Jismoniy rivojlanish - bu kishi organizmi forma va funksiyalarining o‘zgarish jarayonidir. “Jismoniy rivojlanish” atamasi tor ma’noda qo‘llaniladi, bunda u antroponometrik va biometrik ko‘rsatkichlarini anglatadi, chunonchi: bo‘y, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, umurtqa pog‘onasi egikligining darajasi, qaddi-qomatinining holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tovon gumbazi o‘lchovining ko‘rsatkichi, o‘ng va chap panja muskullari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlanish” atamasi keng ma’noda qo‘llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanatni saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |