Ey ko‘ngul, ishq o‘ynamoq qilma havaskim borxo,
Ishqoing oxirida sani rasvoyi davron aylagay.
Avaz 0 ‘tar o‘g‘li yosh kelin-kuyovni mehmonnavozlik odobiga va
odamshinavandalikka chaqiradi:
Keldi, ey ko‘ngul, istab bizni yaxshi mehmoniar,
Dilbari muhabbatlik mahvashi qadrdonlar.
Xulosa qilib aytganda, Avaz 0 ‘tar o‘g‘li o‘zining ma’rifiy-didaktik
qarashlari orqali insonni, uning ajoyib fazilatlarini ulugiadi. Xalqning
farzandlari ilmli va ma’rifatli boiishi va shu asosda axloqiy
barkamollikka erishuvini orzu qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |