Тошкент шаҳар ҳокимияти 2021 йил 25 январдаги қарори билан



Download 140,4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2022
Hajmi140,4 Kb.
#411437
Bog'liq
Biznes oraliq



Тошкент  шаҳар  ҳокимияти  2021  йил  25  январдаги  қарори  билан 

“Майкоп  сервис”  МЧЖга  қарашли  савдо  мажмуаси  биносини  уни 

огоҳлантирмасдан  туриб  бузиб  ташлаган.  Бунинг  натижасида  МЧЖга  11  75 

000 000 сўм зарар етказилган. Мазкур зарарни ундириш мақсадида “Майкоп 

сервис” 

МЧЖ 


иқтисодий 

судига 


мурожаат 

қилиб, 


Ўзбекистон 

Республикасининг  “Хусусий  мулкни  ҳимоя  қилиш  ва  мулкдорлар 

ҳуқуқларининг  кафолатлари  тўғрисида”ги  Қонунига  асосан  ҳокимиятдан 

зарарни тўлиқ ундириб беришни сўраган. 

Тошкент  шаҳар  иқтисодий  судининг  биринчи  ва  апелляция 

инстанциялари қарори билан “Майкоп сервис” МЧЖнинг даъво талабларини 

қаноатлантириш рад этилган. 

 

Тошкент  шаҳар  ҳокимиятининг  ҳаракатлари  қонуний  ҳисобланадими? 



Жавобингизни асосланг.

 

Тадбиркорлик  субъектларининг  хусусий  мулкини  ҳимоя  қилиш  борасида 



қонун ҳужжатларида қандай кафолатлар берилган? 

 

“Майкоп сервис” МЧЖнинг иқтисодий судга мурожаат ҳамда важлари 



қонуний ҳисобланадими? 

 

Суд  мазкур  низони  қандай  ҳал  қилиши  лозим.  Фикрингизни  қонун 



ҳужжатларига мувофиқ асослаб беринг.

 

 



 


Hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini 

buzib,  o‘z  uy-joyidan  majburiy  ko‘chirish  holatlari  aks  etgan  video  xabarlar  ko‘payib 

bormoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini yuritishlari uchun 

qator  qulaylik  va  imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Tadbirkorlarga  yaratilgan  imtiyoz  va 

yangilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning  Oliy  Majlisga 

Murojaatnomasida  iqtisodiyotni  yanada  liberallashtirish,  tadbirkorlarga  berilayotgan 

imkoniyatlarni  kengaytirish,  xususiy  mulkni  himoya  qilish,  biznes  muhitini  turli 

bosimlardan  xoli  qilish  masalalariga  alohida  e'tibor  qaratildi.  Prezidentimiz  qo'lga 

kiritilgan  ulkan  yutuqlar  barobarida  o'z  yechimini  kutayotgan  muammolar  ham 

borligiga e'tibor qaratdi. Xususan, ayrim hollarda mahalliy davlat hokimiyati va nazorat 

organlari 

tomonidan 

xususiy 


mulk 

huquqlarining 

buzilishi 

holatlari 

takrorlanayotganligini ta'kidladi. 

 “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” 

Qonunning 

7-moddasida 

“Mulkdorning 

davlat 


organlari 

bilan 


o‘zaro 

munosabatlarida mulkdor  huquqlarining  ustuvorligi  prinsipi  amal  qiladi, unga  muvofiq 

qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga 

keladigan  barcha  bartaraf  etib  bo‘lmaydigan  ziddiyatlar  va  noaniqliklar  mulkdorning 

foydasiga talqin etiladi” deb belgilangan. 

Mamlakatimizda  tadbirkorlik  subyektlari  o‘z  faoliyatlarini  yuritishlari  uchun  qator 

qulaylik  va  imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Tadbirkorlarga  yaratilgan  imtiyoz  va 

yangilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasining  "Tadbirkorlik  faoliyatining  jadal  rivojlanishini 

ta’minlashga,  xususiy  mulkni  har  tomonlama  himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik 

muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi 



munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va 

qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-418-son Qonuni tasdiqlandi. 

Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining  2019  yil  16  noyabridagi  911-sonli  “Jismoniy 

va  yuridik  shaxslarning  mulk  huquqlari  kafolatlarini  taʼminlash  hamda  yer 

uchastkalarini  olib  qo‘yish  va  kompensatsiya  berish  tartibini  takomillashtirishga  doir 

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq: 

1.

 

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, 



shu  jumladan,  muayyan  hududning  arxitektura  qiyofasini  o‘zgartirish  va  yaxshilashga 

qaratilgan  davlat  dasturlari  hamda  investitsiya  va  ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib 

qo‘yish yer  egasining  roziligi  bilan  yoki  yerdan  foydalanuvchi  va  ijarachi  bilan 

kelishgan  holda Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi,  xalq  deputatlari 

Kengashlari,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar 

Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladi; 

 

2.



 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

yoki  tuman  (shahar)  hokimliklarining  olib  qo‘yilayotgan  yer  uchastkasida 

joylashgan ko‘chmas  mulk  obyektini  buzib  tashlash  to‘g‘risidagi  qarori  adliya 

organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi; 

 

3.



 

yer  uchastkasini  olib  qo‘yish  tashabbuskori  hamda  olib  qo‘yilayotgan  yer 

uchastkasida  joylashgan  ko‘chmas  mulk  obyektining  mulkdori  o‘rtasida  tuziladigan 

yerni 


olib 

qo‘yish 


munosabati  bilan  kompensatsiya  berish  to‘g‘risidagi 

kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi; 




 

4.

 



ko‘chmas  mulk  obyektini  buzib  tashlash  to‘g‘risidagi  qarorni  qabul  qilishga  olib 

qo‘yilayotgan  yer  uchastkasida  joylashgan  ko‘chmas  mulk  obyekti  mulkdoriga 

kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya 

to‘liq taqdim etilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi; 

 

5.

 



Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  hokimliklarning  yer 

uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki 

unga  o‘zgartirish  kiritish,  shu  jumladan,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar 

Kengashi,  hokimliklar  yoki  boshqa  davlat  organi  tomonidan  maʼmuriy  tartib-

taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish yo‘li 

bilan yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Uy-joy nizolari 

bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”  2001  yil  14  sentyabr  22-sonli  Qarorining  8-bandiga 

asosan, yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati 

bilan fuqarolar mulki bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, 

ularning  oila  aʼzolariga,  shuningdek  ushbu  uylarda  (kvartiralarda)  doimiy 

yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy 

maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, 

avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning 

bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar 

va  dov-daraxtlarning  bozor  qiymati,  shuningdek  yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqning 

bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. 

Vazirlar  Mahkamasining  2019  yil  16  noyabrdagi  911-son  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“Yer  uchastkalari  olib  qo‘yilishi  va  olib  qo‘yilayotgan  yer  uchastkasida  joylashgan 



ko‘chmas  mulk  obyektlari  mulkdorlariga  kompensatsiya  berish  tartibi  to‘g‘risida” 

Nizomning 5-bobida mulkdor va tashabbuskor o‘rtasida yuzaga keladigan nizo bo‘yicha 

kelishuvga  erishilmagan  taqdirda  —  ushbu  nizo  sud  tartibida  ko‘rib  chiqilishi  hamda 

ushbu nizo bo‘yicha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar yer uchastkasi olib 

qo‘yilishi  to‘g‘risidagi  qaror  hamda  olib  qo‘yilayotgan  yer  uchastkasida  joylashgan 

ko‘chmas  mulk  obyektlarini  buzib  tashlash  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilinishiga  yo‘l 

qo‘yilmasligi belgilangan. 

 

Shuningdek,  mazkur  Nizomga  ko‘ra,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  davlat  organi 



(mansabdor  shaxs)ning  noqonuniy  maʼmuriy  hujjati  qabul  qilinishi  oqibatida 

yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning byudjetdan 

tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida 

undirib olinadi. 

Ushbu  muammoli  vaziyatda  ham  Toshkent  Shahar  hokimligi  bir  qator  jiddiy 

xatoliklarga yo’l qo’ygan. Jumladan, yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda 

olib  qo‘yilayotgan  yer  uchastkasida  joylashgan  ko‘chmas  mulk  obyektining  mulkdori 

o‘rtasida  tuziladigan  yerni  olib  qo‘yish  munosabati  bilan  kompensatsiya  berish 

to‘g‘risidagi  kelishuv  majburiy  tarzda  notarial  tasdiqlanmagan.  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  yoki  tuman  (shahar) 

hokimliklarining  olib  qo‘yilayotgan  yer  uchastkasida  joylashgan  ko‘chmas  mulk 

obyektini  buzib  tashlash  to‘g‘risidagi  qarori  adliya  organlarining  ijobiy  xulosasi 

olinmagan. Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga 

olib  qo‘yilayotgan  yer  uchstkasida  joylashgan  ko‘chmas  mulk  obyekti  mulkdoriga 

kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya 

to‘liq taqdim etilgan holda MCHJga tegishli mulk buzib tashlangan. 




MCHJ  bu  o’rinda  taalluqligi  bo’yicha  iqtisodiy  sudga  emas  balki  m’muriy  sudga 

murojaat  qilishi  zarur  edi.  Yuqoridagi  normativ-huquqiy  qonun  hujjatlariga  tayanib 

mening fikrimcha ma’muriy sud MCHJning foydasini ko’zlab qaror qabul qilishi kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Foydalanilgan qonun hujjatlari 

1.

 



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy  Majlisga 

Murojaatnomasi 




2.

 

O'zbekiston  Respublikasi  “Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdorlar 



huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” Qonuni 

3.

 



O‘zbekiston 

Respublikasining 

"Tadbirkorlik 

faoliyatining 

jadal 

rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga 



va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat  jihatidan  yaxshilashga  doir  qo‘shimcha 

chora-tadbirlar 

qabul  qilinganligi  munosabati  bilan  O‘zbekiston 

Respublikasining  ayrim  qonun  xujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-418-son Qonuni 

4.

 



Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining  2019  yil  16  noyabridagi  911-sonli 

“Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  mulk  huquqlari  kafolatlarini  taʼminlash 

hamda  yer  uchastkalarini  olib  qo‘yish  va  kompensatsiya  berish  tartibini 

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori 

5.

 

Vazirlar  Mahkamasining  2019  yil  16  noyabrdagi  911-son  qarori  bilan 



tasdiqlangan  “Yer  uchastkalari  olib  qo‘yilishi  va  olib  qo‘yilayotgan  yer 

uchastkasida  joylashgan  ko‘chmas  mulk  obyektlari  mulkdorlariga 

kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida” Nizomi 

 

 



 

 

 



 

 



 

Download 140,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish