Toshkent moliya instituti



Download 191,5 Kb.
Sana18.01.2020
Hajmi191,5 Kb.
#35313
Bog'liq
2-kurs tanishuv amaliyoti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




O’QUV-USLUBIY BO’LIM

TASDIQLAYMAN”
REKTOR _________________U.Azizov


2019 yil ___ avgust



SUG’URTA ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM

YO‘NALISHI BO‘YICHA
TANISHUV AMALIYOTI

DASTURI
OLIY TA’LIMNING


Bilim sohasi:

200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


Ta’lim sohasi:

230000 – Iqtisod




Ta’lim yo‘nalishi:

5231300 – Sug’urta ishi

Toshkent – 2019

TANISHUV AMALIYOTI DASTURI

5231300 – Sug’urta ishi bakalavriat ta’lim uchun

Mazkur dastur takomillashgan DTS, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan.


Tuzuvchilar:




Abduraxmonov I.

− TMI, “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi.




Zakirxodjayeva Sh. A.

  • TMI, “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi.

Taqrizchilar:




Vahobov A

  • AJ “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi Bosh menejeri i.f.n., (kadrlar buyurtmachisi)




Saidov T.

  • “Apex insurance” MChJ sug’urta kompaniyasi Bosh direktori




Shennaev X.

  • TMI “ Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n. (ichki taqriz)


TANISHUV AMALIYOTI DASTURI

5231300 – Sug’urta ishi bakalavriat ta’lim uchun

Mazkur dastur kafedraning 201__ yil “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya yetilgan.



Kafedra mudiri: i.f.n. I. Abduraxmonov

201__ yil “___”__________
TANISHUV AMALIYOTI DASTURI

5231300 – Sug’urta ishi bakalavriat ta’lim uchun

Mazkur dastur Soliqlar va sug‘urta fakulteti Kengashining 201__ yil “____” _________dagi __-sonli majlisida muhokama etilib, institut O‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.


Fakultet dekani i.f.n., dots. G‘. Safarov

201__ yil “___”__________
TANISHUV AMALIYOTI DASTURI

5231300 – Sug’urta ishi bakalavriat ta’lim uchun

Mazkur dasturi institut O‘quv-uslubiy Kengashining 201__ yil “___” ___________dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.


Kengash kotibi: i.f.n., dots. T.M.Baymuratov

201__ yil “___”__________
KELISHILDI”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor i.f.d., prof. I.Qo’ziyev

201__ yil “___”__________

KIRISH

Ushbu amaliyot dasturi 2-kurs “Sug‘urta ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom va 2017-yil 27-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori ijrosi ta’minlashga qaratilgan.

Malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek, ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish, ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish shular jumlasidandir.

Tanishuv amaliyotini o‘tash asosan sug’urta kompaniyalarida amalga oshiriladi. Amaliyotni qaysi sohalarda o‘tash talabalar tomonidan mustaqil tanlanadi.

Talabalar topshiriqlarni bajarish uchun mazkur dasturda keltirilgan qoidalarga amal qilib o‘rganadi va o‘rganish natijalari asosida Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot tayyorlashi talab yetiladi.
I. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Sug‘urta sohasining rivojlanishi yuqori malakali soha kadrlari bilan to‘liq ta’minlanganligi bilan bog‘liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika xududidagi sug‘urta kompaniyalarida amaliyot o‘tash yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali sug‘urta mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil qiladi.

Tanishuv amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarning o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirilgan holda rivojlantirishdir. Shu bilan birga sug‘urta sohasida bo‘layotgan eng oxirgi o‘zgarishlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini, sug‘urta sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni chuqur o‘rgangan holda O‘zbekistonda sug‘urta sohasini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish amaliyot maqsadi bo‘lib hisoblanadi.

Tanishuv amaliyotning asosiy vazifasi sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy faoliyatini va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va sug‘urta operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirishni tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar sug‘urta kompaniyasining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim.


II. TANISHUV AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA VAQTINING TAQSIMLANISHI

Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni sug‘urta kompaniyasi direktori, boshqa rahbarlari hamda kompaniyaning tashkiliy strukturasi bilan tanishishdan boshlanadi. Kompaniya direkdori, raxbari yoki alohida belgilangan kompaniya xodimi amaliyotchiga kompaniyaning ichki intizomi, kompaniya bo‘limlarining ish faoliyati va jamoat ishlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi.

Tanishuv amaliyoti asosan sug‘urta kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tish davomida amaliyot o‘tiladigan har bir ish o‘rniga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar va ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari hamda amaliy va sug‘urta dasturlari bilan tanishib chiqish talab etiladi.

Alohida ish o‘rinlari bo‘yicha amaliyot ish kunlari quyidagicha taqsimlanadi.






Amaliyot ish joyi

Ish kunlari

soni

1.

Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi va faoliyatining huquqiy asoslari

7

2.

Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari

7

3.

Sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta turlari

8

4.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartnomalar, polislarni rasmiylashtirish va sotish kanallari, usullari

8

5.

Kafedradan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan ishlash

6

Jami

36


III. TANISHUV AMALIYOTINING YO‘NALISHLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
1. Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi va faoliyatining huquqiy asoslari

Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:



  • sug‘urta kompaniyasining ixtisosligi, funksiyalari, vazifalari va yuridik maqomi;

    • sug‘urta kompaniyasining funksional tuzilmasi;

    • sug‘urta kompaniyasining boshqaruv tuzilmasi;

    • sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy-xuquqiy shakli va ustavi bilan tanishish.

  • O’zbekiston Respublikasi sug‘urta sohasi va sug‘urta kompaniyalarining turlari.


2. Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari

Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:



  • Sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta faoliyatini tahlil qilish;

  • sug‘urta mukofotlari holati va dinamikasi tahlil qilish;

  • sug‘urta qoplamalari holati va dinamikasini o‘rganish;

  • sug‘urta portfelini tahlil qilish.


3. Sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta turlari

Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:



  • sug‘urta klasslari bilan tanishish;

  • sug‘urta turlarini tahlil qilish va dinamikasini o‘rganish;

  • yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish jarayonlari;

  • sug‘urta turlarini mijozlarga etkazishdagi targ‘ibot ishlari va marketing faoliyati.


4. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartnomalar, polislarni rasmiylashtirish va sotish kanallari, usullari

Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:



  • Sug‘urta shartnomalarini rasmiymashtirish qoidalari;

  • sug‘urta polislarini berish tartibi;

  • sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallari (agentlik bitimlari va ular faoliyati);

  • sug‘urta mahsulotlarini onlayn, internet orqali sotish, shartnomalarini rasmiylashtirish va polislar berishni tahlil qilish va boshqalar.


IV. TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING MAJBURIYATLARI

Tanishuv amaliyotni o‘tash davrida talaba sug‘urta kompaniyasida o‘rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba institut dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:




Sana

Amaliyotdagi ish joyi

Bajarilgan ishlar

Rahbarning imzosi












Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan sug’urta kompaniyasi va uning hududiy bo‘limlaridagi mas’ul xodim talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yishi orqali tasdiqlaydi.

Talaba sug‘urta kompaniyasida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (qo‘l yozma yoki elektron shaklda). Hisobotning hajmi kamida 35-40 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat:



  • kirish;

  • har bir bo’limda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan savollar to’liq ochib berilgan amaliyot natijalari;

  • amaliy ma’lumotlar;

  • sug‘urta kompaniyasida ishlatiladigan hujjatlardan namunalar;

  • kompaniyaga oid boshqa xujjatlar ilova qilinadi.

Talaba amaliyot joyidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi kerak:

  • kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):

  • tavsifnoma;

  • amaliyot o‘tash bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma yoki farmoyish.


V. TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI

Talabalar amaliyot o‘tashi uchun sug’urta kompaniyasi va uning hududiy bo‘limlarining tegishli buyrug‘i bilan qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyotning umumiy rahbari hamda har bir amaliyotchi uchun alohida rahbar tayinlanadi. Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan uch kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi:





Ish joyi

Ish joyidagi rahbarining ismi-sharifi

Amaliyotning boshlanish

muddati

Amaliyotning tugash muddati

Hisobotni rasmiylashtirish va topshirish muddatlari















Sug’urta kompaniyasi va uning hududiy bo‘limlari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida umumiy rahbar talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga sug’urta kompaniyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi.

Sug’urta kompaniyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda, talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.

Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, umumiy rahbar talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning kundaligiga yozib beradi, shuningdek, talabaga amaliyotga qabul qilinganligi haqidagi buyruqdan ko‘chirma beradi.

Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


  • talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash tartibini tushuntirish;

  • amaliyotni o‘tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish davomatini nazorat qilib borish;

  • amaliyot dasturini to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

  • kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat qilib borish;

  • kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan ko‘nikmalari haqida rahbarning yozma ravishda o‘z xulosasini berish;

amaliyot so‘nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa berish.
VI. TALABANING TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI

Tanishuv amaliyot bo‘yicha hisobot har bir bo‘lim bo‘yicha alohida tuziladi. Asosiy bo‘limlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:



  • har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni;

  • amaliyot davrida amaliyot o‘tishdagi qiyinchiliklarni va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni.

Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Hisobotda o‘rganilishi lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, ilova qilingan hujjatlarga izoh berish talab etiladi.

Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan institutning O‘quv-uslubiy boshqarmasi va “Sug‘urta ishi” kafedrasi tomonidan belgilangan muddatlardan kechikmasdan buyruqdan ko‘chirma, talaba tomonidan to‘ldirilgan hamda Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy bo‘limidagi amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirilishi lozim.

Hisobot tituli amaliyot dasturining 1-ilovasida keltirilgan namunadagi kabi rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda amaliyot bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning kamchiliklari, xatolari shu bilan birga yutuqlari ham ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.

Hisobot O‘quv-uslubiy boshqarma va “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki (taqdimot shaklida ham) himoya qilinadi.

Tanishuv amaliyot bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisoboti 5 ballik tizimda baholanadi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
TALABANING TANISHUV AMALIYOTI HISOBOTINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA BAHOLASH MEZONLARI:



Baho

Talabaning bilimiga qo’yilgan talablarning asoslanishi

5 (a’lo)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo’yicha mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, mavzularning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda;

4 (yaxshi)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo’yicha mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda;

3 (qoniqarli)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo’yicha olgan bilimini amalda qo’llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda;

2 (qoniqarsiz)

talaba dasturda belgilangan mavzularni o’zlashtirmagan, mohiyatini tushunmaydi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.

Tanishuv amaliyot davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o‘tkazilmaydi, 2-kursda qoldiriladi va kelasi o‘quv yili talaba amaliyotni qayta o‘taydi.


1-ilova

№____: ________201_y.

______________

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SOLIQLAR VA SUG‘URTA” FAKULTETI
Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi
5231200 - “Sug‘urta ishi”

_________guruhi talabasi

_______________________________ning

_________________________________da o‘tkazilgan

(Sug‘urta tashkiloti)


TANISHUV AMALIYOT

H I S O B O T I
Kafedra tomonidan rahbar _______________________
Sug‘urta kompaniyasi tomonidan rahbar_______________________
Kafedraga topshirilgan sana «___» _________201__y
Himoya qilingan sana «___»_______________201__y


Hay’at a’zolari: ________________________

________________________

________________________

________________________

________________________

Toshkent – 2020








Download 191,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish