Toshkent shahar Chilonzor tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 178-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “ O’zbekistonning mintaqaviy tshkilotlar doirasida ko’p tomonlama hamkorligi” nomli seminar BAYONNOMASI 03.03.2022 yil. Toshkent shahar Qatnashdilar:
Chilonzor tumani ijtimoiy gumanita fanlar metodisti : Q.Z.Ashurov, O‘IBDO‘: D.Ch.Tilavova maktab ijtimoiy fanlar metod birlashma rahbari: N.S.Karimova, chilonzor tumani maktab tarix, huquq, tarbiya fanlari o‘qituvchilari
Kun tartibi:
Psixolog : X. Xabibovna psixologik trening mavzusi : “ Yomg’ir”
Ma’ruzachi: F.B.Abdurasulova . Maruza:« O’zbekistonning mintaqaviy tshkilotlar doirasida ko’p tomonlama hamkorligi »
Eshitildi: Chilonzor tumani ijtimoiy gumanita fanlar metodisti Q.Z. Ashurov so’zga chiqib bugungi ko’riladigan ma’ruza bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bildirda . Bu tumanlataro tashkil etilayotgan seminar mashg’ulotlardan ko’langan maqsad erishilishi kutilayotgan natijalar tarix fanini o’qitishning dolzarb masalalari haqida o’z tavsiyalarini bildrib ma’zruzachilarga so’z berdi
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan ijtimoiy fanlar metod birlashma raisi N.S.Karimova so’zga chiqib, pedagog mahorati-davr talabi va fan o’qituvchilarning dars davomida turli metodlardan foydalanish, sinflar kesimida bo’shliqlar bilan ishlash rejasini tuzish hamda “Ustoz-shogird” a’zolarining faoliyati davomida uchraydigan muammolar, ularning yechimi, ijodkorlik qobiliyatlari haqida gapirdi.
Kun tartibidagi 2-masala Psixolog : X. Xabibovna tomonidan psixologik trening “ Yomg’ir” treningini o’qituvchilar bilan o’tkazildi . Bu trening orqali o’qituvchilar hayotda qanday qilib murakkabli vaziyatlardan chiqishi , stresslardan qanday yengish usullari hayotda qanday qilib muvoffaqiyatga erishish yo’llari mahoratli psixolog trening tomonidan amaliy tadbiq qilindi. Bundan o’qituvchilar ma’naviy psoxologik dam olishdi.
Kun tartibidagi 3-masala Ma’ruzachi: F.B.Abdurasulova. Maruza mavzusi « O’zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko’p tomonlama hamkorligi » mavzusida seminar dars o’tdi. Dars jarayonida o’qituvchi mavzuni o’quvchilarga tushunarli va sodda qilib tushuntirish usul va metodlari haqida gapirdi metod birlashma a’zolari bilan hamkorlikda O’zbekistonning bugungi kundagi jahon miqyosida turgan o’rni, jahon miqyosida tan olingan birqancha tashkilotlarga a’zo bo’lib kirganliklari bundan ko’zlangan maqsad va vazifalri haqida siyosiy nuqtai nazardan yondoshib bahsli munozaralar olib borildi. O’qituvchi tomonidan tayyorlanib kelingan zamonaviyn texnologiyalardan foydalanib slaydlar, mavzuga oid tarqatma materiallar savollar, bugungi kundagi global lashib borayotgan “Zakovat” intelektual o’yinlari namoyish qilinib amaliy qo’llanildi. Zakovat intelektual o’yinlarida mantiqiy savollar bo’lishi bilan birgalikda savollar orasida tarix faniga oid qiziqarli savollar ham muhokamaga qo’yildi.
Qaror qilindi: Chilonzor tumani ijtimoiy gumanitar fan o’qituvchilari faoliyati doirasida seminarlar tashkil qilinsin. Mas’ul Chilonzor tumani ijtimoiy gumanita fanlar metodisti Q.Z.Ashurov
Ijtimoiy fanlaridagi bo’shliqlar ustida ishlash rejasi tuzilsin. Mas’ul metod birlashma a’zolari
Chilonzor tumani ijtimoiy gumanita fanlar metodisti: Q.Z.Ashurov