10-mavzu: Chet mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni ijtimoiy sug’urta
qilish
Chet mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni ijtimoiy sug’urta qilishni tartib
qoidalari vs sug’urta ob’ekti va sub’ekti hamda sug’urta hodisasi yuz berganda
sug’urta summasini aniqlash tartibi hamda sug’urta kompaniyasining
xarajatlari.
245
MUALLIFLAR HAQIDA
MA’LUMOT
(I.K.Ochilov., I.G’.Kenjaev
)
246
Ochilov Ilyos Keldiyorovich
“Sug’urta ishi” kafedrasi mudiri,
i.f.n. dotsent
.
I.Ochilov dastlabki pedagogik faoliyatini 1997-1999 yillarda “Buxgalteriya
hisobi, nazorat va audit” kafedrasida assistent, katta o’qituvchi, 2001-2005
yillarda kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi va dotsenti lavozimlarida olib
bordi.
U 2005-2007 yillarida sirtqi moliya-hisob iqtisod fakulteti dekan muovini
va dekani lavozimlarida ishladi. 2007-2010 yillarida akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor, 2010-2013 yillarida moliya-
iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritdi.
I.Ochilov tomonidan jurnal va konfirentsiyalarda 20 dan ortiq tezis hamda
maqolalar nashr qilib kelmoqda. Shuningdek uning muallifligida “Moliyaviy
xisob” (2004), “Moliyaviy xisob-2” (2004), “Moliyaviy xisob” (2007) va
“Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya xisobi va audit” (2008), “Sug’urta
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va xisoboti” (2010) o’quv qo’llanmalari
nashir etilgan. U muallifligidagi “Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi
va xisoboti” o’quv qo’llanmasi 2012 yilning eng yaxshi darsligi va o’quv
qo’llanmasi tanlovida III darajali diplom g’olibi bo`ldi.
Hozirgi kunda “Sug’urta ishi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat
yuritmoqda va “Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy
tahlilni takomillashtirish yo’nalishlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi
ustida ilmiy ish olib bormoqda.
247
Kenjaev Ilhom
G’iyozovich
“Sug’urta ishi”
kafedrasi
katta o’qituvchisi
2005 yil Toshkent moliya instituti “Sug’urta ishi” kafedrasiga assistent
lavozimiga ishga qabul qilingan. 2007 yildan boshlab u, “Sug’urta ishi” kafedrasida
katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U o’zining pedagogik faoliyatida
“Sug’urta ishi” bakalavr ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun
Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqishda va
takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etib keladi.
I.G’.Kenjaev 2005 yildan buyon respublika va halqaro miqyosda tashkil etib
kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 20 dan ortiq tezislari va shu bilan bir
qatorda chet el jurnallarida ilmiy maqolalari bilan faol qatnashib kelmoqda. Hozirgi
kunda I.G’.Kenjaev “Sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati va uni davlat
tomonidan tartibga solish masalalari” mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiya ishi
ustida ish olib bormoqda.
248
Do'stlaringiz bilan baham: |