Toshkent pedagogika kolleji


Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar



Download 59,62 Kb.
bet5/8
Sana22.01.2022
Hajmi59,62 Kb.
#400186
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
innovatsion texnologiya referat

Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar


Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina o‘quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o‘quv-metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega.

O‘tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog‘liq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o‘quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajribasinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko‘lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak.

Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o‘zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o‘zining tayanch metodologiyasiga ega bo‘lgan pedagogika fanining muhim tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini yangidan-yangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta’lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgandir.

Pedagogik prognostika o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida o‘quvchi-talabalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo‘llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o‘quvchi hamda o‘qituvchining jonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog‘i lozim.

Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat’iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-talabaning boshqa o‘quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, o‘quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’ekti, o‘quvchi-talabalar pedagogik jarayonning ob’ekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quvtarbiya vazifalarini hal etadi.

Ushbu pedagogik texnologiyada ta’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g‘oya qay darajada amalga oshirilganligi ta’lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo‘lgan munosabat hisoblanadi.

Insonning boshqa mavjudotlardan farqi – o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yib, so‘ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to‘siqni yengib o‘tish uchun qo‘llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi.

Inson maqsadga yetishda bir necha, ba’zan esa o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri keladi. Bu to‘siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo‘llanadi. Maqsadga yetishda qo‘llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.

Usullarni ma’lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.

Ta’lim uslubi – o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. O‘qitish uslublari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchi-talabalarning ta’lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish – illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi.

Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalarni, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o‘quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.

Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo‘lgandagina, pedagog o‘zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. O‘qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.

Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko‘rinishda oladi. Hattoki, o‘quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu yerda maqsadlarni aniqlashtirishning o‘ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan – ta’lim tizimi vazifalariga, ulardan–ma’lum o‘quv yurti, o‘quv predmeti, uning mavzuli bo‘limlari va alohida o‘quv maqsadlariga o‘tish mumkin.

M.V.Klarin ta’limoti bo‘yicha pedagoglar tomonidan maqsadlarni belgilashning an’anaviy usullari quyidagilar:



  1. O‘quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.

  2. Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash.

  3. Talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali o‘quv maqsadni qo‘yish.

  4. O‘quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo‘yish.

Shu munosabat bilan o‘qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog yoki talabaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi namoyon bo‘lishidan xulosa chiqarish mumkin. Pedagog o‘qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin bo‘lgan tashqi belgilarini, ya’ni so‘zlashish, harakatlanish jarayonini to‘la tasvirlashga intiladi.

Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin.

Ilg‘or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta’limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o‘tish, bo‘lim mazmunini yaxlit holda o‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim o‘rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi.

Ta’limni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:



  • ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash;

  • ta’lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish;

  • ta’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish;

  • ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.

O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh o`qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz. Yosh o`qituvchilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.

1.Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi.

2.Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi.

3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi.

4.O`qituvchi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini ta'minlamaydi.

5. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo`la olmaydi.

Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.

Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha elementlarni o`z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin.



  1. Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo`limlarini belgilab beradi, ya'ni: a) dars kimga mo`ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o`quv predmeti; v) darsning qismlari; g) o`qituvchining ismi sharifi.

  2. Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan o`zlashtirilishi va o`qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo`llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko`rsatiladi.

Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo`lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.

Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1.Mo`ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo`yiladigan savollar, qo`yiladigan muammolar va hokazo.

2.Maqsad - talabalar bugun nimani o`rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi(malaka). Ular o`qituvchiga bugungi o`rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat to`rini bajarib ko`rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o`qituvchi belgilaydi.

3.Kirish - o`qituvchi talabalar o`rganishi lozim bo`lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo`llarini ko`rsatadi.


  1. Modellashtirish (nomoyish qilish) - o`qituvchi o`rganilayotganlarni va natijada o`quvilar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi.

  2. Amaliy boshqaruv-o`qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam raxbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko`rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.

6.Tushunchalarni tekshirish-o`qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg`a borish mumkinmi yoki yo`qligini aniqlaydi. Agar olg`a borish mumkin bo`lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.

7.Mustaqil amaliyot-o`qituvchi talabalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar.

8.Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o`z ishlarini, o`rganganlarini o`qituvchiga so`zlab berish, namoyish qilish orqali ko`rsatadilar.

Amaliy mashqlar yoki rolli o`yin. Topshiriq.



  1. O`z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang.

  2. Mo`ljalni belgilang:

    1. talabalarga nimani o`rgatmokchisiz?

    2. qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?

v) qanday savollar, muammolarni o`rtaga tashlamokchisiz?

  1. Maqsadni aniqlang.

    1. talabalar nimani o`rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi?

  2. Kirish.

    1. dars materialini belgilang.

    2. kontseptsiyani ishlab chiqing.

  3. Modellashtirish.

O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan faoliyat to`rini ko`rsating yoki grafikasini chizing.

  1. Amaliy boshqaruv.

O`quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo`lib chizing va boshqaring.

  1. Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang.

  2. Mustaqil amaliyot yo`lini belgilang.

  3. Darsni tugallang.

Talabalar o`rganganlarini namoyish qilsinlar.

Darsni o`tkazish modeli. Darsni o`tkazish modelini uchta kategoriyaga bo`lish mumkin.



  1. Ko`rgazmali izchillik.

  2. Dars sxemasi.

  3. Asosiy texnologik karta.

Bular og`zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko`nikma va malakalar shakllanishini ta'minlovchi ta'sirlardir. Buni dars davomida og`zaki tushuntirishlar (ya'ni, eshitish) yoki harakatli ko`rsatishlar (ya'ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish mumkin.

Darsda belgilangan vazifalar tahlili. O`qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o`rgatish va ularda shu ko`nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo`llarini izlashi lozim. Buning uchun o`qituvchi o`zini o`quvchi o`rnida tasavvur etib, bu ko`nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo`ladi. Shundan keyingina o`qituvchi har bir qismni ko`rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko`nikmani o`quvchi egallashini ta'minlaydi.

Ba'zi o`qituvchilar belgilangan ko`nikmani talabaga o`rgatish uchun boshidan oxirigacha ko`rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya'ni izohlangan ko`nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.

O`qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unutib qo`yishi o`qituvchidan unutgan qismini qayta so`rashi mumkin. Masalan, men 4 - qismni unutdim, mumkin bo`lsa menga yana bir ko`rsating. Shundan keyin o`qituvchi talabaga eslatish uchun individual yordam beradi. Yoki talaba ko`rsatilgan ko`nikmani bajarayotganda o`qituvchi yo`l ko`rsatib turadi. Siz 3 - qismni to`g`ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan boshlab bajaring. Tekshirib ko`ring, to`g`ri bajardingizmi? kabi. Talaba bajarishi kerak bo`lgan ishni ko`radi va nusxa ko`chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi.

O`qituvchi ishni yaxshi bajargan o`quvchilarni rag`batlantiradi. Doktor Fred Jones dars dizayniga (jihoziga) ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan yangi elementni qo`shdi. Bu quyidagicha: darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo`li talabalarning o`z faoliyatini tanqidiy nazorat qilishi va xatolarini bartaraf eta bilishidir. Faqat shundagina talabalar yanada ko`proq ko`nikmalarni egallaydilar. Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga erishadilar. Buning birdan - bir yo`li “hamroxingga o`rgat” metodini qo`llashdir.

Uni qo`llash yo`li quyidagicha:

1.Sinfni birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`lish kerak.


  1. Darsni o`tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor birinchisiga modeldagi qismni o`rgatadi.

  2. O`qituvchi xohlovchilarga ta'lim metodini modellashtirib avval eshitish yo`li bilan keyin ko`rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko`rsatadi. Keyin talabalar o`qituvchi aytgan va ko`rsatganlarini aniq takrorlaydi.

  3. O`qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o`ziga 2 ta ixtiyoriy hamkorlarni tanlaydi. U modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni suraydi. Shunday yo`l bilan o`qituvchi hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o`rgatib boradi.

  4. O`qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo`yicha bir - biriga o`rgatishni aytadi. Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf etishni ko`rsatadi.

O`qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko`rsatishadi.

  1. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi.

Bu usul talabalarni bir - biriga va o`ziga talabchan bo`lishga, ishini tanqidiy baholay bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o`rgatadi.

Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar. Darsda maqsadni belgilashdan oldin o`qituvchi o`quvchilar bajarishi va o`rganishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi zarur. Darsda belgilangan maqsadning afzalligi va boshqalardan farqli tomonlari ajratib ko`rsatilishi kerak.

An'anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosda ishlashga majbur etish o`qituvchi uchun zararli bo`lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini bug`adi, o`qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib quyadi, undagi pedagogik mahoratning shakllanishiga halaqit beradi. Darsda ta'limning aniq maqsadi belgilanishi muhim. Ta'lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini beradi. Bu esa talabalarni belgilangan maqsad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi. Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota - onalar, talabalar va hokazo).

Chunki aynan shu qiziquvchilar ta'lim sohasiga o`z e'tirozlarini aytadilar. O`qituvchilarni bilimsizlikda, o`z manfaatini ko`zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar.

Ularning ayblovlarini ko`pincha o`qituvchi tan olgisi kelmaydi. Shunda o`qituvchi uni ayblovchi ota-onaning urniga o`zini qo`yib ko`rsa kamchiligi yaqqol ko`zga tashlanadi.

Masalan, o`qituvchi o`quvchiga ertagacha kontinentlarni o`rganib kelish topshirig`i-ni bergan. Ota-onadan o`quvchi yordam so`raganda ular topshiriq nima haqidaligini tushunmaydilar:

Ya'ni kontinentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga, nisbatan yo`nalishini belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo`lsa qaysi ro`yxatdagi nomlardan foydalanish kerak. Ba'zi ro`yxatlar Yevropa va Osiyoni bitta kontinent deb belgilaydi, ba'zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba'zilari esa Avstraliyani Okeaniya kompleksiga kiritadi.O`qituvchi bergan topshiriq asosida o`quvchi darslikda keltirilgan nomlardan foydalanish kerak.

Boshida hech kim o`quvchi ham, ota-ona ham buni bilmagan. Achinarlisi shundaki, o`quvchi imtihongacha ham buni bila olmay, imtixonda yomon baho olgan va qayta topshirish imkoniyatiga ham ega bo`lmagan.

Yana bir misolga diqqatingizni qaratamiz. Prezidentning Oliy Majlis IX sessiyasidagi nutqini o`rganib kelish topshirilgan. Talaba milliy modeldan aynan nimani o`rganishni bilmaydi va Prezidentning nutqini yodlab oladi. O`qituvchi esa yozma ish oladi. Yozma ish talabiga ko`ra matndagi tushirib qoldirilgan so`z va gaplarni joyiga qo`yib grammatik qoida asosida to`g`ri yozishi kerak.Talaba nutqni biladi, lekin grammatik qoida asosida vazifani to`g`ri bajara olmaydi. Natijada yana yomon baho.

Xulosa qilib aytganda o`qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o`rgatiladi va u qanday ko`nikma hosil qilishini ajratib ko`rsatish va natijani mo`ljallashi lozim.

Ko`p hollarda natijani aniq mo`ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba'zida esa belgilangan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilishi kerak.

Talabalar xatti-harakati maqsadini to`g`ri belgilash darsdagi o`qituvchi - o`quvchi, o`quvchi - o`qituvchi o`zaro alokalarining to`g`ri va samarali bo`lishiga yordam beradi. Darsda xatti-harakat maqsadlarini to`g`ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-harakatlarni tushuntirishni ham osonlashtiradi.

Talabalar xatti-harakati maqsadlari nafaqat darslar, balki o`quv rejalari va dasturlarini tuzishda ham asos vazifasini o`tashi lozim. Shuningdek, xatti-harakat maqsadlari talaba o`rgangan ko`nikmalarni namoyish qilishida ham aks etishi lozim.

Ta'lim maqsadlari aniqlangach, shu maqsad asosida bajariladigan ishlarni aniqlash va talabalar qanday yangi ishlarni bajarishlari, ularning xatti-harakati, ko`nikma va malakalarida qanday o`zgarishlar bo`lishini aniq belgilab olish lozim. Har bir o`qituvchi yoki talaba maqsadni aniqlashda bunga etibor berishini va maqsadni oydinlashtirish malakasini egallashi lozim.

Xatti-harakat maqsadi dars rejasidagi markaziy nukta. O`qituvchi xatti-harakat maqsadini belgilar ekan ta'lim jarayonida u nimaga ega bo`ladi, talabaning xulqida qanday sifatlar paydo bo`ladi, sinf xonasida nimalar bo`ladi – bularning hammasini aniqlashi lozim. Umumiy maqsad amalga oshganda talaba o`qituvchiga nimalarni ko`rsatishi yoki bajara olishini namoyish qiladi. O`qituvchi esa o`rganilganlar asosida xulosa chiqarishi va baholashi zarur.

Har qanday xatti-harakat maqsadi uchta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.Bular: bajarilishi lozim bo`lgan xatti-harakat shart-sharoitlari, ularni aniqlovchi fe'llar va ularning talaba xattiharakatida bajarilishini aniqlash mezoni. Xatti-harakat maqsadi - dars rejasining markaziy qismi. Bu o`rganilganlar natijasining tafsiloti va darsning barcha qismlarining asosi hisoblanadi. Shuningdek, darsni baholash mezoni, darsda o`qituvchi nimalarni amalga oshirishni mo`ljallashga ham yo`llanmadir. Maqsadsiz darsda nimalarni amalga oshirishni aniqlash qiyin .

Xatti-harakat maqsadini belgilash uchun darsda o`rganilishi lozim bo`lgan materialning o`ziga xos xususiyatini tushunish va shu asosda ish ko`rish lozim. Xatti-harakat maqsadining tarkibiy qismlarini alohida ko`rib chikamiz.

1. Shart-sharoit bu talaba xatti-harakatida jamlanishi lozim bo`lgan sifatlarning shakllanishi uchun talabaga beriladigan material, imkoniyat, rahbarlik yo`llari va boshqalar. Talaba o`zlashtirishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar shart-sharoitlar doirasida tushunarli bo`lishi va natijada namoyish etilishi kerak.Shart oddiy topshiriqlardan iborat ham bo`lishi mumkin.

Masalan: talabaga biror - bir narsani qilish uchun og`zaki yoki yozma topshiriq beriladi. Bu shartni bajarish uchun sharoit ham yaratiladi, ya'ni karta, nomerlar, karra jadvali, badiiy material yoki shu shartni bajarishga oid qanday materiallar zarur bo`lsa ular beriladi.

E'tibor bergan bo`lsangiz yuqorida talabalarning harakat bajarish uchun namuna berilmaydi yoki yo`llanma ko`rsatilmaydi. Maqsadni bajarish uchun beriladigan yo`llanma boshqa muammo. Bu yerda faqat talaba bajarishi lozim bo`lgan xulqning shart-sharoitlariga dikkat qaratiladi holos.

Har qanday xatti - harakatning samarasi undagi shart - sharoitning to`g`ri aniqlanishiga bog`liq.

2.Fe'llar. Fe'llar talabalarning xatti - harakatida yangiliklarni shakllanishiga sabab bo`ladigan ta'sir so`zi. Biz talabalarga bilimlarini o`rgatamiz. O`rganilganlar asosida nimalarni tushunganlarini, u yoki bu masalaga qanday baho berayotganlarini bilmaymiz. Chunki tushunchalarni ko`rib bo`lmaydi. Faqat ular talabaning ma'lum bir vaziyatda u yoki bu topshiriqni qanday bajarganlarida biror masalani baholayotganlarida ko`rinadi. Shuning uchun ham fe'llar talaba bajarishda ko`zatishi, yozib berishi yoki bir narsani yaratishni ifoda etuvchi harakatlarini ifodalaydi.

Bular birgalikda xatti - harakat maqsadiga asoslanadi. Agar maqsad tushunarsiz, bajariladigan ishlar aniq belgilangan bo`lmasa unda natija ham kutilgandek bo`lmaydi.

Xatti-harakat maqsadi doim natijani ko`zda tutilgan holda belgilashi shart. Toki shu maqsad asosida talaba ma’lum bir ishlarni bajara oladigan bo`lsin.

Dars rejalari va maqsadni o`rganish markazida xatti-harakatni ifodalovchi fellar turadi. Fellar to`g`ri va o`z o`rnida qo`llansa talabalar xulqida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi.

Quyidagi fe'llarni xatti-harakat fe'llari deb baholash maqsadga muvofiq emas: bilmoq, o`rgatmoq, tushunmoq, baholamoq... Xatti-harakat fe'llari talabaning nima qilishi yoki ishlab chiqarishini aniq ko`rsatishi kerak. Xatti-harakat fe'llarini belgilagan o`qituvchi uni ta'limning oxirigacha ham unutmasligi lozim. Fellar xatti - harakat maqsadlarini aniqlashga ham xizmat qiladi.

Bunday fellarning bazilarini ko`rib o`tamiz:

Qoidani qo`llang - Tahlil qilinayotgan vaziyat, obekt yoki holatning yechimini to`g`ri hal etish.

Tasniflang – ma’lum mezonlar asosida vaziyat, obekt yoki so`zlarni alohida tasniflash.

Tuzing – yozma ravishda ko`rsatilgan manbaalar asosida ma’lum bir tarkibini shakllantirish.

Quring – ma’lum bir shartlar yoki obektni tasvirlovchi model, tuzilma qilish yoki rasm chizish.

Aniqlang – ma’lum bir vaziyat, holat yoki ob'ektni aniqlash. Ma'lum bir tip yoki kategoriyaga kiruvchi ob'ekt, vaziyat yoki so`zni tavsiflash.Tavsif uchun mezonlarni aniqlash.

Namoyish qiling – talaba zaruriy ashyolar yordamida biror harakatni namoyish qiladi.

Tasvirlang – ma’lum bir vaziyatga oid obektga xos zaruriy kategoriyalarni aytish uchun uning o`ziga xos xususiyatlarini, o`ziga xos holatlarini tasvirlash.

Diagramma tuzing – ma’lum bir tashkilot yoki tarkibga oid sifatlarini grafik usulda tasvirlash.

Farqlang – bir-biriga o`xshash javoblarni farqlash.

Baholang – ma’lum bir sifat mezonlari asosida obektlar vaziyat, insonlar yoki sharoitni tasniflash. Tasnif umumiy bo`lmasdan har biriga alohida bo`lishi lozim.

Ajrating – ma’lum bir qoida yoki boshqa javoblar ichidan to`g`risini belgilash, tagiga chizish yo`li bilan ajratish.

Nomlang – mavjud narsa va hodisalarga nom berish.

Fe'llarni shunday belgilash lozimki, u aniq xatti-harakatni ifodalashga xizmat qilsin. Tajribadan shu narsa ma'lumki, o`qituvchilar ko`pincha cheklangan mikdordagi fe'llardan foydalanadilar. Bu esa ularning faoliyatidagi ijodkorlik imkoniyatini ham cheklab qo`yadi. Shuning uchun ham o`qituvchilarda bir qancha fe'llarning ro`yxati bo`lmog`i lozim. Bu ro`yxat ko`pchilik o`qituvchilar tomonidan qo`llansa o`quvchilar faoliyatini kengroq tashkil etish imkoniyatini beradi, pedagogik faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi.















Download 59,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish