boshqa m o‘g ‘ullar tarixiga oid yana biror manbani menga tavsiya
qilsangiz-chi, juda qiziq ekan, bu m o'g‘ullar» — deb «Shajarai turk»
asarini tavsiya qilganligi uchun ustoziga minnatdorchilik bildirgan.
Xorazm tarixini o‘rgangan tarixnavis-adabiyotshunos olimlar
X.A.Vamberi,
V.V.Bartold,
P.N.Poltoa,
A.N.Samoylovich,
A.M.Gorkiy,
A.N.Kononov,
A.I.Abrasheev, N. Veselovskiy,
A.Yakubovskiy, Yu.Yusupov, S.I.Ivanov, P.P.Ivanov, V.Zohidov,
A.V.Abdullayev,
N.M.Mallayev,
Ya.G‘ulomov,
H.Munirov,
X.Hudoynazarov,
A.Sotliqov,
S.Hasanov,
O.Masharipov
va
boshqalar ham Abulg‘oziyning «Shajarai turk» asari yuksak ma’rifiy-
ilmiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar.
Shuningdek, Abulg‘oziy Bahodirxonning «,Shajarai turk» asari
XVIII—
XIX asrlarda jahon ilm ahlining diqqat markazida bo‘lib,
1726, 1732, 1770-yillarda nemis, fransuz, ingliz, lotin, tatar va
boshqa tillarga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etildi. 1825-yili bu
asar S.G.Sablukovskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. Nihoyat,
qariyb 330 yildan so‘ng, ya’ni 1992-yilda «Shajarai turk» asarini o‘z
ona tilimizda o‘qishga muyassar bo‘ldik.
Samarqand davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi
professori Muhammadjon Xolbekov asarning fransuz tiliga tarjima
etilishi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlami keltiradi: 1871-1874-
yillari sharqshunos baron Demezon «,Shajarai turk» ni ikki jild holida
Sankt-Peterburgda nashr qildirdi. Nashming birinchi jildida asaming
rus lug‘atshunosi V.I.Dal Orenburgdan keltirilgan qo‘lyozmasining
asliyati, ikkinchi jildida shu matn asosida amalga oshirilgan baron
Demezonning fransuz tiliga tarjimasi o‘rin olgan. Baron Demezonning
ushbu nashri «,Shajarai turk»ning eng mukammal qo‘lyozma nusxasi
va tarjimasi hisoblanadi. 1969-yilda Demezon matnini ilmiy
o‘rgangan
professor
S.N.Ivanov
«Shajarai turk»
matnining
grammatikasi» ocherkini yaratdi.
Shu tariqa, XVII asr turkiy tildagi adabiyotning nodir
namunalaridan biri bo‘lgan «,Shajarai turk»n\ng har ikkala
farangcha tarjimasi Ovrupoda ham shuhrat qozonishiga sabab bo‘ldi,
desak xato qilmaymiz».
420
Xorazmlik mashhur tarixchi Muhammad Yusuf Bayoniy
«Shajarai Xorazmshohiy» asarida yozishicha, Abulg‘oziy o‘z davrining
bilimdon tarixchisi va qobiliyatli shoiri bo‘lishdan tashqari, u tabobat
ilmi bilan ham shug‘ullangan. Abulg‘oziy janglar va savashlarda
orttirgan jarohatlarini Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon va Yusuf
tabiblaming tabobatga doir asarlari, maslahatlariga ko‘ra o‘zi muolaja
qilib, 124 kasallikka doir «Manof’e-ul-inson» («Kishilaming sihat-
salomatliklari y o ‘lida») risolasini yozgan. Abulg‘oziy bu risolaning
yaratilishi xususida shunday deydi: «Kitoblami nazarga keltirib erdik
maqsadi goho topilur erdi va goho topilmas erdi, ulkin topilur erdi,
hozir mashaqqat birla o‘rtaga kelur. Shul sababdin, illatga iloj qilmoq
uchun, mo‘tabar kitoblardin hoxlab jam qilib, ondin so‘ng illatlarni
bayon qildim».
Haqiqatan ham, Abulg‘oziy aytganidek, bu davrda tibbiyotga doir
qator arabcha va fors tilidagi asarlar mavjud boisa-da, ammo ularni
topish, sof turkiy tilda o‘qib bahramand boiish, ayniqsa, mehnatkash
omma uchun amalga oshirib boimaydigan bir orzu edi, xolos. Shuning
uchun ham Abulg‘oziy bu sohada qalam tebratib, risolasini xalqqa
tushunarli sodda va jonli tilda yozganligi katta ahamiyatga molikdir.
«Ma’nofe’-ul-inson» risolasi to‘rt qismdan iborat boiib, birinchi
qismda oddiy dorilar, ikkinchi qismda esa murakkab dorilar, ulami
tayyorlash va ishlatish yoilari, uchinchi qismda dardlaming kelib
chiqishiga sabab boiuvchi omillar, kasalliklami davolash tartiblari
haqida, to‘rtinchi qismda esa o‘zidan oldin o‘tgan tabiblaming va ayni
vaqtda o‘zining bemorlarni davolash sohasidagi fikr-mulohazalarini
sodda tilda bayon qiladi. Qoilanmaning ahamiyati shundaki, muallif
xalq tabobatida qoilanilgan 700 dan ziyod dori-darmonlar tadqiqi 53
bobni tashkil etadi. Har bir bob alohida xastaliklarga va ulami davo-
lash usullariga bagishlangan. Chunonchi, bosh, ko‘z, quloq, tish
og‘rig‘i, sariq kasal va boshqa dardlar muolajasi haqida qimmatli
maslahatlar berilgan.1
Xullas, Abulg‘oziy Bahodirxon butun umrini feodal tarqoqlikni
tugatish,markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, millatlararo
nizo chiqishiga sabab boiadigan barcha g‘ovlarni bartaraf qilish, xalq
farovonligini ta’minlash, mo‘g‘ullar vayrongarchiligi oqibatida 400
yil mobaynida xarobaga aylanib qolgan oikani tiklash uchun o‘zini
ezgulikka bagishlagan, ilm-fanni yangi taraqqiyot pog‘onasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |