Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

masofalarini  belgilash»  («Geodeziya»)  asarida  Quyosh  va  Oyning 

tutilish sabablarini, joylarning jo‘g6rofik kengliklarini aniqlash yo6llarini 

tushuntirib 

beradi. 


«Javohirlarni 

bilish 

va 

umumiy 

kitob» 

(«Mineralogiya»)  asarida  qimmatbaho  tosh  va  minerallarni,  ulaming 

xossa  va  xususiyatlarini,  solishtirma  ogirligi,  qattiqlik  darajasi,  rangi, 

tiniqligi va boshqa fizik xossalami bayon qilgan. «Saydana» («Kitob-as- 

saydana fi-t-tibb»)  asarida Bemniy  qadimgi  yunon  va  o6rta  asr  Sharqi, 

Markaziy  Osiyo,  Eron,  Hindiston  va  arab  mamlakatlarining  madaniyat 

tarixini  tadqiq  qilish  ishiga  ham  ulkan  hissa  qshdi.  U  150 dan  ziyod 

bebaho  asarlar yozib  qoldirdi.  Ulardan bizgacha  30  dan ortiq asar yetib 

kelgan, xolos.

Ko6rinib turibdiki,  Beruniy o6z davrining ajoyib faol tadqiqotchi va 

kuzatuvchi  olimi  edi.  G‘rta  asr  tabiiy-ilmiy  fanlari  haqida  fikr  yuritar 

ekanmiz,  Beruniyning jo6g6rofiya,  geologiya,  geodeziya,  mineralogiya, 

matematika,  fizika,  xususan,  falakiyot  sohasidagi  ilmiy  ishlari  tabiat 

sirlarini  ochish,  insonni  o6rab  olgan  hodisa  va  voqealar  to6g6risidagi 

tabiiy-ilmiy  bilimlaming  rivojlanishida  katta  rol  o6ynadi.  Bemniyning 

tabiiy-ilmiy  yutuqlaridan  biri  shundaki,  u  Yeming  markaz  emasligi, 

uning  Quyosh  atrofida  harakat  qilishi  haqidagi  geliosentrik  g6oyani 

ilg^ri  surdi.  Bemniyning  bu  ilmiy  xulosasi  o6sha  davrdan  500  yil 

o6tgandan  keyin  ulug6  astronom  Kopemik  tomonidan  ilmiy  asosda 

tasdiqlandi.  Beruniy  Abu  Ali  ibn  Sino  bilan  qilgan  munozarasida 

koinotdagi  sayyoralar,  shu jumladan, Yer ham o6zaro tortishish kuchiga 

ega degan xulosaga keldi.  Bemniyning bu  nazariy  xulosalari  XVIII  asr 

boshida ingliz olimi LNyuton kashf etgan butun dunyo tortishish qonuni 

bilan  ilmiy  jihatdan  asoslandi.  Uning  tabiiy-ilmiy  qarashlariga  ko6ra, 

Yer  sharsimon  bo6lib,  bu  kun  bilan  tunning,  yoz  bilan  qishning 

almashishiga  sabab  bo6ladi.  Beruniy  tomonidan  matematika  asosida 

Yeming  diametri  va  aylanasini,  shuningdek,  joylar  kengligini  hamda 

Yerdan  yoritgichlariga  bo6lgan  masofani  aniqlash  bo6yicha  konstanta 

(doimiy son)ning chiqarilishi o6rta asrlardagi, shubhasiz, eng katta yutuq

205



edi. Demak, Beruniyning o‘z davridagi va keyingi olimlarga ilmiy ta’siri 

juda  kuchli  edi.  Shuning  uchun  ham  Beruniyni  zamondoshlari  va 

keyingi  asrlarda  yashab,  ijod  qilgan  Sharq  mutafakkirlari  va  Ovrupo 

olimlari ham o‘zlarining ustozi deb tan olganlar.

Beruniy  ilm-fan  tarixida  birinchi  boiib  ilmiy  haqiqatni,  fanni 

xurofotlar  va  bid’atlar  ta’siridan  qutqarish  haqidagi  taiimotini  yaratdi. 

Uning bu ilmiy taiimoti tajriba usuli bilan aniq tekshirishga asoslangan 

edi.


Beruniy  yoshlarni  ilmga  o4rgatish  jarayonida  aqlga  va  tajribadan 

o6tgan  bilimga  tayanish  lozimligi  to‘g‘risidagi  g‘oyani  ilgari  surgan 

holda, bolalar bilishi va o‘rganishi lozim boigan fanlami haqiqiy fanlar 

(til,  adabiyot,  falsafa,  tarix,  etnografiya,  she’riyat,  psixologiya, 

matematika, 

fizika, 


jug‘rofiya, 

geodeziya, 

falakiyot, 

kimyo, 


mineralogiya,  tibbiyot)  ga  boiadi.  Bu  fanlarning  har  biriga  o‘z 

davrigacha  boigan  bilimlami  umumlashtirib,  o‘zining  yangi  xulosalari 

bilan  katta  hissa  qo‘shadi.  Jumladan,  Bemniy  umuman,  til  ilmi  haqida 

gapirib,  til  kishilar  o‘rtasidagi  aloqa  va  fikr  almashinuvi  vositasigina 

emas,  balki  til  ilmi  barcha  fanlarning  asosini  o‘rganish  kaliti  deydi. 

Shunisi  xarakterliki,  Bemniy  tilning  paydo  boiishi,  ular  o‘rtasida 

tafovut  hamda  so‘zlar  etimologiyasi,  atamalaming  imlosi,  atama  va 

iboralarda  sinonim  va  omonimika  hodisalari,  turli  til  atamalarida 

semantik  ma’no  va  shunga  o‘xshash  bir  qator  muammolar  ustida 

to‘xtalib, o‘z davri uchun ilg‘or fikrlar bildirgan.

Olim  ana  shu  fikr-mulohazalariga  tayangan  holda  o‘zining 

«Hindiston»  asarida  til  va  tafakkur  masalalariga  doir  o‘z  qarashlarini 

bayon  etadi.  Ayniqsa,  u  «Mineralogiya»  asarining  kirish  qismida  tilda 

yangi 


so‘z 

atamalarining 

hosil 

boiishi 


masalasini 

qanday 


tushunganligini  yoritib  beradi.  Shuningdek,  olimning  «Geodeziya» 

asarida  ham  til  va  tafakkur  masalalariga  oid  ajoyib  maiumotlar  bor. 

Ayniqsa,  mutafakkiming  «Hindiston»,  «Saydana»  asarlarida  til  na 

tafakkur  masalalari  yuzasidan  aytgan  fikrlari  hamon  o‘z  qiymatini 

yo‘qotmagan.  Bemniy  tillar o‘rtasidagi  farq turli  xalqlaming u yoki  bu 

urf-odati,  udumidagi  tafovutlar  va  jug‘rofiy  shart-sharoitlar  bilan 

bogiiq, deb tushuntiradi.

«Tillar  o‘rtasidagi  tafovut,  -  deb  yozadi  mutafakkir  -   kishilaming 

xalqlarga  boiinishi  hamda  ulaming  bir-biridan  uzoqda  yashaganligi 

bilan bog‘liqdir».

Shu  narsa  xarakterliki,  Beruniyning  qarashicha,  jamiyatda 

yashovchi  kishi  ehtiyoji til paydo  boiishinnng asosiy  sababchisidir.  Bu



206


borada Beruniy yozadi:  «Har bir xalqqa umum tomonidan qabul etilgan 

nutq  (til)  kerak,  toki  kishilar  ana  shu  til  yordamida  o‘zlarining  turli- 

tuman maqsadlari  (fikri)ni  ifodalay  olishiari mumkin boisin».  0 6rta asr 

shart-sharoitida tilning paydo boiishi haqida bunday ilg‘or fikmi  aytish 

fanda  o6ziga xos jasorat  edi.  Yana  shu  narsani  alohida ta’kidlab  oiish 

lozimki, Beruniy tilning paydo boiishini jarayon sifatida olib qaraydi va 

bu bilan til yaratilgan  degan  ayri  ilmiy  qarashlami  inkor etadi.  Uning 

ta’kidlashicha,  «vaqt-soat  oiishi  bilan  mazkur umum tomonidan  qabul 

etilgan nutq (til) kpayib boradi hamda eslanib, xotirada saqlanib qoladi 

va  takrorlay  berish  oqibatida  ular  shakllanib,  muayyan  bir  tartibga 

tushadi».  Bemniy  fikricha,  kishi  ehtiyoji tufayli paydo bo6lgan til  uning 

hayotiy  zamriyatiga  aylanib,  doimo  rivojlanib  hamda  takomillashib 

boradi.  Bunda  mehnat  qilish  jarayonida  til  kishilar  fikr  almashuvi, 

muomala  qilishi  va tajriba  almashinishida asosiy  vosita  sifatida muhim 

rol  o6ynaydi.  Tilning  bunday  vazifasini  va  ijtimoiy  hayotda  tutgan 

o6rnini  yaxshi  payqagan  Bemniy  «So6z,  til  yordamida  hamma  narsaga 

erishsa bo6ladi»,- deydi. Mana shuning uchun ham mutafakkir muomala 

vositasi  -   til  kishilaming  o6zaro  fikr  almashish  ehtiyoji  tufayli  paydo 

boigan, degan qat’iy ilmiy xulosaga keladi.

Beruniy til kishi tafakkuri, ongining ajralmas qismi boiib, u tarixan 

rivojlanib,  takomil  topib  boradi,  deb  qaraydi.  Mutafakkirning 

qarashicha, til tufayli kishi yorqin fikrlaydi,  yorqin fikr esa kishini  aniq 

va jozibador so6zlami  qidirishga majbur etadi.  Bu jihatdan Bemniyning 

til  boyligi,  leksikologik  va  etimologik  tahlilga  oid  ajoyib  fikrlari 

diqqatga  sazovordir.  Masalan,  olim  o6zining  «Hindiston»  asarida  hind 

tilining  g6oyat  boy  til  ekanligini  qayd  etib,  mazkur  tilda  ayni  bir 

narsaning  o6zini  tub  va  yasama  so6zlarda  bir  necha  nom  bilan  atash, 

yoxud  ayni  bir  so6zning  o6zi  bilan  turli-tuman  buyum-narsalami 

ifodalash mumkin deydi:

Moudakom dehi (Menga suv sepma),

Modakom dehi (Menga holva olib kel).

Ko6rinib turibdiki, har ikkala gap faqat «u» tovushi bilan farqlanadi, 

xolos, ammo bu so6zlaming ma’nosi bir-biridan tubdan farq qiladi.

Mutafakkiming  lingvistik,  ya’ni  tilshunoslik  fani  haqidagi 

qarashlari  «Mineralogiya»  asarida ko6proq aks etgan. Masalan,  «maxa» 

so6zi,  Bemniy  talqinicha,  qo6shma  so6z  blib,  «ma»  -   «suv»  hamda 

«havo»  so6zlaridan  yasalgandir.  Beruniyning  tushuntirishicha,  olmos 

hindcha «xirak»,  yunoncha «azamas»,  shuningdek,  «adamantun» deb 

ataladi  yoki  bo6lmasa  oltin  rimcha  «xarusun»,  hindcha  «suvarn»,

207



turkcha «oltin»,  forscha «zar», arabcha «nidor» deb ataladi va hokazo. 

Beruniy xuddi shu tarzda «Saydana»  asarida ham dorilaming nomlarini 

arabcha,  forscha,  yunoncha va  boshqa tillarda  qiyosiy  izohlaydi.  Shuni 

aytish kerakki, olimning bu lingvistik qarashlari ilmiy qimmatga 'egadir. 

Vaholanki,  tadqiqotchilarimiz  bunga  hozirga  qadar  yetarli  e’tibor 

berganlaricha yo‘q.

Beruniy  zabardast  tarixchi  sifatida  «Xorazmning  mashhur 

kishilari», «Hindiston», «Tarixni o‘rinsiz so‘zlardan tozalash», «Yillarni 

chiqarishdagi 

farqlar 


haqida», 

«Qadimgi 

xalqlardan 

qolgan 


yodgorliklar»  kabi  asarlarida insoniyat va  uni jamiyatdagi  o‘mi,  buyuk 

burilishlari haqida to‘xtalib, tarix faniga birinchi bor keng ta’rif beradi.

Eng  muhimi  shundaki,  Beruniy  o‘z  davrida  dunyoviy  ilmlaming 

ravnaqi  uchun  qayg‘urib  shunday  deydi:  «Zamondoshlarimga  nazar 

solganimda  shuni  ko‘rdimki,  ular  hamma  joylarda  jaholat  libosini 

yopinganlar va shu bilan bir-birlari qarshisida faxr qiladilar. Ular fazilat 

egalariga  qarshi  dushmanlik  olovi  bilan  lovullab  yonadilar  va 

(peshonasiga) ilm muhri bosilgan har bir kishini ta’qib  qilib, unga turli- 

tuman  ozor  va  yomonlik  yetkazadilar».  Shunday  jaholat  va  yovuzlik 

shart - sharoitiga o‘ralgani holda olim tinmay ijod qildi, ilmu ma’rifatga 

rivoj berdi. Chunki ilmu ma’rifat uning uchun hayotiy zaruriyat edi.

Ammo  Beruniy  atrofidagi  bir  guruh johillar molu  davlatiga kerilib 

ilmu  ma’rifatni  mensimasdan,  ilm  ahliga  haqoratomuz  muomalada 

boiar  edilar.  Shunday  kimsalarga  javoban  Beruniy  ilmning  qadr- 

qimmatini  baland  qo‘yish  kerakligini,  insonning  chin  fazilati  ilmda 

ekanini ishonch bilan uqtiradi:




Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish