Toshkent Moliya


Qayd etilgan valyuta kursi



Download 1,9 Mb.
bet98/111
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#267282
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090

Qayd etilgan valyuta kursi bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o'rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo'1ib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o'zgarishi bevosita ta'sir qilmaydi.

Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta'kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog'liq bo'1gan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo'llash o'zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog'liq:



  • zahiralarning mavjudligi;

  • o'z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo'qqa chiqarishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta'siri ostida shakllanish darajasi, o’z-o’zicha kurslar o'rtasidagi nisbatlarga ta'sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta'sir ko’rsatadi.

Valyuta kurslarining o'zgarishiga bir qator omillar ta'sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz:



  1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o'zgarishi.

  2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o'zgarishlar..

  3. Bahodagi nisbiy o’zgarishlar.

  4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib o'tish maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur'atini hisobga olib o'zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko'tari1adi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo'yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o’sganligini bildiradi.

  5. Spekulyatsiya.

Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko’tarilishi to’g'risidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo'lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.

O'tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Banklarni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Chunki rasmiy valyuta zahiralari bir vaqtning o'zida ham to'1ov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bo’lmasligi mumkin.

Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo’lidir.

Nominal va real valyuta kurslari o'zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fıkr yuritdik.

Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir.

Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi.

Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.

Pd

Er = En


Bu erda : Er — real valyuta kursi; En - nominal valyuta kursi ;

Rd — milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);

Rt — xorijiy valyutada ko'rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).

Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko'tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to’g’risida guvohlik beradi.

Pul nafaqat muomala yoki to'lov vositasi, balki jamg'arish vositasi ham hisoblanadi. Iflyatsiya sharoitida jamg'arish vositasi sifatida milliy valyutadan emas, balki xorijiy valyutadan foydalaniladi.

Valyuta bozori, depozitlar (qo’yilmalar) va qimmatbaho qog'ozlar bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me'yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, foiz me'yorlari baholar o’sishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamg'arma bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi bo'lishi mumkin. Ko'pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma'lum bo'lganki, depozitlar va qimmatbaho qog'ozlar bozoridagi operatsiyalar o’sishi bilan, valyuta bozorlariga iste'molchilar tomonidan bo’ladigan ta'sir o'z-o’zidan kamayadi.

Sarmoyachilar qanday qilib bo'1sa ham o'zlarining vaqtincha bo'sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o'z resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yo'1larini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi.

Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta kursining oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya'ni, ushbu mamlakat depozitiga o'z sarmoyalarini qo’yishni xohlovchilar uchun ularning valyutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan ko'ra qimmatliroq bo'ladi.



  1. Download 1,9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish