- sabablaming o‘zaro bog‘liqligi tamoyili, analiz, sintez,
umumlashtirish;
- bolani darhol kitob o‘qish bilan bog‘lab qo‘ymaslik;
—jamoa bo‘lib o‘qish;
- mashqlar (ulaming me’yorlanganligi, imkoniyat borligi,
jamoatchilik, o‘quvchi-talabalaming qobiliyati va imkoniyatlarini
hisobga olish);
- o‘qitishning asta-sekin, ketma-ketligi, osonidan murakkabga o‘tib
borishi;
- o‘quvchi-talabalaming individualliklarini hisobga olib, tushunarli
boiishi;
- nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi, umumiydan xususiyga
o‘tish, tizimlilik va mantiqiylik ifoda etish va mulohazalarining bir
tekisligi va ketma-ketligi kabi usullar;
- kuzatish, tajriba, amaliyot.
Ibn Sinoning «Donishnoma» asarining ikkinchi boiimi o‘rta asr
falsafasining asosiy qismlaridan hisoblagan «Metafizika» deb nomlanib,
falsafiy bilimlar ikki turga ajratiladi: amaliy va nazariy. Birinchisi bizni
dunyodagi ishlarimizni qay ysinda uyushtirmoqqa rgatadi.
Ikkinchisi esa narsalarning mavjudoti to‘g ‘risida xabar beradi, uni
«nazariy bilim» deyiladi. Bu esa o ‘z navbatida uchga blinadi:
birinchisi — tabiatdan tashqari narsalar to‘g ‘risidagi bilim; ikkinchisi —
matematik bilimlar; uchinchisi — tabiat to ‘g ‘risidagi bilimdir.
Demak, har ikkala bilimning har biri o‘z navbatida uch qismga
ajraladi. Birinchisi - oilani boshqarish, uning talablarini, vazifa va
faoliyatini ta’minlab turish uchun zarur boigan masalalarni o‘rganuvchi
bilimdir. Bu bilim ham ikki qismga boiinadi: 1) diniy-shariat qonunlari;
2) siyosat - bu davlatni idora etish va boshqarish, hukumat va fuqarolar
hamda davlatlar o‘rtasidagi munosabatlami ta’minlash masalalarini
o‘rganadi. Ikkinchisi - davlat fuqarolari, er-xotin va farzandlar,
xo‘jayin va xizmatkorlar o‘rtasidagi munosabatlaming adolatli boiishini
o‘rganadi. Nihoyat, uchinchisi - insonning xulq-atvori qanday boiishi
to‘g‘risidagi bilimdir.
Umuman, ibn Sinoning huquqiy tarbiyaga oid qarashlaridagi
e’tiborga molik narsa shuki, alloma davlatni boshqarish siyosati, ijtimoiy
tabaqalar, huquq, qonun va qoidalar haqida keng va izchil maiumotlar
beradi. Ibn Sino o‘zining «Risolatu tadbiri manzil» asarida shunday deb
yozadi: «Jamiyatda kishilaming me’yorli yashashlari uchun o‘zaro
hamkorlik sharoiti yaratilmogi lozim, buning uchun esa jamiyat
257
a’zolarining hammasi uchun bir xil bo‘lgan oqilona qonun va sud
bo‘lmog‘i kerak: « 0 ‘zaro bog‘liq va almashuv jarayonida insonlar bir-
birini qandaydir muhtojlikdan holi etadilar. Buning uchun insonlar
o‘rtasida o‘zaro kelishuv zarur bo‘lib, bu kelishuv tufayli adolat
qoidalari va qonunlari o‘matiladi. Qonunshunos esa bu qoidalarga
bajarilishi shart bo‘lgan majburiyat tusini beradi. Shuningdek, u yomon
ishlami qiluvchilarga ham, yaxshi ishlami ro‘yobga chiqaruvchilarga
ham baho berishi zarur. Buning uchun oliy qonunshunos va sudbyani tan
olish zarurki, insonlar o‘z faoliyatlarida ulaming hukmlaridan
foydalansinlar».
Ibn Sino kishilami jamiyatda tutgan o‘mi va bajaradigan
vazifalariga ko‘ra uch guruhga ajratadi:
a) davlat idoralarida xizmat qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishlari
bilan shug‘ullanuvchilar;
b) bevosita xom-ashyo, zarur mahsulotlar ishlab chiqarish bilan
mashg‘ul bo‘lganlar;
d) davlatni qo‘riqlash, uni turli tashqi hujumlardan saqlovchi
harbiylar (jangchilar).
Mutafakkir kishilaming bunday tabaqalanishini ma’qullab, «Risolau
tadbiri manzil» asarida shunday deb yozadi: «Aqlli kishilar biladiki, agar
hamma kishilar hukmdor va podshoh bo‘lganlarida edi, ulaming
hammasi yo‘qolib ketardi; agar hamma mehnat qiluvchilarga aylanib
qolib, ulaming orasida hukmdor va sultonlar bo‘lmasa, ular ham yashab
qololmas edilar va halok boMardilar, shuningdek, ulaming barchasi
moddiy ta’minlanganligi jihatidan teng va bir xil boiganlarida edi, ba’zi
kishilar boshqalar uchun ishlamaganda edi, o‘zaro yordam va bir-biriga
mukofot berish to‘xtar edi. Agarda harnrna kambag‘al va nochor
boiganda edi, bu kambag‘allik yo‘qchilikdan ular ham halok boigan
boiardilar». Demak, «odamlaming mulkiy tengsizligi, vazifasining bir
xil emasligi, o‘zaro farqlari, inson ijtimoiy faoliyatining asosiy
sababchisidir».
Eng muhimi, ibn Sinoning ta’kidlashicha, har qanday jamiyat
fuqarolar manfaatini himoya etuvchi adolatli qonunlar asosida idora
etilsa, adolatsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun ibn Sino yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: