Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov


Hunari bor -  hech kimga qaram bo‘lmas



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet616/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   612   613   614   615   616   617   618   619   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

Hunari bor -  hech kimga qaram bo‘lmas,

Erinchoq hech qachon ham odam bo‘lmas!

Halol mehnat — hech qayda gunoh emas!

0 ‘g‘ri bo‘lib, yaxshi to‘n kiyalmassan,

Bir o‘rgansang, nafsingni tiyalmassan.

Davlat ketar, or bilan nomus ketar,

Ammo, chivin joningni qiyalmassan.

Ba’ziga quvlik bilan davlat bitar,

Ba’zilar to o‘lguncha tilab o‘tar.

Mehnat qilmay topganing — davlat emas,

Qor suviday bir zumda oqib ketar.

Qasam urgan quvlardan nari yurgil!

Tinib oqmas suvlardan nari yurgil!

Bu yurtda tilanchi ko‘p, erinchak mo‘l,

Mehnat sevmas... Ulardan nari yurgin!1.

Mehnatsevarlik axloqli kishilaming ajralmas  fazilatidir.  Shu tufayli 

har  bir  odam  halol  mehnat  bilan  shug‘ullanmog‘i  darkor.  Faqat  halol 

mehnatgina insonning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarini qondira 

oladi, unga sharaf va hurmat keltiradi.

Insonga mehrli  bo‘lish,  xalq  manfaati  yo‘lida  mehnat  qilish  orzusi 

Abayning  barcha  asarlarida  ifodalanadi.  U  qaysi  mavzularda  qalam 

tebratmasin,  xalq, yoshlar ta’lim-tarbiyasi,  ulaming ahvolini yaxshilash 

haqida  o‘ylaydi.  Yoshlarda  insonparvarlik  tuyg‘ularini  kuchaytirish, 

ulami halollik va rostgo‘ylik, do‘stlik va sadoqatlilik ruhida tarbiyalash 

doimo shoiming diqqat markazida turadi.

Abay tarbiyaning turli vositalari haqida fikr yuritganda oila, maktab, 

ijtimoiy  mehnat  tarbiyasiga  jiddiy  ahamiyat  beradi  va  bu  tarbiya

1 Abay. Tanlangan asarlar. -T ., 1961,74-bet.



652


vositalari  bir-biridan  ajratilmagan  holda  doimo  birga  olib  borilishini 

muhim  deb  hisoblaydi.  Bolalar  xarakteri  va  dunyoqarashining 

shakllanishida  oila  asosiy  va  beqiyos  katta  ahamiyat  kasb  etishini 

hisobga  olib,  bola  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanuvchi  ota-onalar,  awalo, 

o‘zlari har jihatdan tarbiyalangan boimoqlari zarur deydi.  Shoir maktab 

ham, bola tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ko‘p marta ta’kidlaydi.

Shunday  qilib,  ulug‘  mutafakkir  Abay  Qo‘nonboyev  butun  hayoti 

davomida  xalqni  nodonlik  va  bilimsizlikdan  ilm-fan  ziyosi  tomon 

yetaklashga  intiladi.  U  o‘z  hayotining  so‘nggi  damlarigacha, 

yoshlaming,  xalqning  murabbiysi  boidi,  yoshlaming axloqiy tarbiyasi, 

ilm  o‘rganishi  to‘g‘risidagi  ilg‘or  fikrlari  bilan  o‘z  davrida juda  katta 

obro‘  qozondi.  Uning  pedagogik  fikrlari  bizning  davrda  ham  yoshlar 

tarbiyasida  salmoqli  o‘rin  tutishi  shak-shubhasiz.  Uning  hikmatlarga 

boy,  falsafiy  va  pedagogik-psixologik  mushohadalar  bilan  yo‘g‘rilgan 

nasihatlari hamon yosh avlodni to‘g‘ri yoiga boshlamoqda.

8.2. G‘ARBIY YEVROPADA PEDAGOGIK FIKRLAR 

TARAQQIYOTI

Yan  Amos  Komenskiy  (1592-1670)  o‘zining  pedagogik 

nazariyasida  tarbiyaning  tabiatga  uyg‘un  boiishi  to‘g‘risidagi 

tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika» asarida yozishicha, o‘qitish 

tabiiylikka  bo‘ysunishi,  o‘qitish  tabiat  talabiga  bo‘ysunishi  kerak. 

Bolaning  aqliy  va  jismoniy  o‘sish  jarayoni  tabiatdagi  o‘sish 

jarayoniga  o‘xshagan  bo‘ladi.  Masalan,  bog‘bon daraxtlami parvarish 

qiladi,  uning  o‘sish  xususiyatlarini  hisobga  oladi.  Xuddi  shunday 

o‘qituvchi  ham  bolani  tarbiyalash  bilan  undagi  xususiyatlami  hisobga 

oladi.  Bog‘bon  o‘sish  qonuniyatini  hisobga  olar  ekan,  o‘qituvchi 

tarbiyalash qonuniyatiga bo‘ysunadi.  0 ‘qitish jarayoni tabiatga o‘xshab 

sekinlik bilan  amalga oshadi.  Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir 

boiagi  deb  qarashi,  (xudo  tomonidan  bunyod  etilmagan)  tabiat 

qonunlari  uning  o‘sishiga  ta’sir  etadi  deyishi  o‘z  davrida  ilg‘or 

qarashdir.  Lekin  tabiat  qonunini  kishining  o‘sishiga  olib  kelishi 

noto‘g‘ridir. Kishi ijtimoiy borliq boiib, ijtimoiy qonun ta’sirida o‘sadi. 

Lekin buni Komenskiy tushunmaydi.

Komenskiy  tarbiyachi  boladagi  iste’dodni  o‘stirishi  kerak.  Agar 

bola  pedagogik  ta’sirsiz  yashasa,  bu  iste’dod  tasodifan  o‘sadi.  Kishi 

dunyoga kelganda  kishiga xos  iste’dodga ega boiadi.  Xuddi  olmadagi 

urug‘ga o‘xshab ba’zida ko‘proq, ba’zida kamroq boiadi.

653



Komenskiy yashagan davrda hammani  o‘qishga tortish kerak emas, 

qobiliyatli kishigina o‘qishi kerak, degan g‘oya mavjud edi. Komenskiy 

esa  o‘qishga  hammaning  tortilishini,  hamma  umumtaMim  olishi 

kerakligini  uqtiradi.  Umumta’lim  to‘g‘risida  gapirganda  ayollami  ham 

hisobga oladi.  Bu davrda xotin-qizlar uchun o‘qish juda katta muammo 

edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari suradi.

Komenskiy  ta’limotining  yana  bir  qimmatli  tomoni  o‘quvchilar 

bilim  olish  tushunchasiga  ega.  Oynani  qanchalik  chang  bosgan  bo‘lsa 

ham,  baribir kishi  o‘z  aksini  ko‘rishi  mumkin,  albatta,  toza  oyna  kishi 

aksini  toza  ko‘rsatadi.  O ‘qituvchining  vazifasi  oynadagi  changni  artib 



tashlash,  ya ’ni  bilimni  bola  ongiga  yetkazish,  uni  aqliy  tomondan

o ‘stirishdir, degan edi.

Komenskiy  o‘z  asarlarida  tarbiyaning  maqsadini  ko‘rsatadi. 

Tarbiyaning  maqsadi  kishini  mangulik  dunyosiga  tayyorlashdan 

iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:

1.  Aqliy tarbiya.

2.  Axloqiy tarbiya.

3.  Diniy tarbiya.

Bu maqsad bolaning tug‘ilganidan to 24 yoshgacha amalga oshadi, 

bu davr ichida bola to‘rt bosqichli maktabni o‘qib tugatishi, har birida 6 

yil o‘qishi kerak, deb hisoblaydi.

Komenskiy  tabiiylik  prinsipiga  amal  qilib,  bola  yoshini  davrlarga 

bo‘ladi:


1. Tug‘ilganidan 6 yoshgacha -  ona maktabi. Bu davrda bolaning 

sezish  organlarini  o‘stirishga,  bolaning  qabul  qilishini  atrofdagi  dunyo 

bilan  tanishtirishga  katta  ahamiyat  beradi.  Bolani  mehnatga  o‘rgatish, 

o‘z-o‘ziga  xizmat  qilishga  jalb  etilishi  kerak.  Ona  bolada  axloqiy 

tarbiyaning  asoslarini,  to‘g‘rilik  haqqoniylik,  quloq  solish,  mehnatni 

sevish va boshqalami vujudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi 

bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.

2. 6-12  yoshgacha  -  xalq  maktabi  yoki  ona  tili  maktabi.  Bunda 

o‘quvchi  esda  saqlashi,  so‘zlashga  o‘rganishi,  yozish,  boshlang‘ich 

maktab  ko‘nikmasini  hosil  qilishi  kerak  bo‘lib,  buning  uchun 

geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o‘rganishi lozim.

3.12-18 yoshgacha — gimnaziya.  Bu o‘quv yurtining vazifasi bola 

tushunchasini, 

tafakkur 

qobiliyatini 

o‘stirishdan 

iborat. 

bo‘lib,  unda  klassik  tillar,  tabiiyot  bilimlari,  axloq,  xudogo‘ylik 

o‘qitilishi kerak.


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   612   613   614   615   616   617   618   619   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish