Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet645/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   641   642   643   644   645   646   647   648   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

Muammolar va rejalar

Yaponiya  iqtisodini  rivojlantirish  va  yangi-yangi  ishlab  chiqarish 

texnologiyasini  joriy  etish  bo‘yicha  ulkan  yutuqlami  qo‘lga  kiritdi. 

Bunga  sabab,  aholi  maiumot  darajasining  yuqoriligidir.  Yaponiya 

taiimining  asosiy  maqsadi  va  mazmuni  aholini  zamonaviy  texnik 

hamda texnologik jarayonlar bilan jihozlangan hozirgi zamon sanoatida 

samarali  ishlashga  moslashtirishdir.  Mamlakatda  maktabga  muhim

696



ijtimoiy  vazifani  bajaruvchi,  jamiyatning  olg‘a  siljishini  ta’minlovchi 

dargoh deb qaraladi va xalq tomonidan e’zozlanadi.

Yaponiya  ta’limidagi  muammolar  ustida  so‘z  ketadigan  bo‘lsa,  bu 

birinchi  navbatda  yuqori  kategoriya,  baho,  reyting  uchun  o‘quv 

muassasalari  o‘rtasidagi  raqobat  va  kurashdir.  Bu  masalani  Yaponiya 

ijtimoiy  shiroitida  oqilona  hal  etish  juda  qiyin.  Chunki,  yuqori  toifali 

oliy  o‘quv  yurtlariga  asosan  badavlat  oilalaming  bolalarigina  kirib 

o‘qiydilar.  1960-yillardan  boshlab  bu  muammolar  atrofida  noroziliklar 

va ixtiloflar kuchayib ketdi.

Fuqarolar 

xususiy 

bilim 


maskanlarini 

kamaytirib, 

davlat 

tasarrufidagi o‘quv yurtlarini ko‘paytirishni talab qilmoqdalar.

1984-yilda  Yaponiya  hukumati  ta’limning  muvaqqat  qo‘mitasini 

tuzdi.  Xuddi  shu  yili  Yaponiya  o‘qituvchilari  Kengashi  ta’limni  isloh 

qilish  bo‘yicha  o‘z  kengashini  ta’sis  etdi.  Isloh  qilish  loyihasi 

quyidagilardan iborat:

-  tinchlik va xalqaro birdamlik;

-  inson huquqlari va ijtimoiy tenglik;

-  bilim olishga umrbod huquqiy kafolat;

-  ta’limda mustaqillik, o‘zaro tajriba almashish, muloqot;

-  islohotni amalga oshirishda xalqning keng ishtirokini ta’minlash.

Bu  kengash  tarafdorlarining  fikricha,  bilim  olish  majburiy  emas,

huquqiy  bo‘lishi,  bilim  olishga  intiluvchilar  birikishlari,  uning 

taraqqiyoti  uchun  kurashuvlari  kerak.  Har  holda,  yapon  ta’limi 

konsepsiyasida  yaqin  kelajakda  o‘zgarshilar  bo‘lishi  ham  ko‘zda 

tutilmoqda.



Yuqoridagilardan  ko ‘rinib  turibdiki,  Yaponiyada  ta ’lim  tizimi ham 

shaklan,  ham  mazmunan  yuksak  uyg‘unlik  kasb  etgan.  Ibrat  olsa,

o ‘rganish  arziydigan  jihatlari  ko ‘p.  E 'tiborli  yana  bir  tomoni  -  

Yaponiyada faqat milliy  an’analar  bilan  cheklanib  qolmay, jahondagi 

Amerika,  Fransiya,  Germaniya  kabi  taraqqiy  etgan  mamlakatlarning 

ilg ‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o ‘zlashtirilgan.

Bunday  tajriba yangilanish va  rivojlanish jarayonini  kechirayotgan 

mustaqil  Respublikamiz  ta’lim  tizimini  yanada  yuqori  pog‘onaga 

ko‘tarishda  qo‘l  kelishi  shubhasiz.  Hamma  gap  masalaga  mahalliy 

sharoitdan kelib chiqqan holda ijodiy yondashishda, tashabbuskorlik va 

tashkilotchilik kursatib ish yuritishdadir.



697


TURKIYA TA’LIM TIZIMLARI

Turkiya  Respublikasida  hozir  amaldagi  ta’lim  tizimlariga  turk 

xalqining  asl  farzandi  Kamol  Otaturk  asos  solgan.  Turkiya  ta’lim 

tizimlari  mamlakat  Konstitutsiyasi  va  «MilIiy  maorif  vazirligining 

tuzilishi  va  vazifalari  haqida»gi  179,  208,  385-sonli  qonunlarda 

hamda hukumat dasturlarida har tomonlama chuqur ifodalangan.

Respublika  Konstitutsiyasining  42-moddasida  «Barcha  kishilar 

taHim-tarbiya  olish  huquqiga  egadirlar»  deb  yozib  qo‘yilgan  va 

fuqarolaming 

bilim 

olish 


huquqlari 

kafolatlangan. 

Turkiya 

Respublikasida  barcha  tipdagi  ta’lim  to‘la  davlat  nazoratida  bo‘lib, 

bunday  nazoratga  kirmaydigan  ta’lim-tarbiya  maskanlarini  ochish 

mumkin emas. Xususiy maktablar ham davlat ta’lim standartlari talabiga 

mos kelishi va davlat dasturlarini to‘la bajarishga majbur.

Boshlang‘ich  ta’lim  barcha  kishilar  uchun  majburiy,  davlat 

maktablarida bepul  o‘qitiladi.  Majburiy  ta’limdan  so‘ng  uning  keyingi 

bosqichlarida  o‘qishni  davom  ettirish  istagini  bildirgan,  katn 

ta’minlangan  oilalardan chiqqan bolalar davlat tomonidan  stipendiyalar 

bilan ta’minlanadilar, ularga boshqa tegishli imtiyozlar ham belgilangan.

Ta’lim 

muassasalarida 

faqat 

o‘quv-tarbiya 



ishlari, 

uni 


takomillashtirish  bilan  bog‘liq  vazifalamigina  bajaradilar.  Undan 

tashqari faoliyatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Turk  millatiga  mansub  kishilarga  ona  tili  sifatida  boshqa  biror 

xorijiy  davlat  tilini  o‘rgatish  mumkin  emas.  Turkiya  milliy  maorifi 

tizimlarining  umumiy  tuzilishi  quyidagicha:  ta’lim  tizimi  bu 

mamlakatda ikki asosiy qismga bo‘linadi. Ulardan birinchi qismi maktab 

ta’limi bo‘lib, uning tarkibiga maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, 

o‘rta va oliy ta’lim kiradi. Uning tarkibi quyidagicha:

1.  Maktabgacha  tarbiya  bosqichiga  maktab  yoshiga  etmagan 

bolalami  qabul  qilish  ixtiyoriydir.  Maktabgacha  ta’lim-tarbiyaning 

maqsadi  bolalami jismoniy,  aqliy  va  axloqiy  rivojlanishini  ta’minlash, 

ulami  maktab  bosqichiga  puxta  tayyorlab  berish,  kam  ta’minlangan 

o‘quvchilarga  sharoit  yaratish,  turk  tilida  to‘g‘ri  va  chiroyli  gapirishni 

o‘rgatishdan iboratdir.

2.  Boshlang‘ich  maktabda  esa  bolalar  6  yoshdan  14  yoshgacha 

ta’lim oladilar.  Bu bosqichdagi  maktab quyidagi  maqsad va vazifalami 

ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi:

a) 


har bir turk farzandiga yaxshi  inson bo‘lib kamol topish,  bilimli 

bo‘lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o‘rgatish;



698


b) 

har  bir turk  farzandiga  qiziqish,  qobiliyati  va  iste’dodlariga 

ko‘ra  ta’lim  berish,  ulami  hayotga,  o‘qishning  keyingi  bosqichlariga 

puxta tayyorlashdan iborat.

Boshlang‘ich taiim   muassasalari  maktabgacha tarbiya bosqichidan 

so‘ng  ikki  qismga:  5  yillik  boshlang‘ich  va  3  yillik  o‘rta  maktablar 

bosqichiga  boiinadi.  Har  ikki  bosqich  maktabini  bitirganlik  haqida 

o‘quvchilarga attestat beriladi.

Bu  ikki  bosqich maktab  sharoitiga  qarab  bir maktab bazasida yoki 

alohida-alohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin.

Aholi  siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan 

birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati boimagan tumanlarda esa bu 

taiim   bosqichi  intematlar tipidagi  o‘quv  muassasalari  shaklida amalga 

oshiriladi.

3. 

0 ‘rta  ta’lim  boshiangMch  taiim ga  tayanib,  kamida  uch yillik 



taiim   beruvchi  umumiy,  kasbiy  va  texnik  taiim   muassasalarini  o‘z 

ichiga oladi.

Uning asosiy maqsadi barcha o‘quvchilarga umumiy o‘rta taiim  va 

shunga  muvofiq  umumiy  madaniyat,  inson  va jamiyat  muammolarini 

o‘rgatish,  ulami  oliy  taiim   bosqichiga,  hayotga,  kasb-kor  sohalariga 

■ayyorlashdir.

Bu  maqsadlar  o‘rta  umumiy  taiim,  turli  dasturlarda  kasb-kor 

o‘rgatuvchi 

texnik-qurilish, 

qishloq 


xo‘jaligi 

yo‘nalishlaridagi 

litseylarda amalga oshiriladi.

0 ‘quvning  har  bir  bosqichi  bo‘yicha  alohida-alohida  dasturlar 

mavjud.

Bu dasturlar quyidagilardir:

-  ta’ limning Oliy bosqichiga tayyorlash dasturi;

-  kasbga va oliy taiimga tayyorlash dasturi;

-   hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va hokazolar.

Litseylar  o‘z  turlariga  va  jumhuriyat  ehtiyojiga  ko‘ra

quyidagicha ixtisoslashtirilgan:

-  umumiy litseylar -  o‘quvchilami oiiy taiimga tayyorlaydi, o‘qish

3 yil;

-  fan  litseylari  -  alohida fanlardan  iqtidorli  va  ijodkor o‘quvchilar 



bilimini va qobiliyatini takomillashtiradi, o‘qish 5 yil;

-   kichik  litseylar  -   kunduzgi  litseylarda  o‘qish  imkoniyati 

boimaganlar uchun, o‘qish 4 yil;

-  kasb-hunar litseylari — o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari bo‘yicha turli 

kasb-hunar o‘rgatadi, o‘qish muddati 3 yil;

699



-   nafis  san’at  litseyi  — ona  tili  va  adabiyoti,  rasm,  musiqa  kabi 

bo‘limlarga ega;

-   o‘qituvchilar  litseylari  —  boshlang‘ich  ta’lim  bo‘yicha 

o‘qituvchilar  tayyorlaydi.  0 ‘qish  muddati  1  yil  tayyorlov  kursini 

hisobga olganda 4 yil;

-   tijorat  va  turizm  ta’limi  litseylari  -   maishiy  xizmat  ko‘rsatish, 

savdo,  umumiy  ovqatlanish  shahobchalariga  va  boshqa  sohalarga 

mutaxassislar tayyorlab beradi;

-  diniy ta’lim maktablari — imom-xatib hamda din darsini o‘tuvchi 

o‘qituvchilar tayyorlaydi;

-   maxsus  ta’lim  maktablari  — ular  korreksion  maktablar  bo‘lib, 

jismoniy-aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar uchun mo‘ljallangan;

— 

texnik litseylar — o‘quvchilarga umumiy fanlar bilan bir qatorda 



industrial kasb-hunar ta’limini beradi.

Bundan tashqari  Turkiyada qizlar kasb  litseyi,  qizlar texnik litseyi, 

qizlar  san’at  o‘rta  maktablari,  qizlar,  o‘g‘il  bolalar  xususiy  maktablari 

mavjud.


4.  Oliy  ta’lim  —  mamlakatda  oliy  malakali  turli  kasb 

mutaxassisliklarini,  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borishga qodir kishilami 

yetishtirib beradi.

Turkiyada bunday mutaxassisliklar bo‘yicha hozir 235 universitetlar 

va  oliy  texnologik  institutlar  ishlab  turibdi.  Bu  universitetlardan  2  tasi 

diniy mahkamalar tasarrufidadir.

Mamlakatdan  tashqarida  yashovchi  turk  millatiga  mansub 

kishilaming  (ular  2,5  mln.  dan  ortiq)  ta’lim-tarbiyasiga  ham  katta 

ahamiyat  beriladi.  Hozir  shunday  toifadagi  kishilami  o‘qitish  uchun 

Turkiya  hukumati  tomonidan  1,236  ta  o‘qituvchi  ajratilgan.  Ulaming 

barchasiga davlat tomonidan haq to‘lanadi.

Turkiya hukumati «Milliy  maorifming  asosiy Qonuni»da  maktab 

ta’limi  bilan bir qatorda maktabdan tashqari ta’limga ham  katta e’tibor 

berilgan.

Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yilgan  asosiy  talab  katta 

yoshdagilami o‘qish va yozishga o‘rgatish;  ularga umumiy va kasb-kor 

bilimlarini  berish;  savodxonlikdagi  nuqsonlami  bartaraf  etish  kabi 

vazifalami  bajaradi,  shuningdek,  bunday  muassasalar  fuqarolarga, 

birinchi galda yoshlarga ijtimoiy hayotning ilmiy, texnologik,  iqtisodiy, 

madaniy hayotga to‘la moslashish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. 

Shuningdek,  MTMlar  turli  sohalarda  mehnat  qilayotgan  kishilaming 

ishdan  ajralmagan  holda  kasb  malakalarini  oshirishga  imkoniyat



700


tug‘diradi.  Turkiya  Respublikasida  maktabdan  tashqari  ta’lim  ikki 

manba  orqali  beriladi.  Ulardan  biri  maktab  bo‘lsa,  ikkinchisi  ustoz- 

shogirdlik yo‘nalishidir.

Ulaming sohalar bo‘yicha dasturlari quyidagilar:

1. Umumiy ta’lim dasturlari;

2. Kasb-hunar, texnik ta’lim dasturlari;

3. Shogirdlik va ustalik ta’limi dasturlari;

4. Ochiq ta’lim dasturlari va hokazolar. 

/

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarkibiga bulardan tashqari



amaliy  san’at  maktablari,  qizlar  amaliy  san’at  maktablari,  yetuklik 

institutlari va yetuklik texnik ta’lim markazlari ham kiritilgan.

Shuningdek,  keyingi  yillarda  o‘quvchilar  va  talabalaming  bo‘sh 

vaqtlarini  ko‘ngilli  va  sermazmun  o‘tkazishga  katta  ahamiyat 

berilmoqda.  Shu  maqsadda  til  o‘rgatish  markazlari  musiqa,  xalq 

o‘yinlari,  foto,  teatr  studiyalari,  shaxmat-shashka  klublari,  turli 

sayohatlar  uyushtirish,  lagerda  dam  olishni  tashkil  qilish,  hamshiralik, 

rassomchilik  to‘garaklari  yo‘lga  qo‘yilayotir,  ular  orqali  turli  tanlovlar 

o‘tkazish amalga oshirilmoqda.

Talabalar  va  o‘quvchilar  uchun  sportning  turli  sohalari  bo‘yicha 

seksiyalar  tashkil  etilgan,  ularda  sportning  ommaviy  turlari  bo‘yicha 

tumirlar,  musobaqalar  tashkil  etilmoqda.  Qizlar  uchun  esa  qo‘lda 

to‘qish,  bichish-tikish,  pazandalik yo‘nalishlaridagi  to‘garaklar mavjud. 

Ular tomonidan to‘qilgan,  tikilgan va tayyorlangan mahsulotlar har yili 

Anqaradagi katta ko‘rgazmada namoyish etiladi.

FRANSIYADA TA’LIM TIZIMLARI

Fransiya  jahondagi  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  ichida 

yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy 

va boy tarixga ega.

Bu  mamlakatda  «Ta’Iim  haqida»gi  Qonun  dastlab  1955-yilda 

qabul qilinib,  1975-yilda unga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Fransiya  davlatining  hozirgi  davrida  amal  qilayotgan  «Ta’liin 

haqida»gi  Qonuni  1989-yil  10-iyulda  qabul  qilingan  bo‘lib,  uning 

o‘zgartirilishi 

ta’lim 

strategiyasida 

ro‘y 

bergan 


o‘zgarishlar, 

mamlakatning  ichki,  tashqi  siyosatidagi  islohotlar,  yuzaga  kelgan 

iqtisodiy  sharoitlar,  chet  el  pedagogikasidagi  ilg‘or  tajribalaming 

mamlakat  ta’lim  tizimlariga  kirib  kelishi,  o‘quv  predmetlaridagi 

integratsiyalar sabab bo‘ldi.

701



Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol 

topishini  ta’minlash,  uni  mustaqil  faoliyatga  tayyorlash,  bozor 

munosabatlari sharoitida o‘quvchilami tadbirkorlikka,  ishbilarmonlik va 

omilkorlikka  o‘rgatish,  shunga  yarasha  kasbkorga  ega  qilishdan 

iboratdir.

Mamlakatda  maktablar  davlat,  xususiy,  oraliq  maktablariga 

bo‘linadi.  0 ‘qitiladigan  predmetlar  ichida  fransuz  tili  va  adabiyoti, 

o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt 

dars  «tarkib»ining  30  foizini  tashkil  etadi.  Umuman,  «tarkib»dagi  45 

foiz  darslar  gumanitar  yo‘nalishda,  qolganlari  tabiiy  fanlardir. 

Sinflaming  o‘rtacha  haftalik  darslari  26  soatdan  iborat,  darslaming 

davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalaming o‘rtacha soni 35-40 ta, 

o‘quv yili 5 chorakka boiinadi.

Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalab va tushdan keyin o‘tkaziladi. 

Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa 

predmetlardan  saboq  oladilar.  Fransiya  maktablarida  ona  tili  va 

adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat 

taiimi,  jismoniy  tarbiya  predmetlari  esa  rivojlantiruvchi  predmetlar 

hisoblanadi.

T aiim  tizimlari

Fransiya taiim  tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya 

tashkil  etadi.  Bu  bosqichni  «Onalar  maktabi»  deb  ham  yuritiladi. 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalaming maktabdagi sharoitini uy 

sharoiti  bilan  yaqinlashtirish,  ularga  oiladagidek  iliq  munosabatni 

shakllantirishdan  iborat.  Ular  mustaqil  holda  ham,  maktablaming 

boshlangich  sinflari  bazasida  ham  tashkil  etilgan.  Fransiya  taiimida 

bolalaming  go‘daklik  chog‘idanoq  maktabda  o‘qitish  uchun  tayyor 

holda  olib  kelish  g‘oyat  muhim  masala  hisoblanadi.  «Onalar 

maktablari» 

bazasida 

tashkil 

etilgan 


maktabgacha 

tarbiya 


shahobchalarida tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:

-  kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha;

-  o‘rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha;

-  katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha.

5-6  yoshlilar maktabga  tayyorlov  guruhi  boiib,  ularga Fransiyada 

100  foiz  shu  yoshdagi  bolalar  qamrab  olingan.  Bolalami  maktabga 

tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   641   642   643   644   645   646   647   648   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish