Tarbiyalovchi
Jismoniy tarbiya uslubiyatining g‘oyaviyligi jismoniy mashg‘ulotlarni davlat manfaatlariga yo‘nalganligi.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu - g‘oyaviylik, xalqchillik va ilmiylikdir. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarining bir maqsadga yo‘naltirilganligi barkamol avlodni tarbiyalashga, ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Shug‘ullanuvchilarda jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos vazifalarini hal qilish jarayonida ilmiy dunyoqarash shakllanadi va jamiyat quruvchisining yuksak axloq tamoyillari ruhidagi ahloqiy sifatlari tarbiyalanadi.
Jismoniy tarbiya tizimi mustaqil jamiyat qurish bilan mashg‘ul. Kishilarni jismoniy va ma’naviy jihatdan garmonik rivojlantirishdek oliy maqsadlarga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviy mohiyati uning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, shuningdek, tashkiliy asoslarida o‘z aksini topgan.
Bizning yurtimizda jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirishda davlatimiz sobiq rahbari I.A.Karimovning tashabbuslari katta. Jismoniy tarbiya tizimining yanada rivojlantirish istiqboli davlat qabul qilgan hujjatlarda, qarorlarida o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, 2000-yil “Sog‘lom avlod“ yili deb e’lon qilinishi va 14-fevral Oqsaroyda I.A. Karimov sog‘lom avlodni kamol topishdagi yo‘nalishlarning belgilab berishi barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘nalish quyidagilardan iborat:
1. Maktab yillardan boshlab qizlarning oilaviy hayotga ruhan, jismoniy va tibbiy tayyorgarligini yaxshilash, maqsadida maxsus qo‘llanmalar asosida darslar tashkil qilish.
2. Sog‘lom avlod faqat sog‘lom oilada tug‘iladi. Shu munosabat bilan sog‘lom avlod salomatligini o‘rganish, jismoniy kamoloti haqida tushunchalarni targ‘ib qilish.
3. Onani homiladorlik hamda farzand tug‘ilgandan keyingi salomatligini mustahkamlash va himoya qilish.
4. Bolaning 1 yoshgacha bo‘lgan davri eng e’tiborga molik va xatarli bo‘ladi, ushbu masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning harakatlarini aniqlash va ularning faoliyatini nazoratga olish.
5. 1 yoshdan 5-6 yoshgacha bo‘lgan davrda bola so‘g‘lig‘ini mustahkamlash, unga tarbiya berishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.
6. Davlat tomonidan nogiron bolalar himoyasini kuchaytirish, ular jamiyatning to’laqonli a’zolarga aylanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish.
Bu davlat dasturini qabul qilishdan maqsad-kelajagimiz poydevori bo‘lgan barkamol avlod hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ma’naviy boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish. Bu esa davlatimizning asosiy g‘oyalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |