Aerob dissimilyasiya oldidan anaerob parchalanish (masalan,
glikoliz) kuzatiladi. Ana shunday holatni sut emizuvchilar va odam
mushaklarida, jigarida, yuragida, eritrotsitlarida, spermatozoidlarida va
o‘sma hujayralarida kuzatish mumkin.
Dissimilyasiya natijasida faqat uglevodlargina emas, balki oqsillar,
yog‘lar ham parchalanadilar va shu tufayli energiya manbai bo‘la
oladilar. Ular parchalanganda S02 va N20 dan tashqari kichik
molekulyar azotli birikmalardan mochevina, ammiak va boshqalar ham
hosil bo‘ladi. Bu birikmalar siydik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Assimilyasiya va dissimilyasiya turlarini quyidagicha tasniflash mumkin
(6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |