o 6zlarim
«ahli as-$unna» - sunna taraflari
deb atab, Qur’on bilan birga
sunnaga ham e ’tiqod qiladilar. Hozirgi davrda jahondagi barcha
musulmonlaming to6qson foizi sunniy mazhabdadir.
Shialar.yo‘nalishi tavsifi
- shialik (arabcha
«guruh», «taraflar»),
A li hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy
gumh sifatida VII asr
311
o‘ratalarida paydo bo‘lgan. Sharqda va Eronda shialik yo‘nalishi keng
tarqalgan bo‘lib, shialar ham sunniylar kabi Qur’onni e’tirof etadilar,
ammo xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb
hisoblaydilar. Ular Qur’onni majoziy talqin etib, o‘z ta ’limotlarini
asoslaydilar. Hadislardan faqat Ali va uning nomi bilan bog‘liq
bo‘lganlarini tan olganlar va shunday hadislardan to‘plamlar tuzganlar.
Bulami axb o r^eb ataganlar.
T asaw uf — tarix sahiflarini varaqlasak, tasawuf borasida ko‘plab
ta’riflar aytilganini ko‘ramiz. Bu ta’riflardan umumiy xulosa chiqarib,
bir ilm yo‘rialishi sifatida umumiy ta’riflaganda:
«Tasawuf inson
qalbidagi yomon sifatlardan xolos blish choralarini rgatuvchi,
qalbdagi ezgulsjfatlar va ularni qo ‘Iga kiritish yo ‘llarini ko ‘rsatuvchi,
mnaviy mahabalarni bosib tib,
eng yuksak martaba blmish
«komil inson» maqomiga erishmoq qoidalarini rgatuvchi va nihoyat,
tavhid sirlarini bayon etuvchi bir ilmdir» deyishimiz mumkin.
Tasawufning g‘oyasi -Janobi Haqning roziligiga erishmoq uchun
nafsni poklab, go‘zal axloq egasi bo‘lishga intilmoq, ya’ni Alloh va
Rasulining xulqi bilan axloqlanishdir.
Tasawufiy tushunchaning xususiyatlari -tasaw uf asos e’tibori
bilan Qu’oni Karim va Hadisi Shariflarga asoslangan ilmdir.
Tasawuf nazariy bo‘lishi bilan birga, tajribada ko‘rinadigan amaliy
ilm hamdir.
Tasawufda bilim manbai sifatida sog‘lom fikr va aql bilan bir
qatorda ilhom, kashf va sezgiga ham o‘rin berilgan. So‘fiylar nazarida
aql va naql ma’lum o‘lchovlarda bilim manbai bo‘lish bilan birga, eng
oliy, ya’ni sezgi orqali hosil qilinadi. Bu yo‘l orqali erishilgan bilimga
mo‘fiylar ilm emas, «ma’rifat», «irfon», «ilmi mukoshafa», «ilmi
ladun», «ilmi vahviy» kabi nomlar berganlar. Sezgi orqali erishilgan
«irfon» - Alloh va uning sifatlari haqida bevosita ma’lumot beradi. Aql
va diniy hujjatlar esa bilvosita ma’lumot - «irfon», diniy hujjatlarining
rivoyat qilinishi yoki aqliy viyos va hujjat keltirishga asoslangan
ma’lumotlardan, ya’ni ilmdan muhimroq va qadrliroqdir.
Tasawufiy bilimlaming eng muhim xususiyatlardan biri ulaming
aslligidir. Buning sababi esa manbaining bevosita sezgi va ilho
ekanligidir. «Ma’rifat»ning xususiyatlaridan biri uning yangiligi.
Tasawufiy bilimga ega bo‘lish qalbning poklanishi. Bu ish kitob
o‘qish, yordam bilan amalga oshmaydi. Aqliy hujjat keltirish bilan ham
amalga oshmas. Zero, bu ish nazariy emas, amaliydir. Shuning uchun
«tasawuf qol (so ‘z) ilmi emas, hol ilmidir» deyilgan.
312
Ma’mun akademiyasi - Bog‘dod xalifalari al-Ma’mun (813-833),
al-mu’tasim (933)842 va al-Voosiq (842-847) hukmronligi davrida
Bog‘dodda Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida «Bayt-ul-hikma»
(«Donishmandlar uyi») tashkil etilgan. Shuningdek, Ali ibn Ma’mun
(997—1009), Abu-1 Abbos al-Ma’mun ibn al-Ma’mun (1009-1017)
xukmronligi davrida esa Abu Rayhon Beruniy boshchiligida
Gurganchda «Dorul hikma va maorif» («Majlisi ulamo»), ya’ni Xorazm
«Ma’mun akademiyasi tashkil etilib, bu ilm maskanida yuzga yaqin
olimlar matematika, astronomiya, geodeziya, topografiya, geografiya,
mexanika,
tibbiyot, falsafa, tarix, tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
pedagogika, psixologiya, mantiq, fiqh va boshqa fanlar bilan
shug‘ullanib, jaho ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.»
Sharq ilk Uyg‘onish davrida Movarounnahr - IX-XII asrlarda
Sharqda ilk bor yuz bergan Uyg‘onish o‘zining mazmun-mohiyati, jahon
ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siriga ko‘ra
umumbashariy ahamiyatga egadir. Bu davr ilmiy madaniy yuksalish
Movarounnahmi butun islom dunyosida
ilmiy-madaniy
markaz
sifatida nom qozonishga olib keldi va turli ilm sohasida buyuk
allomalami yetishtirdi. Bu davr Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri —
Reneseansi deb, aniqrog‘i , bu Reneseansning ilk davri deb ataladi. Bu
davr ilmiy madaniyat yutuqlari
keyinchalik Yevropa mamlakatlari
ilmiy-madaniy yuksalishiga - Uyg‘onishiga ham zamin bo‘lib xizmat
qilgan va ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, u yerdagi XV-XVI
asrlar Reneseans ilmiy-madaniy yuksalishida muhim omillardan biri
bo‘ldi.
0 ‘Z -0 ‘ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Turonzaminga islom ta’limotining kirib kelish va yoyilishining
shart-sharoitlari, imkoniyatlari va omillarini tushuntirib bering.
2. Islomta’limotidata’lim-tarbiyamasaIalarini tushuntirib bering.
3. Bog‘dodda Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida tashkil
etilgan «Bayt-ul-hikma» bilan Xorazmda Gurganchda Abu Rayhon
Beruniy boshchiligida tashkil etilgan «Dorul hikma va maorif»da
olimlaming jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari nimalardan iborat?
4. Tasawuf tariqatlari ma’naviy-marifiy va ta’lim-tarbiya masala-
larining asoslanishini tushuntirib bering.
5. Diniy mutaassiblik va aqidaparastlik nima?
313
6.
Sharqda ilk Uyg‘onish davrida Movarounnahr mutafakkirlari
ta’limotlarida
ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim tarbiya masalalarining
ifodalanishini tushuntirib bering.
MUSTAQILISH MAVZULARI
1. Turonzaminga islom taMimotining kirib kelishi va yoyilishi.
2. Islom ta’limotida ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiyaviy
qadriyatlar.
3. Islom dini va uning ma’naviy-axloqiy asoslari.
4. Tasawuf tariqatlarida ma’naviy-ma’ rifiy va ta’lim-tarbiyaviy
masalalaming asoslanishi.
5. Diniy mutaassiblik va aqidaparastikning ijtimoiy xavfliligi.
6. Xorazm «Ma’mun akademiyasi» olimlarining jahon ilm-fani
taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari.
7. Sharqda ilk Uyg‘onish davrida (IX-XII asrlarda) Movarounnahr
mutafakkirlari ta’limotlarida ma’naviyat-ma’rifat va ta’lim-tarbiya
masalalarining ifodalanishi.
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Qaysi mutafakkir Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan,
ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimni boshqalarga
o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi..„.
deb achinib ta’kidlagan edi?
a) Al-Xorazmiy;
b) Abu Rayhon Beruniy;
c) Ibn Sino;
d) Abu Nasr al-Forobiy;
e) Al-Kindiy.
2. Qur’onning quyidagi oyatlarida qanday ilmlarni o‘rganishga
chaqiriqlar bor?
a)
«Osmonlaming va Yeming yaratilishi Allohning alomatlari-
dandur, shuningdek, sizlaming tillaringiz, ranglaringizning turlicha
bo‘lishida ham, albatta, olimlar uchun alomatlar bor» («Rum» surasi,
22-oyat);
314
b) «Inson nimadan yaratilganligiga nazar solsin, u bir otilib
chiquvchi suvdan yaratilgandur, bu suv sulbda (orqa umurtqa suyak) va
taroibdan (ko‘krak suyagi) chiqadi» («Tjriq» surasi, 5-7-oyat);
c) «Va o‘z nafsingizda alomatlar bor, bulami ko‘rmaysizmi»
(«Zariyot» surasi, 21-oyat);
d) «Yer yuzida yurib o‘zlaridan awal o‘tganlaming oqibati nima
boiganiga nazar solmaydilarmi . 0 ‘tganlar bulardan ko‘ra quwatliroq
edilar, yer yuzida asar qoldirgan edilar, bulardan ko‘ra yer yuzini
ko‘proq obod qilgan edilar va ularga payg‘ambarlari ochiq-oydin
xabarlar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmoqchi emas edi, lekin ular
o‘zlariga-o‘zlari zulm qildilar» («Rum» surasi, 9-oyat).
e) tabiiy, biologiya, psixologiya, tarix va sotsiologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |