yaratdi.
«So‘fi Olloyor» nomi bilan xalq orasida mashhur bo‘lgan
ma’rifatparvar shoirning «Sabot ul-ojizin» degan asari maktablarda
bolalar savod chiqarishi bilanoq o‘qitilar edi. Unda islom dinining
asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgandi. Ular insoniy fazilatlar, badiiy
hikmatlar hamda hikoyatlar tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan
masalalar oyatu hadislarga muvofiq yozilganligi namoyon bo‘ladi.
Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy xalq uchun mo‘ljallangan.
Bu uning muqaddimasidan ham ko‘rinib turibdi. Unda «Alloh taoloni
tanimoq bayonida», «Alloh taolo m a’rifatining bayoni», «Alloh
taoloning
sakkiz
sifatining
bayoni»dan
so ‘ng
imonning,
farishtalarning bayoni, payg‘ambarlarga imon keltirish bayonidan
so ‘ng islom dinining asosiy qoidalari yuksak axloqiy talablar,
hikoyatlar, hikmatlar asosida bayon etilib beriladi. Masalan,
«Kamtarinlik, haqida mav’iza», «Ta’madan tiyilish haqida», «Yomonlar
suhbatidin qochib, yaxshilar suhbatinda bo lmoqning bayoni», «Nafsi
shum bayonida», «Banda ahdida turmog ‘i bayonida», «Yaxshi hamroh
bayonida», «Xiyonatdin yiroq blmoq bayonida», «Javonmardlik
nishoni» kabi boblar bunga misoldir.
So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» ma’rifiy-tarbiyaviy
va
didaktik ahamiyaga ega bo‘lgan falsafiy-pedagogik asardir. Asarda
komil insonni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
«,Sabot ul-
ojizin» aqoid mavzuida bitilgan Biroq unda pand-nasihatlarga ham
o‘rin ajratilishi asarning axloqiy-tarbiyaviy yo‘nalishini yetakchi
o‘ringa ko‘targan. Kitobda hamd va na’tdan sungra komil insonni
tarbiyalab yetishtirish bosh masala qilib quyiladi. 0 ‘zining yuksak
e’tiqod g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi, chuqur falsafiy fikrlarga
boyligi, tilining ravonligi tufayli «Sabot ul-ojizin» asari turkiy
xalqlar o ‘rtasida ommalashib ketgan. Bu asar Toshkent, Buxoro,
Kogon, Qozon va Istambulda 20 martadan ortiq nashr qilinganligi,
eski
usul
maktablarida
«Sufi
Allohyor»
nomi
bilan
«Haftiyak»va»Chor kitob»dan
keyin asosiy darslik sifatida
o ‘qitilganligi ham fikrimizga dalil bo ‘ladi.
Lekin sobiq shro davrida S o fi Olloyor
ijodi faqat
adabiyotshunos olimlarning tadqiqot obyektiga aylanganligi, uning
asarlari diniy-mistik adabiyot qatoriga kiritilganligi afsuslanarli
holdir. Oliy quv yurtlarining pedagogika, psixologiya, falsafa
fanlari o ‘quv dasturlarida mazkur nodir yodgorlik munosib joy
olmagan edi.
457
Mustaqillik sharofati bilan ma’naviyat va ma’rifat sohasiga
jiddiy e’tibor berilayotgan bugungi kunda yosh avlodga So‘fl
Olloyoming ma’naviyati qirralarini chuqur ochib berishga shart-
sharoit yaratildi. Shu nuqtayi nazardan bugungi kunda asaming
siyosiy-g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatini kuzda
tutib, uni chuqurroq o‘rganishga e’tibor berilmoqda.
«Sabot ul-ojizin» falsafiy-axloqiy asardir. Uning
«Dar bayoni
ma 'rifat Allohi taolo» bobida insonning e’tiqodli bo‘lishi, jamoat
e’tiqodini hurmat qilishi haqida:
Yaqin bilmak jam oat e’tiqodin,
Keyin solmoq muxolif ijtihodin.
Aqida bilmagan shaytoni eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa eldur, - deyiladi.
(Aqida —
Allohning borligini va birligini tan olmoq, noravo—
gunoh ishlardan qochmoq, m a’rifatga intilmoq). Darhaqiqat, o‘zligini
tanigan insongina yetuk inson bo‘lishi mumkin. 0 ‘zlikni tanish esa
Allohni tanishdir. Bu haqiqatni hozirgi kunda butun dunyo olimlari, fan
tan olib, e’tirof etib turibdi. Asarda insonning ma’naviy olami, mhiy olami
mavzularida ham fikr yuritilgan. Masalan:
Uyalma ma’rifatni urganurdin,
Tanur joying bulur, qolsang tanurdin, -
misralari buyuk ma’rifatparvar shoir Hazrat Alisher Navoiyning:
Bilmaganin surab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim,
-
degan fikriga hamohangdir. «Sabot ul-ojizin»6a shoir ilgari surgan
fikrlar bugungi kunimiz muammolariga mos tushadi. Chunonchi, hozir
yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi, ta’lim tizimini takomillashtirish,
yoshlarning siyosiy-g‘oyaviy ongini oshirish, axloqimiz va madaniya-
timizga oid bir qator muammolami hal etish pedagogik jamoatchilik
oldida turgan ana shunday dolzarb masalalardir. Bu borada «Sabot ul-
ojizin »ga qayta-qayta murojaat etishga to‘g‘ri keladi.
So‘fi Olloyor «Sabot ul-ojizin» asarini sufiylar uchun pand-nasihat
tariqasida yozar ekan, murid va murshid; qanday sifat va fazilatlarga
egabo‘lishlari lozimligi haqida fikr yuritadi:
Kerak murshid began monandi ummon,
Muborak botini pur durri marjon...
Shoir-tarbiyachini buyuk dengizga qiyos etadi. Uning botini esa
zurru maijon, ya’ni hikmat, ilm ma’rifatga to‘la. Tarbiyalanuvchi
murshid haqida:
Do'stlaringiz bilan baham: