Mehnat qobilyatini yo‘qotish qisqa (bir necha minutdan bir necha sutkagacha), uzun (haftalar, oylar, yillar) va doimiy bo‘lishi mumkin.
Аholi orasida sodir bo‘lgan barcha yo‘qotishlar umumiy yo‘qotishlar deyiladi.
Umumiy yo‘qotishlar (shartli ravishda) bo‘linadi:
1.Qaytmas yo‘qotishlar:
-o‘lganlar;
-asirga tushganlar;
-bedarak yo‘qolganlar.
2.Sanitar yo‘qotishlar - bir sutkadan ko‘p mehnat qobilyatini yo‘qotgan va tibbiy yordamiga muhtoj bo‘lgan va tibbiy ko‘chirish bosqichlarida hisobga olingan shaxslar.
Sanitar yo‘qotish bo‘linadi:
-jangovor (dushman qurolidan shikastlansa);
-jangovor bo‘lmagan (somatik kasalliklar: apendisit, gripp…).
Bitta shikastlanganda bir nechta travmatik shikastlanish bor bo‘lganda quyidagicha ta’riflanadi: