Aylagil ma9shuqlikni ixtiyor, ey gulbadan.
Kishi gar sodiq ersa ishq arb bu yangligS
Boiur Feruz baxtu kamron ohista-ohista.
Shunday qilib, ma’rifatparvarlik g4oyalari Muhammad Rahimxon
Feruz faoliyatida o4zining amaliy mohiyatini namoyon qila oldt Feruz
o‘z faoliyatida Xorazmning istiqloli uchun kurashib, xalqni, unga
tegishli barcha ma’naviy boyliklarini insoniyat sarvari timsolida talqin
qildi. Bu merosni har tomonlama o‘rganish, ilmiy-adabiy, falsafiy,
tarixiy, huquqiy, tarbiyashunoslik, san’atshunoslik nuqtayi nazaridan
yirik ilmiv tadqiqot ishlarini olib borish o‘zbek madaniyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
505
6.5. KOMIL XORAZMIY VA MUHAMMAD RASUL
MIRZONING MA’RIFIY-AXLOQIY QARASHLARI
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy (1825—1899) o‘zbek adabi-
yoti, musiqashunosligi va tarbiyashunosligi taraqqiyotiga katta hissa
qo‘shgan zabardast shoir va mohir bastakor boiish bilan birga yirik
davlat arbobi, tarjimon va xattot ham edi.
Pahlavon Niyoz Muhammad 1825-yilda Xivadagi madrasa
mudarrisi Abdulla Oxun oilasida tug‘ildi. «Pahlavon» uning laqabi,
«Komil» (kamolotga erishgan) esa adabiy taxallusidir. Otasi o‘z o‘giini
yaxshi tarbiyalash barobarida uning xat-savodini chiqarish uchun ham
harakat qilib, masjid qoshidagi maktabga o‘qishga berdi. Maktabdan
keyingi vaqtlarda esa saboqni o‘z otasidan oldi. Abdulla Oxun o‘g‘liga
arab, fors tillarini o‘rgatdi, adabiyot va musiqaga havas uyg‘otdi.
Bo‘lg‘usi shoir madrasada o‘qib yurgan davrlaridayoq mumtoz adabiyot
vakillarining ijodini zo‘r havas bilan o‘rgandi. Alisher Navoiyni o‘ziga
ustod bilib, unga taqlid qilib she’rlar yoza boshladi. Fuzuliy, Munis,
Ogahiy ijodi Komil uchun adabiy maktab rolini o‘tadi. U yigirma besh-
o‘ttiz yoshlarida mashhur shoir boiib yetishadi. Musiqa va xattotlik
san’atini ham o‘rganadi. Komildagi bunday yuksak iste’doddan xabar
topgan Xiva hukmdori Sayd Muhammadxon (1856-1865) uni saroyga
chaqirib, kotiblik vazifasiga tayinlaydi. Komil atrofiga ko‘p yoshlami
to‘plab, ularga husnixatdan taiim berdi. Kitob faqat qoiyozma
nusxalarda yoki juda boimaganda toshbosma usulida tarqalgan davrda
bu san’at, ayniqsa, katta ma’rifiy ahamiyat kasb etgan edi. Komilning
bevosita tarbiyasida yetishgan xattotlar 50 nafardan ortiq boiib,
jumladan, ustod Muhammad Panoh, Xudoybergan Muhrkon devon,
Muhammad Sharif Tarro devon, Muhammad Rasul, Matyoqub Xarrot
devon va boshqalar bu sohada zo‘r mahorat va shuhrat qozondilar.
Komil Xorazmiy Muhammad RahimxonFeruz (1865-1910) davrida
mirzaboshi lavozimida ishladi. U devonbegilik vazifasini (1873-1879)
bajarayotgan davrda Xorazmda bir qancha iqtisodiy, siyosiy va madaniy
tadbirlami amalga oshirdi. Xususan, uning chor Rusiyasi ma’murlari
bilan olib borgan diplomatik aloqalari, Xiva xonligi fuqarolarining
huquqini himoya qilish harakati o‘zbeklar, turkmanlar va qoraqalpoqlar
o‘rtasida tinch-totuvlik o‘matishga intilishi o‘sha davming juda katta
ijtimoiy-siyosiy voqeasi boidi.
Komil
Xorazmiy
boy
Sharq
adabiyotining
eng
yaxshi
namunalaridan ba’zilarini tarjima qilishda va Xiva toshbosmasida kitob
506
holida chop etishda faol qatnashdi. Mashhur olim Husayn Voiz
Koshifiyning o‘g‘li Faxriddin Sayfi tomonidan 1532-yilda yozilgan
«Latoif-at tavaif» («Turli toifalarning latifalari») asarini «Latoif-at
zaroif» nomi bilan Komil Xorazmiy tarjima qildi. «Mumtoz» taxallusi
bilan asarlar yozgan Barxudor binni Mahmud turkman Farohiyning
(XVIII asr) «Mahbubul qulub» («Qalblar sevgilisi») asarining
o‘zbekcha tarjimasi ham Komil Xorazmiy qalamiga mansub. Kichik
hajmdagi ma’rifiy-didaktik hikoyalami o‘z ichiga olgan bu asarlar hali
yetarlicha o‘rganilgani yo‘q. Komil Xorazmiyning bu tarjimalari,
shubhasiz, o‘zbek madaniyati taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallaydi.
Komil Xorazmiy o‘z she’rlarini yig‘ib, birinchi marta 1880-1881-
yillarda, ikkinchi marta 1895-yilda devon holida Xiva toshbosmasida
nashretgan.
Komil Xorazmiydan ko‘plab musiqachilar, go‘yandalar musiqa ilmi
bo‘yicha ta’lim olgan. Masalan, Xudoybergan Muhrkon, Matyoqub
Fozochi, Abdulla Gulobiy, Xudoyberdi Mahsum, Bobojon bulomonchi,
Sobir Mahram, Otajon so‘ta, Muhammad Rasul Mirzo, Matyoqub
Xarratlar dutor, tanbur, g‘ijjak, bulamon, sumay, chang, doira va boshqa
musiqa asboblarini va maqom yoilarini chalishni, Xorazm tanbur
chizigi yoilarini o‘rgangan!ar.
Farhod Qobulovning yozishicha, devonbegi Komil Xorazmiy 1875-
yil mart oyida Muhammad Rahimxonxon Feruzni Moskva va Sankt-
Peterburgga maslahatchi sifatida kuzatib boradi. Komilning Rusiyaga
qilgan bu safari faqat sayohat qilishdangina iborat boimasdan, balki
Muhammad Rahimxon soniy unga Xiva xonligi bilan chor Rusiyasi
o‘rtasidagi elchilik aloqalarini yanada mustahkamlashdek mas’ul
vazifani topshirgan edi. Shu sababli ham devonbegi Komil Xorazmiy
o‘sha paytda chor hukumatida yuqori lavozimlami egallab turgan
amaldorlar qabulida boidi. Komil davlat kansleri Gorchakov, harbiy
vazir general-ad’yutant Milyutin va tashqi ishlar vazirligining bajaruvchi
maxfiy maslahatchisi P. N. Stremouxov qabulida boiib, ikki mamlakat
o‘rtasidagi aloqalami mustahkamlash xususida muhim masalalami hal
qildi.
Safar davomida Komil Xorazmiy Sankt-Peterburg shahrining
me’moriy yodgorliklarini tomosha qilish bilan birga zavod va
fabrikalarini ham borib ko‘rdi. Shisha zavodida boigan Komil shisha
ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib bundan hayratlandi: «U zavodda
ikki soatcha boiib, butun ishlab chiqarish jarayonini diqqat bilan
kuzatdi va ko‘z o‘ngida ishlangan bitta grafin va bir necha qadahlami
507
xotira sifatida sotib oldi». Buni ko‘rgan Komil Xorazmiyda Xiva
xonligida ham ana shunday zavod va fabrikalar barpo etish istagi
tug‘ildi.
0 ‘z davrining peshqadam musiqanavisi va bastakori bo‘lgan Komil
Xorazmiy
Sankt-Peterburgni
tomosha
qilib,
konsertlarda
rus
musiqashunoslarining kuylarini notaga qarab ijro etishlarini ko‘rib
cheksiz hayratga tushdi. Xorazmga qaytgandan keyin Komil Xorazmiy
o‘zbek kuylarini kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida o‘zining
mashhur «Tanbur chiziqlari» yoki «Xorazm notasi» ni yaratdi va «Rost»
maqomining bosh qismini notaga oldi. Komil Xorazmiyning «Rost»
maqomiga bogiagan «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» singari
kuylari notaga yozilgan holda hozirgacha saqlanmoqda va xonanda,
sozandalar tomonidan kuylanmoqda.
Komil Xorazmiy Sankt-Peterburgda kar-soqovlar bilim yurtida,
ko‘rlar institutida ham boiib, o‘qish jarayoni va talabalaming hayoti
bilan tanishadi. Komil va uning hamrohlari ka‘rlar instituti
talabalarining barmoq sezgilari bilan kitob o‘qishlarini ko‘rib hayratda
qoladilar.
1891-yilda Komil Xorazmiy tashabbusi bilan Xivada birinchi yangi
usul maktabi ochiladi. Bu maktabda ms tili va boshqa dunyoviy fanlar
o‘qitilgan. Jumladan, shoirlardan Ahmad Tabibiy, Avaz 0 ‘tar o‘g ii,
Bayoniy, Mirzo va boshqalar rus tilini o‘rganib, Ovrupocha bilimlardan
bahramand boiishgan.
Komil Xorazmiy yoshlami ilm-ma’rifatga da’vat etib, mamlakatni
zamonaviy taraqqiyot yoiiga tushishini orzu qiladi, ijtimoiy taraqqiyot
g‘oyalarini olg‘a suradi. Shoiming «Kamoh>, «Shuaro», «Fuzalo», «Dar
bayoni
ta 'rifi
va
tavsif Toshkand»
kabi
asarlarida
uning
ma’rifatparvarlik va axloqiy-taiimiy g‘oyalari o‘zining yorqin aksini
topgan.
Komil Xorazmiy ilm-ma’rifatni nodonlikka, jaholatga qarshi
kurashda va insonning axloqiy kamolotida asosiy vosita sifatida talqin
etadi. Shuning uchun ham shoir ilm-ma’rifatni hayotning zebu-ziynati
sifatida ta’rif etib yozgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |