1877 yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo’yicha
saylovchilar yig’ini bo’lib o’tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi.
Dumaga
Toshkentning 80 mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya’ni tub
erli aholidan atigi 21 nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000
mingga yaqin kishi yashaydigan yangi shahar qismidan saylandi. Bu holat
boshqaruvning mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir.
Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo’lib, uni shahar hokimi –
oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori
tomonidan Duma oqsoqoli
(golova) etib shahar hokimi polkovnik E.P.Pukalov tayinlanadi. Noiblar orasidan
ijro etuvchi hokimiyat – shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi. Toshkent shahar
Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi, obodonlashtirish, suv ta’minoti
va boshqa shahar xo’jaligi bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullanardi. Jumladan, 1892
yilda shaharda telefon aloqasining yo’lga qo’yilishi, 1901 yilda ot tortuvchi tramvay
yo’lining, 1912 yilda elektr toki bilan yuruvchi tramvay yo’lining barpo etilishi,
ko’chalarni yorituvchi elektr lampochkalarining o’rnatilishi
kabilarni Toshkent
shahar Dumasining ijobiy ishlari qatoriga kiritish mumkin. O’lkada tashkil etilgan
politsiya va sud idoralari ham mustamlakachilik tartibini mustahkamlashga,
mahalliy aholining har qanday norozilik harakatini bo’g’ish va bostirishga qaratilgan
edi. Chorizmning ma’muriy idora usuli o’lkani iqtisodiy o’zlashtirish, aholini
ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan uyg’unlashtirilgan
edi.