X.N.Fayziev va Umarova M.S. tomonidan tuzilgan “Sog’lom va bemor bola
parvarishi” 2-kurs talabalari uchun o’quv-metodik qo’llanmasiga
TAQRIZ
Metodik qo’llanma o’z ichiga “Sog’lom va bemor bolalarni parvarishi” sikli
bo’yicha hamma mavzularni o’z ichiga olgan. Tibbiyot hamshirasining xujjatlari,
shuningdek shoshilinch xolatlarda shifokorgacha bo’lgan tez yordam choralari,
yurak-qon tomir tizimi, hazm tizimi, nafas, peshob xosil qilish va ajratish
a'zolarining kasalliklarida parvarishini amalga oshirish to’liq yoritgan.Bu
talabalarni institutda o’quv va keyingi shifokorlik faoliyatida muovaqiyat
qozonishlariga zamin yaratadi.
Metodik qo’llanmada amaliy mashg’ulotlarni asosiy maqsadi,vazifalari, talabalarni
bilishi va bajara olishi kerak bo’lgan ko’nikmalari,teoretik savollari,mavzuni
maqsadlari to’liq yozilgan. “Mavzuni maqsadi” bo’limida zamonaviy
adabiyotlardan foydalanilgan.
Qo’llanma lotin alifbosida reja asosida yozilgan bo’lib, hozirgi zamon
talablariga javob beradi. Bemor va sog’lom bolalarni parvarish etish bo’yicha
o’quv-qo’llanmalarni etishmasligi sababli, ushbu qo’llanma talabalarga amaliyot
va teoretik darslarda amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda tavsiya etilayotgan metodik qo’llanma talablarga javob
beradi va 2-kurs talablari uchun foydalanish uchun nashrga berishga tavsiya etiladi.
TMA Pediatriya kafedrasi
mudiri, t.f.d., professor Karimjonov I.A.
Kirish
O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi”, ”Sog’liqni saqlash tizimining isloh qilish Davlat dasturi”
to’g’risidagi Qonunlarning qabul qilinishi –milliy tibbiyotni rivojlanishiga katta
imkoniyatlar yaratdi.
Hozirgi davr tibbiyotining asosiy e'tibori sog’lom turmush tarzini targ’ibot
qilish,sog’lom avlodni tarbiyalash va kasalliklarning oldini olishga
karatilgan.tibbiyot institutlarinig eng muhim vazifasiga esa e'tiborni yuqori
malakali, mutaxassislarni tayyorlab etkazishga qaratishdan iborat.Bu bo’lg’usi
mutaxassislarni xam nazariy, xam amaliy
tayyorgarlik darajasini ,mutassil oliy o’quv yurti dargoxiga kelgan kunidan
boshlab,oshirib borishni talab etadi.
Tibbiyot institutining,pediatriya fakultetlarida “bolalarni parvarish etish
“ asoslari kursini o’tilishi 2- kurs talabalarini sog’lom va bemor bolalarni parvarish
etish, kichik va o’rta tibbiyot xodimlari ish uslublari bilan tanishtirib,
tibbiyothamshirasining bu sohadagi qator vazifalarini mustaqil bajarishga imkon
yaratadi.
Pediatriya klinikalarida, talabalar bu fanni o’zlashtirish jarayonida bolalarni
davolash va kasallikni oldini olish muassasalari ishlari bilan tanishib,bolalar bilan
alohida munosabatda bo’lishga o’rganadilar,ahloq-odob qoidalarini va sanitariya-
epidemiologik tartiblarini o’zlashtiradilar. Bu ularni institutda o’quv va keyingi
shifokorlik faoliyatini muovaqiyatli bo’lishiga zamin yaratadi.
Ushbu metodik qo’llanmani,talabalarni amaliy mashg’ulot darslariga mustaqil
tayyorlanishiga yordam berish maqsadida tuzildi. Demak,ushbu metodik qo’llanma
darslikni o’rnini qoplamay talabalarni mustaqil tayyorgarligi uchun yordamchi
o’quv qo’llanmasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |