Brutto-mukofot
- sug’urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish
xarajatlarini hisobga olgan xoldagi sug’urta mukofotlari summasi.
Bosh polis
- sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi yozma
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug’urtalanuvchi barcha
ob’ektlarni sug’urta kompaniyasiga sug’urtalash uchun beradi. Chet el
tajribasida bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur
bosh polis asosida sug’urtalash tashqi savdo yuklari sug’urtasida keng
tarqalgan. Sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga har bir jo’natilgan yuk
haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug’urta summasi, yukni junatish va
qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk
avtomatik ravishda sug’urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |