3.Yakuniy bosqich.
10 daqiqa
|
O`quvchilar faoliyatiga baho qo`yiladi va rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa berish.
Mavzuni mustaqil o`qish. M.X. Tadjiyeva . S
Xusanxadjayeva “ Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” 52-60 bet
|
Diqqat qiladilar,baholari bilan tanishadilar
Vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova Baholash mezonlari
|
Savollarga to`liq javob beradi
5
|
Savollarga javob beradi
4
|
Savollarga qisman javob beradi
3
|
Umuman
Ishtirok
Etmadilar
2
|
Ja’mi
5
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2-ilova
Tezkor-so`rov savollari.
Qanday milliy o’yinlarni bilasiz?
Milliy o’yinlarning ahamiyati qanday?
Milliy o’yinlarni bola hayotidagi o’rni?
ilova
YANGI O`QUV MATERIALINING SLAYDLI TAQDIMOTI
1. O’zbek milliy xalq o’yinlarining tarihi
Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos, ijtimoiy voqealar aks etadi. O’zbek xalq o’yinlari qadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo’lgan davrda vujudga kelgan.
Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik hujjatlari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda o’yin-musobaqalar juda keng tarqalganligi va ular xalqning sevimli odati bo’lgani haqida ma’lumotlar bor. Yunon tarixchisi Pomney Trog (eramizning I asri) yozuvlarida bir vaqtlar hozirgi O’zbekiston hududida yashagan qabilalar mohir jangchilar, chavandoz, mergan, nayzaboz va kamonchi, ya’ni harbiy ishlarga usta kishilar bo’lgani qayd qilinadi..
Qadimda hozirgi O’zbekiston hududida asosan ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi va o’troq qabilalar yashagan. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. O’troq qabilalar esa dehqonchilik bilan bug’doy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda mollardan shuningdek, chorva mollaridan hunarmandlar va savdogarlar ham foydalanganlar.
“Oqsoq bo’ri va qo’ylar”, “Echkilar va cho’ponlar”, “Oq tuya”, “Bo’ri keldi” singari qator xalq o’yinlarining kelib chiqish tarixi shu manbalarga asoslanadi.
O’zbek xalq o’yinlari rivojlanishining har bir bosqichida mazmunan o’zgarib turli ijtimoiy vazifalarni bajargan ko’pgina xalq o’yinlari ota-bobolardan bolalar va nabiralarga o’tgan.
O’zbek xalqida hayvonlar va qushlar mavzusidagi juda qiziqarli raqslar “Kaptar o’yini”, “Ot o’yin” va hokazolar keng rusm bo’lgan. Shuningdek, o’zbek orasida “Karnayli-surnayli”, “Xo’roz va tovuq”, “Qoch bolam qush keldi”, “Oq terakmi ko’k terak” kabi o’yinlar mashhur bo’lgan.
O’zbek xalq o’yinlari qadimgi tomosha sifatida yuzlarcha yillar muqaddam maydonlarda vujudga kelgan. Ular xalq tantanalari va tomoshalarining eng yaxshi an’analarini o’zida jamladi, betakror o’ziga xosligi va xususiyatlari bilan milliy ma’daniyatini nihoyatda boyitdi, o’z avlodlarining xalq an’analarini mujassamladi. Ilgari aholi o’rtasida sayillar, “Ramazon hayiti”- “Qurbon hayiti” kunlarida o’tkazilgan. Har yili bahor va kuzda ommaviy tomosha lar o’tkazish odat bo’lgan. Mana shu bayramlarda o’yinlar, sport o’yinlari, musobaqa, qo’g’irchoq, dorbozlar o’yinlari, kurash musobaqalari o’tkazilgan.
Dorbozlar o’z san’atlarining vujudga kelishi haqidagi rivoyatlarni maroq bilan hikoya qiladilar. Ularda yetilishicha, payg’ambar Ali doimo Haybar mamlakatidagi g’ayridinlarga qarshi kurashgan. Ularning Haybar shahridagi mustahkam qal’asini hech kim zabt eta olmagan. Qal’aning atrofi qoyatoshlar va suv bilan o’ralgan bo’lib, ulardan o’tish nihoyatda qiyin ekan.
Ali qo’shinlarini boshlab kelib, qal’aga kirish yo’lini bilmagan. Shunda dor qurdirib, unga arqonlar torttirgan va uning barcha jangchilari ana shu arqonlar orqali qal’aga o’tgan. Ali g’ayridinlarni yengib, Haybarni zabt etgan va mazkur g’alabani nishonlashda dor inshoatini va darbozlarni olqishlagan. Xuddi shuning uchun O’zbekstonda darbozlarga alohida hurmat-e’tibor bilan qaraladi. Rivoyatlarda darbozlarning shaharlarga kelishi osoyishtalikka, qishloq joylarga kelishi mo’l hosil olinishiga sabab bo’ladi, degan naql bor.
Bir vaqtlar O’zbekiston yog’ochoyoq o’yini keng tarqalgan. Yog’ochoyoqlar yugurib, sakrab, raqsga tushub va milliy cholg’u asboblarida, karnay, surnay va hokazolarda kuylar ijro etib ajoyib tomosholar ko’rsatgan. Mana shular haqida “Boburnoma”da anchagina ma’lumotlar bor.
Xorazmda “Tayoq” o’yini keng tarqalgan. O’zbek xalq o’yinlarini mazmuniga ko’ra quyidagi tasniflash mumkin:
-dramalashgan o’yinlar:
a) hayotiy (tarixiy-hayotiy, madaniy- hayotiy, kasb-korlik hayoti):
b) kulgili o’yinlar:
v) qo’shiq va raqs o’yinlari:
-mazmunli-rolli o’yinlar:
a) mazmunli harakatli;
b) sport o’yinlari;
-ijodiy o’yinlar
.
O’zbek xalq o’yinlarining tarixan vujudga kelishini tahlili qilib, dramalashgan o’yinlar o’zbek qo’g’irchoq teatrining negiziga aylangan qadimiy xalqning “Qo’g’irchoq o’ynatish” san’ati asosida paydo bo’lgan degan xulosa chiqarsa bo’ladi.
Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan qo’g’irchoq mamlakat va kishilar hayotidagi tarixiy turmush voqealarini aks ettiradi, madaniy maishiy o’zgarishlarni, odamlarning amalga oshirgan ishlarini, go’zalligi va kamchiliklarini ifodalaydi.
Shaklan milliy va mazmunan zamonaviy o’zbek o’yinlari yosh avlodni tarbiyalash va har tomonlama kamol topshirishning asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
O’zbek xalq o’yinlarining ahamiyati
Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan jismonan sog’lom, baquvvat qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan, kelajagimiz bo’lmish bolalarimizning ilk yoshlik chog’idan boshlab, ularning jismoniy o’sishi va tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullanish, ta’lim tarbiya metod va vositalaridan unumli foydalanish joizdir.
Demak, o’yinlar bolalarni o’z xalqining boy milliy an’analari, urf-odatlari, yashash sharoitlari, ruhiy kayfiyatlari, ma’naviy qiyofasi, til xususiyatlarini tanishtiruvchi bir manbaadir.
O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlari o’zining obrazliligi, sodda, aniq va ravonligi bilan bolalarga zavq beradi.
O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlari bolalar folklorining kichik janrlaridan biri bo’lib sanaladi. Xalq og’zaki ijodi boshqa janrlari kabi milliy harakatli o’yinlar uzoq tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy harakatli o’yinlarning uzoq umr ko’rib kelayotganining o’zi milliy harakatli o’yinlarning qudratli tarbiyaviy kuchga ega ekanligidan dalolat beradi. O’zbek xalqi milliy harakatli o’yinlarni o’ynash orqali bolalarni o’z xalqini hayoti, o’tmish tarzi, madaniyati, kasb-kori, hunarmandchiligi, ota-bobolarimizning aql-zakovati bilan tanishtiradi
3.O’zbek xalq milliy o’yinlarini o’tkazish uslubiyati.
O’yin o’ynash jarayonida bolalar turli asosiy hayot uchun zarur bo’lgan harakatlarni bajaradilar. O’yinlar bolalarni jismonan o’stirish, chiniqtirish, rivojlantirishdan tashqari ularni to’g’rilik, halollik, o’zaro yordam, mustaqillik va tashkilotchilik kabi chin insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda juda muhimdir.
Bolalar mustaqil ravishda o’yinlarni tashqil qilish, rollarni taqsimlash, o’z o’rtoqlarining hatti-harakatlariga baho berish kabi ko’nikma va malakalarga erishib boradilar. Shuningdek ularda chaqqonlik, epchillik, tezkorlik, kuchlilik tarkib topa boradi.
O’yinlar bolalarning barcha qiziqishlariga javob beradi, ana shuning uchun ham bolalar o’yinlarni juda-juda qiziqish bilan takror-takror o’ynaydilar.
Harakatli o’yinlarni o’tkazish bolalar bog’chasini kun tartibiga binoan kunning birinchi va ikkinchi yarmida sayrda rejalashtiriladi. O’zbek milliy o’yinlarni ochiq keng maydonda bog’cha maydonchasida o’tkaziladi. O’yin uchun tegishli jihozlarni oldindan tayyorlash talab etiladi. Jihozlar sifatida: to’plar, arqonchalar, chambaraklar, niqoblar va shu kabilardan foydalanish mumkin. O’yinlar kichik guruhlarda 10-15 minut, katta va tayyorlov guruhlarda 25-30 minut davom etadi.
Milliy harakatli o’yinlarni tashkil eitsh va ularga rahbarlik qilish davomida tarbiyachi ta’limning turli xil metodlaridan tushuntirish, ko’rsatish, tavsiya berish, bolalar harakatini ma’qullash, o’yinga baho berish kabilardan foydalanadi. O’yin davomida tarbiyachi bolalarda emotsianal-ko’tarinki kayfiyatni yaratish va uni o’yin oxirigacha saqlashga erishmog’i lozim.
Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan jismonan sog’lom, baquvvat qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan, kelajagimiz bo’lmish bolalarimizning ilk yoshlik chog’idan boshlab, ularning jismoniy o’sishi va tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullanish, ta’lim-tarbiya metod va vositalaridan unumli foydalanish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |