Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

muqobala»  («Aljabr  muqobala  hisobi  haqida  qisqacha  kitob»)  nomli 

asari algebra faniga asos  soldi,  uning mazmuni,  asosiy tushunchalari va 

qoidalarini belgilab berdi.

241



Al-Xorazmiyning  «Al-kitob-al-muxtasar  fi-hisob  al-jabr  va  -l- 

muqobala»  asarida  «Al  — jabr»  so‘zi  asrlar  davomida  o6zgara  borib, 

«algebra»  atamasiga  aylanganki,  bu  riyoziyotning  alohida  bir 

boiimidan  iborat  fan  hisoblanadi.  Olim  «al-jabr  va  al-muqobala» 

so‘zlari  orqali  ikkita amalni  tushungan va ulami  tenglamalar yechishga 

tatbiq  etgan.  «Al-jabr»  amali  orqali  tenglama  hadlarini  bir  tomondan 

ikkinchi 

tomonga 


ko‘chirish 

bajariladi. 



«Al-muqobala» 

esa 


tenglamadagi o‘xshash hadlami yigish amalidir.  Demak,  «Al-jabr»ning 

lug‘aviy  ma’nosi  toidirish,  «Al-muqobala»  qarshi  qo‘yishni  bildiradi. 

Al-Xorazmiyning  bu  asarida  o‘sha  davrdagi  boshqa  asarlar  kabi  hech 

qanday  formulalar  va  simvollar  boimay,  balki  tenglamalar  va  uning 

yechilishi so‘zlar bilan ifodalangan. Shuni ta’kidlash kerakki, birinchi va 

ikkinchi  darajali  tenglamalar,  ulaming  yechimlari  xususiy  hollarda 

bundan ming yillar oldin qadimgi  Misr va Vavilon xalqlarida,  keyinroq 

yunon  matematiklarida  uchraydi.  Ammo  ulaming  yechimlari  faqat 

xususiy holda boiib, ular kvadrat tenglamalami yechish uchun umumiy 

qoidalar  bermaganlar.  Bunday  qoidalar  va  ularning  isbotlarini  al- 

Xorazmiy birinchi boiib o‘zining «Al-kitob-al-muxtasar ji-hisob al-jabr 

va -l-muqobala» asarida to ia  va uzviy bayon etdi.

Darhaqiqat,  al-Xorazmiy  tomonidan  algebra  metodining  yaratil- 

ganligi  matematikada  induksiya  va  deduksiya  birligining  namuna- 

laridandir.  Chunki  induksiya  metodisiz  tenglamalaming  hech  bir  turini 

yaratish  mumkin  emas  edi.  Shuningdek,  berilgan  tenglamalar  turining 

umumiy yechish qoidasi xususiy masalalami deduksiya usulining amaliy 

ifodasidir.

Al-Xorazmiyning  matematikaga oid  ikkinchi  asari -  «Kitob  al jam 



va tafriq bi hisob al-Hind»  («Hind arifinetikasi hisobi bo ‘yicha qo ‘shuv 

va  ayiruv  kitobi»)  ham  riyoziyot  fani  tarixida  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Asarda  hind  o‘nlik-pozitsion  qo‘shish  tizimlari  haqidagi  metod 

tasvirlangan  edi.  Bu  o‘nlik  tizimining  kashf  etilishi  sanoq  tizimida 

chinakam  inqilob  boidi.  0,  1,  2,  3,  4,  5,  6,  7,  8,  9,  raqamlari  hanuz 

jahonda  «arab  raqamlari»  nomi  bilan  yuritiladL  Lekin  bu  «arab 

raqamlari» 

Ovrupoga  Sharqdan  emas, 

Yunonistondan  kelgan 

deguvchilar ham boigan.  «Arab raqamlari»ni  boshqa qo‘shni  xalqlarga 

tarqatgan Muhammad al-Xorazmiy ekanligini isbotlashda yurtdoshimiz, 

qomusiy  olim Abu Rayhon Bemniyning  «Hindiston»  asari  hal  qiluvchi 

dalil boidi.

Demak,  boshqa xalqlar hindlaming o‘nlik pozitsion tizimi bilan al- 

Xorazmiyning  «Hind  arifmetikasi  hisobi  bo‘yicha  qo‘shuv  va  ayiruv

242



kitobi» risolasi orqali tanishdilar. Al-Xorazmiyning bu asari ingliz oiimi 

va  tarjimoni  Robert  Chester  tomonidan  1145-yilda  arabchadan  lotin 

tiliga tarjima qilinib, Ovrupa mamlakatlarida keng tarqaladi. Bu asaming 

muqovasidagi «Dediki al-Xorazmiy» so6zi  esa «Dediki algoritm» deb

tarjima qilinadi.

Shuni  alohida  qayd  etish  kerakki,  hisoblash  tarixida  algoritm, 

algorizm  so‘zlarining lug‘aviy  ma’nosi  XIX asrgacha nomaium boiib 

kelgan  edi.  Faqat  1849-yildagina  fransuz  sharqshunos  olimi  Jozef 

Tussen  Reyno  (1795-1867)  bu  atama  «Al-Xorazmiy»  so‘zidan  kelib 

chiqqanligini  aniqladi.  Shu yo‘sinda «algoritm» -  «Al-Xorazmiy»ning 

lotincha transkripsiy a natij asidan hosil bo4 Igan ekan.

Al-Xorazmiy  nomining  sinonimi  boimish  algoritm-riyoziyotda 

muhim va dolzarb kategoriyadir.  Alloma qshish,  ayirish, kpaytirish, 

boiish,  kvadrat  ildizni  hisoblash  algoritmini  nlik  tizimida yechishni 

yaratibgina qolmasdan,  bundan tashqari,  u bir jinsli  boimagan sonlami 

ko‘ paytirish algoritmini ham ishlab chiqdi.

Demak,  al-Xorazmiyning  algebraga  oid  asarlarining  riyoziyot 

tarixida  tutgan  ahamiyati  juda  ham  katta,  chunki  algebra  fani  olim 

tomonidan  birinchi  marta  mustaqil  fan  darajasiga  koiarildi.  Al- 

Xorazmiy  tomonidan  asoslangan  matematik  metoddan  ko‘pgina 

Markaziy  Osiyo  va  Yaqin  Sharq  olimlari  o‘z  ilmiy  ishlarida  keng 

foydalandilar. Jumladan, XI asrda yashab ijod etgan al-Nasav, XII asrda 

yashagan  Iqbol-Bomat  va  boshqalami  eslatish  mumkin.  Bulaming 

ishlarida  al-Xorazmiy  yaratgan  matematik  metodlar  rivoj  topdi  va  shu 

asosda yangi-yangi  muammoli  sohalar vujudga keldi.  Al-Xorazmiymng 

bevosita  ta’siri  va  ijodi  tufayli  dunyoga  kelgan  asarlar  ham  oz  emas. 

Masalan, XIII asming mashhur olimi pizanlik Leonardo ikkinchi darajali 

algebraik  tenglamalami  yechganda  xususiy  al-Xorazmiy  metodlariga 

asoslangan.  Hatto,  jahonga  mashhur  matematiklardan  Fibonnachi, 

Pichioli,  Tartalpya,  Kardano,  Ferrari,  ibn  Iroq,  Abu  Rayhon  Bemniy, 

Abul  Vafo,  Umar  Hayyom  va  boshqa  olimlar  ham  o4z  davrida  al- 

Xorazmiy asarlaridan keng foydalanganlar.

Al-Xorazmiy  jo‘g4rofiya  va  geodeziya  fanlariga  oid  muhim  ilmiy 

izlanishlar  ham  olib  borgan.  U  barcha  astronomik  kuzatishlarda  faol 

qatnashdi va bir necha (Vizantiya, Afg4oniston va Volga quyi oqimidagi 

Xazoriyaga bo4lgan)  ilmiy  safarlarga boshchilik qilgan.  Jumladan,  827- 

yilda  Al-Xorazmiy  rahbarligida  Yer  Kurrasining  kattaligini  aniqlash 

maqsadida Yer meridianining bir gradusi oichab chiqildi. Buning uchun 

Mesopotamiyada  shimoliy  kenglikning  35°  va  36°lari  orasida  chiziqli

243



masofa bevosita oichov chizmasi bilan meridian yo‘nalishida aniqlanib, 

burchak  oichash  esa  yulduzlaming  meridian  balandliklarini  kuzatish 

asosida  bajarilgan  edi.  Meridian  gradusi  uzunligi  56  -  2/3  arab 

milyasiga,  ya’ni  o‘rta  hisobda  112  km  ga  teng  qilib  olingan.  Bu  natija 

ancha  aniq  boiib,  undan  tashqari,  oichash  usulining  o‘zi  ham  katta 

ilmiy  ahamiyatga  ega  edi.  Shu  tariqa  Yer  meridiani  bir  gradusining 

uzunligi al-Xorazmiy oichashlarida 111815 metrga teng. Hozirgi zamon 

oichashlari esa uning  110938 metrga teng ekanini ko‘rsatadi.

Al-Xorazmiy  riyoziyot,  falakiyot,  geodeziya  muammolarini 

matematik jo‘g‘rofiya,  kartografiyani  tavsifiy jo ‘g‘rofiya  bilan  bogiab 

o‘rganishga  katta  e’tibor  berdi.  Olimning  jo‘g‘rofiyaga  oid  asari  -  


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish