Ishoq ibn Ahmad al-Buxoriy, Abu Abdulloh ibn Ibrohim an-Natiliy,
Sharofiddin Abu Abdulloh ibn Yusuf Ayloqiy, Abu Ali al-Hasan ibn
Xoris al-Hububiy al-Xorazmiy, Zayniddin Jurjoniy, Abulkarim Zirg‘o-
liy, Abu Abdulloh al-Vazir, Abdulhasan Ma’mun, Abu Muhammad al-
Xorazmiy, Abduawal ibn Abdusamadiy, Abu Azoq ibn Bahnom,
Abusaid Shabibiy, al-Xarojiy, al-Hamdiki, Ahmad Ma’suriy, Abu
Muhammad Rakkoshiy, Abu Abdulloh ibn Hamid al-Xorazmiy, Abu
Bakr Muhammad al-Xorazmiy, Qamariy kabi yuzga yaqin olimlar
matematika, astronomiya, falsafa, pedagogika, psixologiya, mantiq,
tibbiyot, tarix, tilshunoslik, flqh, geografiya, geodeziya, topografiya,
mexanika kabi fanlar bilan shug‘ullanib, ulaming kelajakda jahon
miqyosida rivojlanishiga zamin yaratganlar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Ma’mun Akademiyasi» olimlari
hayoti va ijodlari asosiy yo‘nalishlari bilan tanishish ulaming diniy
masalalarda betaraflik mavqesida turganliklarini ko‘rsatadi. Masalan,
Abu Rayhon Beruniyning ustozi Abu Nasr ibn Iroq mutakallimlaming
ja’diya maktabiga mansub boigan. Keyinchalik Xorazm xanafiylari
orasida mutakallimlarning asosiy maktabi Mu’taliziya XI-XIV asrlarda
keng tarqaldi. Abu Rayhon Beruniy o‘zi yozgan asarlarida
abumuslumiylar, al-Muqanna tarafdorlari, mubayyidlar, qarmatiylarga
ko‘p e’tibor bergan. Ibn Sino esa ismoiliylarga xayrixohlik bilan
qaraganliklari yaxshi maium. Bu taiimot va harakatlarda umumiy
jihatlar mavjud. Birinchidan ular Abbosiylar xalifaligiga muxolifatda
boiib, milliy mustaqillik uchun kurashayotgan sulolalami qoilar edilar.
Ikkinchidan, ular din asoslari, ayniqsa, uning dunyoviy hayot bilan
chambarchas bogiiq sohalarini talqin etishda ratsionalistik (aqliy)
yondashuvga katta o‘rin berardilar. Bu borada ular antik falsafa va
mavjud fanlar, mahalliy ilmu fan yutuqlaridan keng foydalanar edilar.
Shu jihatdan
bu
yo‘nalish
dindagi
boshqa
oqim-diniylikni
dunyoviylikdan ustun qo‘yuvchi, o‘zlaridan awalgi diniy jamoa
amaliyotiga so‘zsiz taqlid qiluvchi («muqalladu») an’anachilaridan farq
qilardi.
Mutafakkirlaming firqa ichidagi mavqelari ham o‘ziga xos edi.
Masalan, Abu Nasr al-Forobiy Ma’sum imom boshchiligidagi jamiyat
qurishda Platonning nfozil kishilar shahri» taiimotini asos qilib oldi va
shu nomda asar ham yaratdi. U diniy ilmlar va falsafaning boshqa
sohalarini shu taiimotga bo‘ysundirdi. Forobiyning bu tizimini ismoiliy-
qarmatiy an’anachilari orasida «Imomning an 'anaviy birinchi
ta 'lim»idan farqli «Ikkinchi ta ’lim» («at-Ta 'lim as-soni») nomini oldi.
193
Olimning o‘zi esa taiimoti uchun «Ikkinchi muallim» («al-Mu9allim
as-soni») iaqabini oldi. Abu Nasr al-Forobiy o‘z taiimotini amalga
oshirish uchuit Buvayhiylar, Hamadoniylar, Fyatimiylaming bir
saroyidan ikkinchi saroyiga samarasiz ko6chib yurdi. Ibn Sino esa al-
Forobiy taiimotining alohida sohalarini chuqurlashtirish, batafsil bayon
etish yoiini tanladi. U ideal taiimotni amalga oshirishni «Ma’mun
Akademiyasi»da boshladi. Pirovard-natijada, bu ishda ibn Sino al-
Forobiydan farqli ravishda ancha yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi. U
Buvayhiylar saroyida bosh vazir darajasiga erishdi. Shuning uchun ibn
Sino firqa a’zolari ichida «ash-Shayx ar-Ra ’is» («Olimlar raisi»)
laqabiga ega boidi.
Abu Rayhon Bemniy ushbu masalalarda al-Forobiy va ibn Sinoga
qaraganda realizmga (haqqoniyatga) yaqinroq edi. U fan bilan bevosita
shug4ullangan kishigina fan haqida fikr yuritishi mumkin, deb
hisoblagan. Buning uchun u, albatta, faylasuf boiishi kerak, ya’ni
barcha mavjud fanlaming asosini bilmogi lozim. Ularning tafsilotlarini
bilish uchun inson hayoti yetarli emas. 0 ‘zi qiziqqan, o‘ziga kerak fanlar
bilan bevosita shug4ullanishi mumkin. Bu ilmiy prinsiplar «Ma’mun
Akademiyasi» barcha olimlari uchun ustuvor boidi. Chunki bu ilmiy
maktab uchun Abu Rayhon Beruniyning roli ulkan edi. 998-1003
yillarda ibn Sinoning ustozlari Abu Sahl al-Masihiy va Abu ]s[asr ibn
Iroq o‘zlarining 12 tadan risolalarini shaxsan Abu Rayhon Beruniyga
bagishladilar. Ibn al-Ma’mun davrida Bemniyning siyosiy mavqei ham
ancha yuqori boigan. U tashqi siyosat sohasida haqqoniyat
pozitsiyasida turgan. Jumladan, Mahmud G‘aznaviy (998-1030)
tomonidan Xorazmshohlar davlatiga tahdid kuchayganda, Abu Rayhon
Bemniy Qoraxoniylar (840-1212) bilan ittifoqchilikni kuchaytirishni
taklif etgan edi.
«Ma’mun Akademiyasi» olimlari dunyoqarashlarining shakllani-
shiga Qadimgi Yunon, Rim, Xitoy, Yaqin va 0 6rta Sharq, Hindiston
ilmu fan yutuqlari asos boiganligini so‘zsiz e’tirof etish darkor. Bunga
shu davrda Gurganchdagi Ibn al-Xammoming yunon va suryoniy
tilllardan tarjimonlik faoliyati yorqin misol boia oladi. Lekin
Akademiya olimlarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda
shakllandilar. Ulaming ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qadimgi Xorazm
badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi (falakiyot ilmi), matematikasi,
irrigatsiyasi yutuqlari jahon sivilizatsiyasi xazinasiga kirdi va butun
insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshladi.
194
«Ma’mun
Akademiyasi»
olimlari
mahalliy
ilmiy
muhit
vakillarining yutuqlaridan keng foydalanganlar. Ular o4z asarlarida X asr
olimlari matematik Abu-l-Hasan Ozarxur ibn Jashnas, astronom Ahmad
al-Farg6oniy? geograf al-Jayhoniy, astronom, «Faxr sekstanti» asbobi
kashfiyotchisi Abu Mahmud al-Xo‘jandiy, tabiyotchilar Abu-l-Hasan as-
Samarqandiy, Sulaymon ibn Isma as-Samarqandiy, Sa’id ibn Xafif as-
Samarqandiy, Ahmad as-Sohoniy, qomusiy olim Abu Abdulloh al-
Xorazmiy, «Ixvon as-Safo»ning samarqandlik olimlari chiqargan ilmiy
xulosalarga suyandilar. «Ma’mun Akademiyasi» an’analari keyinchalik
ham ulaming Markaziy osiyolik izdoshlari tomonidan davom ettirildi.
Markaziy Osiyoda ilm-fan rivojidagi uzilishlar haqida ba’zi
tadqiqotchilaming notri fikrlari yagona bo‘lgan o‘rta asr fanini
tabiiy-falsafiy va sof diniy fanlar guruhlariga sun’iy boiishdan kelib
chiqsa kerak va bu tadqiqotchilar birinchi gumh fanlari Markaziy
Osiyoda nazariy ahamiyatga ega boiib, amaliyot bilan bog‘lanmagan,
degan fikmi asos qilib oladilar. Bu xulosani «Ma’mun Akademiyasi»
olimlari erishgan mislsiz yutuqlar rad etadi. Ular «Ilmu fan foydaliligi
bular yordamida kishilar uchun zamr hojatlarga erishmakdir» asoslariga
suyanganlar. Bu olimlar Xorazm tabiatini, uning iqlimini, suorish
tizimini, mineralogiyasini, yer osti suvlarini, Amudaryo deltasining
tarixini, korizlar qurish orqali tuproq tozalash yoilarini tadqiq etganlar.
Ular ilm-fanning boshqa sohalari bilan ham shuullandilar.
Akademiya a’zolaridan olim Abu Bakr
Do'stlaringiz bilan baham: